Key words:
nature, natural phenomena, technical, natural, environmental disasters,
anthropogenic impact, political competition, earthquakes, floods, seismology, state systems,
protection measures, hazardous factors, sustainable development
Tarixda tabiat va uning hodisalariga obyektiv qarash qadimdan shakllanib kelganligi ma’lum. Biroq
o‘tgan asrda tarixda yuz bergan davlat tuzumlari tabiatni insoniyatga bo‘ysundirish harakati bilan
boshlandi va u tabiat inson uchun xizmat qilish kerak, degan fikr shakllantirildi. O‘tgan asrda insoniyat
olamining ikki yirik lagerga ajralishi, dunyoga o‘z hukmronligini o‘rnatish g‘oyasining ilgari surilishi,
yaratilgan har qanday fan yangiliklarini hukmronlik mafkurasi tomon burib yuborishga olib keldi. Bu esa
nafaqat harbiy sohani, balki iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy yo‘nalishlarni ham shu mafkura uchun xizmat
qildirishga majbur etdi. Kashfiyotlar qanchalik dahshatli oqibatlarga olib kelmasin, avvalo, u tizimning
hukmronligini ta’minlashga yordam berishi lozim deb topildi. Har qanday fan, ayniqsa, texnik
fanlarning shitob bilan rivojlanishi harbiy sohaga yo‘naltirildi. Ommaviy qirg‘in qurollari miqdorini,
shuningdek, uni yo‘q qilish, shikastlash hamda zararlash ko‘lamini oshirib borishga alohida e’tibor
qaratildi. Ikki siyosiy lager o‘rtasidagi kurash faqatgina shu bilan tugamadi. Balki, ikkinchi jahon urushi
tugashi bilanoq, “sovuq urush” tushunchasi kirib keldi va avj oldi. 1960-yillarda bu kurash kosmosni
zabt etish, unda gegemonlik o‘rnatish bilan davom etdi.
Gegemonlikka intilgan davlatlar o‘rtasidagi kurash iqtisodiy sohani ham qamrab oldi. Bugungi
kunda o‘zga davlatlar va xalqlarga iqtisodiy yordam ko‘rsatish niqobi ostida ulkan gidrotexnik
inshootlar barpo etildi. Hozirgi kunda bunday inshootlar soni dunyo bo‘yicha 100 mingdan ortiqni
tashkil etadi
1
. Bu gidrotexnik inshootlarning umumiy maydoni o‘nta Azov dengizidan ham katta
hududni tashkil etadi. Bu bilan ularga yordam ko‘rsatishgina emas, balki ularni o‘ziga qaram qilib turish
masalasi dolzarbroq edi.
Ikkinchidan, qaram mamlakatlarda sanoatni rivojlantirish emas, ularga tayyor mahsulot yetkazib,
xomashyo bazasiga aylantirish bu siyosatning o‘zagini tashkil etar edi.
Uchinchidan, Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasidagi qoloq mamlakatlar yirik davlatlar
iqtisodiyotiga mute qilib qo‘yildi. Traktorlar, og‘ir yuk mashinalari, transport vositalari, yerlar
hosildorligini oshirish uchun ishlatilishi kerak bo‘lgan kimyoviy moddalar u davlatlarga yetkazib berilar
edi. Bu gegemonlikka intilayotgan davlatlarda og‘ir sanoatni rivojlantirish, kimyoviy zavodlarni qurish
va boshqa inshootlarning ishlashi uchun yangidan-yangi energiya manbalarini yaratish zarurati paydo
bo‘ldi.
To‘rtinchidan, gegemonlikka intilish, nafaqat harbiy yoki iqtisodiyotni, balki ma’naviy sohani ham
qamrab oldi. O‘z maqsadiga erishish uchun ular o‘ziga qaram deb hisoblagan xalqlar tarixiga,
qadriyatlariga, e’tiqodlariga qaqshatqich zarba berishga kirishdi. Bular hayotiy omil bo‘lgan, suv, havo
va tuproqning ifloslanishiga, oqibatda turli tusdagi favqulodda vaziyatlarning ortib borishiga sabab
bo‘ldi. Chunki ularning hammasi tabiat ne’matlarini nooqilona o‘zlashtirish evaziga yuz bergan edi.
