33
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
kriptofitlar (ko`p yillik o`tlar) – qurib qoladi, kurtaklari tuproq yoki suv ostidagi tugunak,
piyozbosh yoki ildizpoyada joylashadi;
terofitlar (bir yillik o`simliklar) – mavsum noqulay kelishi bilan nobud bo`ladi, har yili faqat
urug`idan unib chiqadi
1
.
Iqlim sharoitlariga, xususan, haroratga morfologik moslashish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bir
turga mansub hayvonlarning hayotiy shakllari turli darajali, masalan, –20°C dan –40°C gacha bo`lgan
past haroratda ham shakllanishi mumkin. Xususan, yo`lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda –
sovuq iqlim sharoitida yashaydigan Amur yo`lbarsi hisoblanadi. Issiqqonli hayvonlarda tanasining
o`lchami populyatsiyaning o`rtacha ko`rsatkichidan katta bo`ladigan individlar arealning birmuncha
sovuq qismida yashaydi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi deyiladi
2
.
Organizmlar hayotida haroratga fiziologik moslashish katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan eng
oddiysi – iqlimga moslashish (iqlimlashtirish), ya’ni o`simlik, hayvon va odam organizmining
o`zgaruvchan geografik muhit sharoitida yashashga moslashishi, boshqacha aytganda, issiq yoki
sovuqni o`tkazishga fiziologik moslashishi hisoblanadi. Masalan, ba’zi hayvonlar o`z tanasidan suv
bug`lanishini ko`paytirish orqali ortiqcha qizib ketishdan saqlanadi, poykiloterm hayvonlar esa o`z
tanasidan qisman suv yo`qotish yo`li bilan sovib ketishdan saqlanadi.
Haroratga munosabat, issiq yoki sovuqdan saqlanishning boshqa shakllari ham mavjud. Masalan,
hayvonlar migratsiyasi, ya’ni hayvonlarning yashash shart-sharoiti yoki rivojlanish jarayonlari o`zgarishi
bilan ko`chishi, masalan, qushlarning issiq o`lkalarga uchib ketishi, hayvonlarning qishlashi, ya’ni qishki
sovuq davrda uzoq vaqt karaxt bo`lib, uyquga ketishi, masalan, sug`ur, olmaxon, ko`rshapalak kabi
jonivorlar o`z tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib,
tana haroratini deyarli nol darajagacha tushirish qobiliyatiga ega. Ko`pchilik hayvonlarda qishqi tinim
davri kuzatiladi, ya’ni rivojlanishning turli bosqichida muhitning noqulay shart-sharoitida vaqtinchalik
fiziologik to`xtash jarayoni boshdan kechiriladi.
Shunday qilib, akklimatizatsiya – organizmning hududiy, sun’iy yoki tabiiy ko`chishidan, ya’ni
yashash joyini o`zgartirganidan so`ng, yangi yashash sharoitiga moslashishi, boshqacha aytganda, uning
muhitdagi o`zgarishlarga fiziologik va ekologik moslashishi bo`lib, bunda harorat quruqlik-havo
muhitida yashaydigan organizmlar va populyatsiyalarning moslashish jarayoniga faol ta’sir ko`rsatuvchi
eng muhim cheklovchi omillardan hisoblanadi. Tiik organizmlardagi tolerantlik darajasi va harorat
hamda atrof-muhit ta’siriga javob reaksiyasini o`rganish o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, ekologik
qarashlarini shakllantirishda, tabiat va tabiiy resurslarga ongli munosabatni tarbiyalashda alohida
o`rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: