telefonogramma
|
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.
|
telegramma
|
shoshilinch xabar yetkazishning juda qisqa va ixcham shakli.
|
ariza
|
muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat
|
tushuntirish xati
|
xizmat (o’qish)ga aloqador masalani, uning biror jihatini yozma izohlovchi hujjat.
|
ishonchnoma
|
muayyan muassasa yoki ayrim shaxs nomidan ikkinchi bir Shaxsga uning nomidan ish ko’rish uchun yozma ravishda ishonch bildirilgan vakolatli hujjat.
|
xizmat ishonchnomalari
|
davlat idoralari, jamoat tashkilotlari tomonidan mazkur idoraning mansabdor shaxsiga uning Shu idora tomonidan ish yuritishga vakil etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
|
|