O‘tgan asrda insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan texnik qobiq yaratildi. Tabiatdan shunchalik ko‘p
narsa undirildiki, o‘tgan asrning keyingi 45-50-yillarida o‘zlashtirilgan ne’matlar insoniyat tarixi
davomida o‘zlashtirganidan ham ko‘proqdir.
O‘tgan asrda maqtalib, oqibatda o‘zini oqlamagan bunyodkorlik ishlaridan biri – yirik suv
inshootlarining barpo etilishi bilan bog‘liq. O‘tgan yuz yilda 1000 dan ortiq gidrotexnik inshootlarda
avariyalar sodir bo‘ldi. Masalan, O‘zbekistonda 1969-yilda Chordara suv omborida yuz bergan avariya
oqibatlaridan aholini muhofaza qilish uchun 21 mlrd m3 suv Aydar-Arnasoy ko‘li tomon yo‘naltirildi.
Yoki 1963-yilda Italiyaning Vayont suv omborida tog‘ qulab tushishi oqibatida 25 mln.t. suv to‘g‘ondan
oshib o‘tdi, Pyave daryosi vodiysida balandligi 70 m. bo‘lgan to‘lqin hosil bo‘ldi
2
.
1
Ilyosova Z.F., Hayot xavfsizligi asoslari. – Т.: “Moliya”, 2001. – 173-б.
2
O‘sha joyda, 174-бет
127
TDPU ILMIY AXBOROTLARI TARIX 2019/3(20)
O‘gan asrda suvdan nooqilona foydalanish shu darajaga yetdiki, bir avlod umri davomida yirik bir
dengizning qurishiga, oqibatda mintaqada iqlim o‘zgarishiga, boshqa xalqlar va davlatlarga tuz, chang
va qumlarning ko‘chib borayotganiga sabab bo‘ldi. Bu esa turli xildagi kasalliklarning ko‘payishiga olib
keldi.
XX asrning muhim xususiyatlaridan biri sanoat ishlab chiqarishining shiddat bilan o‘sishidan
iboratdir. Bu esa suv va suv zaxiralari, tuproq va havo tarkibining ifloslanishiga olib keluvchi
sabablardan biridir.
Bugun dunyo siyosatida ustunlikka ichimlik suvi zaxiralari shakllanayotgan hududlardagi davlatlar
da’vo qilmoqdalar. Holbuki, o‘tgan yuz yillikning ikkinchi yarmida planetamizning 9 mintaqasida
davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga aynan ichimlik suvi sabab bo‘ldi. Chunki, ichimlik suvi hozirgi kunda
eng savdosi chaqqon mahsulotga, dunyo siyosatidagi asosiy masalaga aylandi.
