o'zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa va voqyealarning azaliy ketma-
ketligi, o'zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy
bog'lanishlar asosida mavjudligini e'tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar
majmuidir. U asosan XX asrning ikkinchi yarmida shakllangan ta'limot bo'lib,
asoschisi Nobel mukofoti sovrindori N.Prigojindir. Bu ta'limotni dialektika asosida
shakllangan va uni to'ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor.
Ularga qarshi o'laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish
muvafaqqiyatli qo'llangani, katta mavqyega ega bo'lgani va pirovard natijada,
falsafiy metodga aylanganini eslatadi. Sinergetikani XX asr tabiiy fanlarining
falsafa sohasiga kiritayotgan eng katta yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin.
Ammo bu uning dialektikani falsafadan butunlay surib chiqaradi degani emas.
Zero falsafada har bir ta'limot, uslub va metodning o'z o'rni va faoliyat doirasi bor.
Dialektikaning falsafadagi ahamiyatiga kelganda esa, uning ijtimoiy bilimlar
sohasidagi o'rni, qadr-qimmati nihoyatda katta va u falsafaning asosiy qismlaridan
biri bo'lib qolaveradi.
Falsafaning umumbashariy fan ekani uning bahs mavzulari va asosiy
muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va
intihosi, hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu
bilan birga, muayyan davrda tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar
ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining
talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan xisoblanadi.Dunyoqarash esa,
kishilarning olam va uni o'zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy,
huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlari va sistemasidan iborat. Dunyoqarash
ayrim kishilar, ijtimoiy guruh, sinf yoki umuman jamiyatning faoliyati yo'nalishini
va voqyelikka munosabatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash sistemasida
ko'pincha insonning yoki guruhning tevarak-atrofidagi ijtimoiy va tabiiy reallikda
bevosita amaliy yul tutish maksadiga amaliy xizmat kiladi. Dunyokarash ijtimoiy
birlikning in'ikosidir, unda ijtimoiy turmush aks etadi va u muayyan tarixiy
davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga xamda ijtimoiy tuzumga bog'liq
buladi. Sinfiy jamiyatda u sinfiy xususiyat kasb etadi. Odatda u xukmron sinfning
dunyokarashi bo'lib, sinfiy jamiyatlarda xukmrondir.
Dunyoqarash o'zining tub moxiyatiga ko'ra, mifologik, diniy, falsafiy va
ilmiy turlarga bulinadi. Ularning xar biri o'ziga xos xususiyatlarga ko'ra, bir-
biridan keskin farq kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: