XOMILANING PROVIZOR A’ZOLARI
Embrional davrning 2-oyidan so’ng homilada, asosan, o’sish ja-rayoni yuz beradi. Homilaning
rivojlanishi va shakllanishi bilan bir davrda homiladan tashqari yoki provizor organlar takomilla-
shishi va o’zgarishlari yuz beradi. Qon kapillyarlari va tomir-larining mezodermada rivojlannshi
barvaqt boshlanadi. Ayni vaqtda trofoblast hujayralaridan iborat bo’lgan birlamchi xo-rion
so’rg’ichlari ichiga arterial va venoz qon tomirlar o’sib kiradi. Bunday so’rg’ichlar o’sib, kattalashib,
tarmoqlanib boradi va ikkilamchi so’rg’ichlarga aylanadi. SHu qavatning o’zida so’r-g’ichlarni
qoplab turgan trofoblastda ikkita qavat differen-tciallashadi: 1) birinchi qavat kubsimon hujayralardan
tashkil topgan ichki qavat - tcitotrofoblast yoki Langgans qavati. Bu qlvatda hujayralar chegaralari
yaqqol ko’rinib turadi; 2) hu-jayra chegaralari aniq bo’lmagan va ko’p yadroli - simplast ko’-rinishga
ega bo’lgan tashqi qavat - s i ntci t o t ro f o b .1 ast. Ayni davrda bachadon shilliq qavati o’zgarishlarga
uchrab, undan yo’ldosh hosil bo’la boshlaydi (bachadon shilliq qavatining o’zga-rishlari va tushib
ketuvchi qavatining hosil bo’lishi haqida, may-dalanish va gastrulyatciya jarayonlari to’g’risida bayon
etilganda aytib o’tilgan edi).
Sariqlik qopi. Sariqliq qopi odamda ham boshqa sut emizuv-chilardagi kabi homila oziqlanishi va
nafas olishida juda qis-qa vaqt ishtirok etadi va bu borada uning ahamiyati unchalik katta emas.
Sariqlik qopi qon yaratishda asosiy ahamiyatga ega, ya’ni' uning devorlarini hosil qiluvchi vistceral
mezoderma tarkibida birinchi qon orolchalari paydo bo’ladi. 7-8 hafta davomida qon yaratuvchi organ
vazifasini bajargandan so’ng sariqlik qopi aks taraqqiyotga uchraydi. Pusht tanasining buklamasi hosil
bo’lgan paytda esa sariqlik qopchasi ichak bo’shlig’i bilan ingichka poyacha orqaligina bog’lanadi.
Bu poyacha torgina naycha sifatida kindik yo’li tarkibiga kiradi. Sariqlik qopining o’zi esa xorion me-
zenximasi va o’sib borayotgan amnion sharda orasiga- aralashib ketadi.
Suvli parda (Amnion). Amnion homilani dastlabki davrda qoplab turuvchi ikki qavatli yupqa parda
bo’lib, uning bo’shlig’i homila suvi bilan to’lgan bo’ladi. Homila suvi esa epitelial hu-jayralarning
mahsuloti bo’lib, kuchsiz ishqoriy muhitga ega. Suvli parda juda tez o’suvchanligi bilan diqqatga
sazovordir. Homila taraqqiyoti ikkinchi oyining oxirida shu qadar kattala-shadiki, uning bo’shlig’i
butun homila pufagining ichini to’ldira-di. Pardaning yuzi esa so’rg’ichli pardaning chekka yuzasi
(xorion-ning biriktiruvchi to’qimali stromasi) bilan bitishib ketadi. Homila suvining miqdori ham
ortib boradi, homiladorlikning oxiriga kelganda 1,5-2 litrni tashkil etadi. Homila suvi-ning tarkibida
oz miqdorda tuz va oqsil moddalar, homilador-lik oxirida hatto homila terisi va sochining qoldiqlari
ham uchraydi. Amnion devori ektodermadan va mezodermaning parie-tal varag’idan iborat bo’lib, u
homilaning erkin rivojlanishi uchun zarur bo’lgan suvli sharoit yaratish hamda homila atrofida-gi
suvda organik va anorganik moddalar tarkibi hamda kontcen-tratciyasini homiladorlik oxirigacha
tartibga solib turishda katta ahamiyatga ega bo’lgan provizor a’zo hisoblanadi. Homila atrofidagi suv
homilani erkin holda tutib, mexanik ta’sirlar-dan satclaydi, yo’ldosh va kindik yo’lining homila
tomonidan ezilishiga yo’l qo’ymaydi hamda tug’ish jarayonida homila parda-si yorilgunga qadar
tug’ish yo’llarini kengaytiruvchi mexanik aha-miyatga ega bo’ladi.
Yo’ldosh. Implantatciya qilingan homila
taraqqiyotining
boshlang’ich
davrlarida
411
bachadonning tushib ketuvchi qavati hamma erda bir xil tu-zilishga ega bo’ladi. Tushib ketuvchi
qavatning tarkibida joylashgan homila pufagining kattalashishi tufayli uni qoplab turgan tushib
ketuvchi qavatning uch qismi ko’tariladi va bachadon bo’shlig’iga asta bo’rtib chiqa boshlaydi. Bu
jarayon natijasida homila pufagining usti va yon tomonlarida joylashgan bachadonning tushib
ketuvchi qavati - - decidua capsularis nomini, homkla pufagining ostida yotgan va yo’l-doshning
vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tushib ketuvchi qavat (decidua basal is) ning qolgan
qismi bachadon devorini qoplab tu-ruvchi parda- decidua parietal is nomini oladi. Eng ko’p
o’zgarishlar decidua basalis da yuz beradi. Homilaning o’sishi tufayli u cho’zilib, bachadon
devorining qarama-qarshi tomonidagi decidus parietal is ga etib boradi va keyinchalik ular tutashib
ketadi.