Ta’kidlash joizki, mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotida suv muhim o‘rin tutadi. Lekin mintaqada
shakllanayotgan suv zaxiralarining asosiy qismi Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari hududlarida
shakllanadi. Demak, suv Respublikamiz taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Mintaqa mamlakatlari
hududidagi suv zaxiralari taxminan 170 km3 ni tashkil etadi. Ularning asosiy qismi O‘zbekiston,
Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalari tog‘liklaridagi 315 ta yirik ko‘llarda, yer ostida, suv omborlarida
joylashgan. Bu obyektlar suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bilan birga turli ko‘rinishdagi favqulodda
vaziyatlar xavfini ham saqlab turadi. Bugungi kunda katta xavflardan biri – foyda ketidan quvib, yangi
mahsulotlar turini yaratishga bo‘lgan harakatning ortib borishidir. Masalan, Yer yuzida tamaki
chekuvchilar soni yildan yilga ortib, u yosharib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyoda
kashandalar soni 1,3-1,5 mlrd kishini tashkil qiladi. Ularning har biri bir kunda o‘rtacha 5 donadan
tamaki mahsuloti iste’mol qilsa, jami 6,5-7,5 mlrd donagacha sigareta chekiladi. Uni qadoqlash uchun
325-375 mln dona quti kerak bo‘ladi. Bir kunda tashlab ketilgan va tabiiy suratda yemirilishi 1,5
yilgacha bo‘lgan sigareta qoldiqlari ham shu 6,5-7,5 mlrd donani tashkil qiladi. Bu oddiy arifmetika
bo‘yicha o‘rtacha 365 kunga hisoblanganda 2373 mlrdan 2738 mlrdgacha bo‘lgan tamakini tashkil
etadi. Bu miqdordagi tamaki xomashyosini yetishtirish uchun qanchadan-qancha bo‘sh yer maydoni,
suv, mablag‘, ishchi kuchi kerak bo‘ladi? Bu esa o‘zidan yo‘q qilingan o‘rmonlar, ishdan chiqqan yer,
ifloslangan suv, dorilar bilan to‘la dorixonalar, kasalliklarga to‘la kasalxona qoldirmoqda, xolos. Inson
hayotiga xavf solayotgan omillardan yana biri yirik shaharlarda havoning keskin ifloslanib borishi bilan
bog‘liq. Shaharlarda sanoat, transport hamda maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidan chiqayotgan gazlarga
xonadonlardagi gazlar qo‘shilib qalin havo gumbazini tashkil etadi. Agar shaharlar ustida bulutlar paydo
bo‘lib, bir necha kun turib qolsa, unda kasallar soni keskin oshib ketadi. Xafaqon kasalligi, yurak-qon
aylanishi, asab, havo hamda ovqatlanish tizimi bilan bog‘liq bemorlar soni keskin ko‘payadi.
Buni 2015-yilning boshida Xitoyda yuz bergan “Qizil favqulodda holat” misolida ko‘rish mumkin.
Navbatdagi xavflardan biri insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy ko‘rinishdagi xavflardan iboratdir.
Bularga geologik, gidrometeriologik xavfli hodisalar hamda turli epizootik, epifitotik hamda zoonaz
kasalliklar kiradi. Ushbu tusdagi favqulodda vaziyatlarning yuz berishiga osmon jismlarining ta’siri, Yer
gravatatsiyasi, tektonik harakatlar, vulqonlar va boshqalar sabab bo‘lmoqda. Masalan, olimlarning
kuzatishlarida Quyoshda chaqnashlar qancha ko‘p bo‘lsa, Yerda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar
soni ortgani aniqlandi. Masalan, Yapon olimi Shira Masamuroning olib borgan kuzatishlari quyidagi
xulosalarga kelishga majbur etdi. 1943-yilda Quyoshda yuz bergan chaqnashlar soni 16 ta bo‘lganda
Yaponiyaning Tokio shahrida har 1000 avtomobilga to‘g‘ri kelgan baxtsiz hodisa 109 taga, Yaponiya
bo‘yicha 93 taga, 1944-yilda chaqnashlar soni 10 taga avtomobillar harakati tufayli vujudga kelgan
baxtsiz hodisa soni 74 taga, 1947-yili chaqnashlar soni 152 ga baxtsiz holatga uchrash soni 140 ga
yetgan.1 Olimning kuzatishlari Yerda magnit aktivligi oshgan kunlarda, magnit sokin kunlarga nisbatan
kasallanishlar soni ortib borganligini ko‘rsatdi. Aytish lozimki, Quyoshda yuz bergan chaqnashlar
1
Мамадазимов М.М. Астрономиядан ўқиш китоби. – Т.: “Ўқитувчи”, 1992 й. – 59-60-бетлар
128
TDPU ILMIY AXBOROTLARI TARIX 2019/3(20)
kosmanavtlar uchun eng katta xavfli holat hisoblanadi. Quyoshda yuz bergan chaqnashlar insonning
qon aylanish hamda asab tizimiga kuchli ta’sir etadi. Shira Masamuroning Yaponiyaning o‘nta shahrida
o‘tkazgan tajribasi yuqoridagi xulosalarga sabab bo‘ldi. Tarixda osmon jismlari, ya’ni kometalarning
Yerdagi ijtimoiy hayotga keskin ta’sir etgani haqida turli manbalarda keltirib o‘tilgan. Masalan,
eramizning III asrida Xitoyga samoviy tosh kelib tushgan. Sirtida turli xildagi chiziqlar bo‘lgani bois
mahalliy aholi uni johil podshoh Tish-Goang-Tining yaqinda o‘limidan darak deb sharhlaganlar.
Bundan g‘azablangan podshoh toshni kukunga aylantirishni, shu hudud aholisini butunlay qirib
tashlashni buyurgan. 837-yilning bulutsiz tunlarining birida, fransuz qiroli Lyudovik munajjimiga qarab,
unga shunday deydi: “Bor, saroy ayvoniga chiqib, tezda meni oldimga qayt va nima ko‘rganingni ayt
menga, chunki bu yulduzni kecha kechqurun ko‘rganman. Sen esa uni mendan yashirding,
ko‘rsatmading, biroq menga ma’lumki, u kometa va u mening mamlakatimda podshohlik qiluvchi
shaxsning almashinishidan darak beradi. Meni qayg‘u kutadi
1
.”
Tabiat hodisalari, turli tabiiy ofatlar, osmon jismlari harakati, ularning ko‘rinishlari odamlar orasida
vahima o‘yg‘otgan. Bu esa o‘sha davrda kasalliklarning ko‘payishiga, o‘limning ortishiga sabab ham
bo‘lgan. 1527-yilda Fransiyada kuzatilgan kometa haqida Simon Gulyar shunday yozadi: “U (kometa –
M.M) shunday kuchli vahima tug‘dirdiki, ayrimlari dahshatdan o‘ldilar, boshqalari esa betob bo‘lib
qolishdi. Yuzlab odamlar uni ko‘rdilar va ularning barchasiga u qonli bo‘lib ko‘rindi. Uning tepa qismida
qilichini ushlab, uni urishga tayyor turgandek qo‘lni yaqqol ko‘rdilar. Qilichining uchi ustida uchta
yorug‘ yulduz ko‘rinib, qilichga tegib turgani ravshanligiga ko‘ra qolgan ikkitasidan ustunlik qiladi.
Kometa nurining ikki tomonida esa ko‘plab qonli xanjarlar va shamshirlar ko‘rinib ularning oralaridan
o‘rin olgan, tanasidan judo qilingan bir necha sochli va soqolli boshlar esa, bu manzaraga yana ham
vahimali tus berar edi.” Tarixda samoviy jismlar bilan bog‘liq bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz
mumkin. Bu o‘tmishda xalqlarning dunyoqarashiga, fikrlashi hamda ijtimoiy turmush tarziga ma’lum
ma’noda ta’sir etgan. Bunday holatni Sharq hukmdorlari hayotida ham ko‘rish mumkin. Ular saroyida
munajjimlar xizmat qilishgan. Munajjimlar bashorati podshohlarning u yoki bu ishini boshlashiga kuchli
ta’sir etgan. Gohida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar osmon jismlari harakatiga qarab rad etilgan. Gohida
esa bu ishlarni qilish uchun eng qulay fursat deb bilishgan. Bu tusdagi tabiiy ofatlardan biri – bu Yer
silkinishi. Bu ko‘rinishdagi hodisa insoniyatga qadimdan juda qatta ta’sir ko‘rsatib kelgani ma’lum. U
juda katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi. Yer silkinishlari talofatlarini yaqqol tasavvvur qilish uchun ular
keltirgan zararlarni quyidagi voqelik bilan taqqoslasak yanada aniqroq ko‘rinadi. Zilzila oqibatida Tokio,
Yokogama va Kantoning boshqa shaharlari yo‘q bo‘lib ketdi. Keyingi yillardagi ma’lumotlar bu yer
silkinishida nobud bo‘lgan va tan jarohati olgan odamlar soni yanada ko‘proq bo‘lganini ko‘rsatadi.
2016-yilda Q.Abdullabekov va Z.Ilyasovalar muallifligidagi “Favqulodda vaziyatlar tarixidan: zilzila”
kitobida qurbon bo‘lganlar 147 807 ta, jarohatlanganlar 200 ming kishi ekanligi ko‘rsatiladi. Kitobda ikki
kunda 350 marta zilzila bo‘lgani va ularning dastlabgisida 12 m. balandlikda sunami natijasida 56 ming
km2 maydonni suv yuvib ketgan, deyiladi. Bedarak yo‘qolgan va zarar ko‘rganlar soni 542 ming,
zilziladan umumiy zarar ko‘rganlar 4 milliondan ortiq kishi ni tashkil etganligi keltirilgan. Bu
ma’lumotlarni Rus-Yapon urushi keltirgan zarar bilan solishtirsak, u holda Gorshkov aytganidek, 5
marta emas, undanda ortiqroq zarar keltirgani ma’lum bo‘ladi. Birgina asrimizning dastlabgi o‘n yilida
sayyoramizda yuz bergan Yer silkinishlari juda katta talofatlarga sabab bo‘ldi. XXI asr boshlarida, 2014-
yilning 26-dekabrida Hind okeani havzasida yuz bergan Yer silkinishi natijasida 300 mingga yaqin kishi
qurbon bo‘ldi. 2010-yilning 12-yanvar kuni Gaitidagi kuchli Yer silkinishi 300 ming kishining hayotiga
zomin bo‘ldi, 300 ming atrofidagi kishi turli darajada shikastlandi, bir milliondan ortiq aholi boshpanasiz
qoldi. Gaiti zilzilasi natijasida 50 mingdan ortiq o‘y-joylar, bino va inshootlar vayronaga aylandi. Bu
1
Мамадазимов М.М. Астрономиядан ўқиш китоби. – Т.: “Ўқитувчи”, 1992 й. 115- бет
129
TDPU ILMIY AXBOROTLARI TARIX 2019/3(20)
yerda to‘la xaos va kafando‘zlik boshlanib, kasallik avj oldi, ochlik va qashshoqlik kuchaydi
1
. 2010-
yilning 27-fevralida Chili zilzilasi bo‘ldi. 2 million aholi boshpanasiz qoldi. 1,5 million uy shikastlandi.
Shundan 500 ming uy-joyni qayta tiklash imkoniyati bo‘lmadi. Zilzila oqibatida paydo bo‘lgan
sunamidan himoyalash uchun Yaponiya, Gavayi, Filippin, Avstraliya, Yangi Zellandiya, Rossiyaning
Kamchatka va Kuril orollaridan 320 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Ushbu zilzila Chilining 80%
hududini qamrab oldi, 30 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar keltirdi. Bunday tabiiy ofatlardan
mintaqamiz mamlakatlari ham xoli emas. Buni tarixda yuz bergan kuchli Yer silkinishlari misolida
ko‘rish mumkin. Tarixda “Andijon fojiasi” nomi bilan kirgan zilzila yurtimizda katta vayronalik olib
kelgan tabiiy ofat hisoblanadi. U 1902-yil 3-dekabrda yuz berdi va Andijon shahrini vayronaga
aylantirdi. Bu kabi Yer silkinishlari 1911-yilda Kebin va Pomirda, 1946-yil Chotqolda, 1948-yil
Ashxobodda, 1966-yil Toshkentda, 1976-1984-yillarda Gazlida yuz berdi. Chunki mintaqamiz O‘rta yer
dengizi – Osiyo sesmik kamarida joylashgan. Ma’lumki, zilzila o‘chog‘i Yer ustiga yaqin joylashgan
zilzilalar xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Markaziy Osiyo xuddi shunday qobiq zilzilalar yuz
beradigan hududda joylashgan. Ularning chuqurligi 10-40 kmgacha bo‘ladi. Pomir tog‘larida esa 70 km
gacha borishi mumkin
2
. Shunday ekan, yoshlarni bu sohadagi bilimini oshirish, undan muhofazalanish,
imoratlar barpo etishda texnologiyaga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlash joiz.
O‘tgan asrda eng katta xavflardan biri – qadriyatlarimizga hamda ma’naviy meroslarga tayanib ish
olib borishga to‘sqinlik qilinishidir. O‘sha davrda sho‘rolar siyosatiga bag‘ishlab musiqalar bastalandi,
she’rlar yozildi va qo‘shiq qilib tarannum etildi. Xo‘sh, bu jarayon nimalarga olib keldi? Bu avvalo
dindan, urf-u odatlar, marosimlar hamda boy ma’naviy meroslardan xalqni uzoqlashtirdi. Tabiatga,
ya’ni insonni o‘rab turgan olamga nisbatan xo‘jayinchilik ruhini shakllantirdi. Holbuki, turli tusdagi
favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish eng qadimgi merosimiz “Avesto” da, islom dini hamda
qadriyatlarimizda o‘z aksini topgan. Unda suv havzalarini iflos qilmaslik, ariqlar bo‘yida mevali daraxtlar
o‘tkazmaslik, suvlardan iflos idish bilan suv olmaslik, unga o‘limtik tashlamaslik, suv mushuklarini
o‘ldirmaslik, hojatxonalarni suv manbalaridan yiroqda qurish, olovga iflos narsalar tashlamaslik, havoni
ifloslantirmaslik, sovuqdan saqlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan choralar
belgilangan. Suv, havo, tuproq hamda olovni toza tutish insoniyat yashab qolishining asosi ekanligi
g‘oyasi kitobda aks etgan. Soflik, tabiat in’omlaridan tejab-tergab foydalanish, shuningdek, yuksak
insoniy fazilatlar bor joyda tinch-totuv hayot bo‘lishi haqidagi g‘oyalar islom dinidan ham keng o‘rin
olgan. Tabiat hodisalarini yuz berib turishi aholini undan muhofazalanishga undagan. Shu sabab
xalqimiz orasida maqollar, iboralar hamda urf-u odatlar ham shakllanganki, bular tabiiy ofatlardan
muhofazalanish jarayonida yuzaga kelgan. Masalan, uylarni sinchli qilib qurish, uning tomini yengil
material hamda qamishdan yopish, poydevorini qattiq joyga o‘rnatish va b. Shuningdek, suvga
tupurmaslik, tog‘ yonbag‘irlarini ortiqcha sug‘ormaslik, suv bo‘yida mevali daraxtlar o‘tkazmaslik, suv
bo‘yida imorat qurmaslik kabi ko‘plab odatlar shakllangan. Ular zamirida esa ilmiy asoslar mavjud
bo‘lgan. “Darveshona”, “Sust xotin”, “Choy momo” , “Shamol chaqirish” kabi ko‘plab marosimlar
o‘tkazib kelingan. Bugun bu qadriyatlar unut bo‘lgani bois ko‘plab favqulodda vaziyatlar paydo
bo‘lmoqda. Chunki, biz ularning oldini olishda, uning ne’matlarini avaylab-asrashda ma’naviy jihatdan
mas’ul ekanligimizni unutib qo‘ydik. Bu esa insoniyat barqaror taraqqiyotining eng asosiy omili
hisoblanadi. Xulosa o‘rnida aytish joizki, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlikni ta’minlash muhim
masalalardan biridir. Shu sabab yoshlarni tabiatga nisbatan g‘amxo‘r inson sifatida shakllantirishda
unda yuz bergan voqealar, uning sabablari, oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berish kerak. Holbuki,
inson olamini, xalqlar xarakterini shakllantirishda tabiat va uning hodisalari eng asosiy omil hisoblanadi.
1
“Муҳофаза +”, 2010 й. №10, 5- бет.
2
Горшков П. Ер қимирлаши. – Т.: “Қизил Ўзбекистон” ва “Правда Востока” бирлашган нашриёти, 1952 й., 5-бет.
130
TDPU ILMIY AXBOROTLARI FILOLOGIYA 2019/3(20)
Do'stlaringiz bilan baham: |