Homilaning embriotrof oziqlanishi haqida ran yuritilganda trofoblastning o’sishi, birlamchi
so’rg’ichlarning tushib ketuvchi qavat ichiga botib kirishi va shu tariqa homila pufagi atrofi-dagi qon
tomirlar devorining emirilib ketishi haqida aytib o’tilgan edi. Qon tomir devorlarining emirilishi
homila pufa-gi atrofida qon quyilishiga sabab bo’ladi. Bu qon deiilual hu-jayralar parchalanishidan
hosil bo’lgan modda va bachadon bez-lari ishlab chiqargan suyuqliq, ya’ni embriotrof bilan atalasha-
di. Bu - embriotrof oziqlanishdan gematrof oziqlanishga, ya’ni qon orqali oziqlanishga o’tish davridir,
259- rasm. 10 mm uzunlikdagi odam embriomi (pusht pardalari bilan). Xorioniing bir qismi (pusht
pufakchasining devorn olib tashlangan).
1 - kindik tasmachasi (kanatik); 2 - sariqlik qopi; 3 - xorion; 4 - amnion; 5 - qon-
tomirlar.
Gematotrof oziqlanishda ona qoni bilan oqib kel-gan oziq moddalar trofoblast hujayralari tomonidan
o’zlashti-riladi. Bachadonning tushib ketuvchi qavatining emirilishi to’xtay-di va aynan (decidua
basalis) da homilani oziqlantiruvchi organ, ya’ni yo’ldosh vujudga keladi.
Xorion birlamchi so’rg’ichlarining ikkilamchi so’rg’ichlarga aylanishi; va shilliq qavat ichiga o’sib
kirishi avval so’rg’ichli pardaning butun! yuzasi bo’ylab davom etadi. Keyinchalik zsa, so’rg’ichli
pardaning decidua basalis ga tegib turgan yuzasida bu jarayon to’xtaydi. Ikkilamchi! so’rg’ichlar
yo’qolib, so’rg’ichli pardaning bu qismi endi silliq xo-rion - chorion lakeve ga aylanadi. So’rg’ichli
412
pardaning decidua basalis ga tegib turgan qismida esa ikkilamchi so’rg’ichlar, aksincha, shidg dat
bilan riEojlanib, xorionning bu bo’limi so’rg’ichli xorioi-
- chorion frondosum ni vujudga keltiradi. So’rg’ichli xorionning so’rg’ichlari kattalashib, shilliq
qavatning eng chuqur zich qaishmlariga
so’rg’ichli par-daning butachalari nomini oladi. Butachalar o’z yo’lidagi devorlarini emirib borishi
natijasida qon bilan to’lgan so’rg’ichlararo bo’shliqlar vujudga keladi. SHu tariqa so’rg’ichli
pardaning yuzasi, butacha va so’r-g’ichlarning hamma qismi, aniqrog’i, butun chorion frondosum
ning •so’rg’ichlararo bo’shlig’i ona qoni bilan to’lib turadi. Butachalarning bir qismi decidua basalis
ning chuqur katlamlari bilan zich birikkan holatda qoladi, ularni tutib turuvchi so’rg’ichlar deyiladi.
Bachadon shilliq qavatining zich qatlami so’rg’ichlararo bo’shliqlarga chuqur botib turgan to’siqlar,
ya’ni yo’ldosh to’siqlarini hosil qiladi. To’siqlar yo’ldoshda faqat chetki qirralarida so’rg’ichli
pardaning tash-qi yuzasi bilan birikib, gorgina halqasimon yopuvchi plastinkani ho-sil qilishda
ishtirok etadi; qolgan qismlarida esa to’siqlar so’rg’ichli pardaning yuzasiga etib bormaydi.
So’rg’ichlararo bo’shliqning ikki to’-siq orasidagi qismi o’z ichidagi so’rg’ichli butachalar bilan
birgalikda yo’ldosh orolchasi (coluledon) deyiladi. SHu vaqtga kelib bacha-.dsn tushib ketuvchi
qavatining emirilishi to’xtaydi. Embriotrof suyuq-lik endi hosil bo’lmaydi va embrion to’liq
oziqlanishga o’tadi.
Decidua basalis zich qavatining emirilmay qolgan yupqa pla-stinkasidan Vinklerning bazal
plastinkalari deb nomlanadigan yo’ldosh to’siqlari o’sib chiqadi. Bu plastinkalar, shu vaqtga kelib
bachadonning o’ta yupqalanib ketgan bezlaridan iborat bo’lgan g’ovak qavatini qoplaydi.
Rivojlanishining 2,5- 3-oylarida shoxlangan yoki so’rg’ichli xorion va tushib ketuvchi -qavatning
bazal plastinkasi birgalikda duksimon yo’ldosh holi-ga keladi. R1o’ldoshning shakllanish jarayoni
allantoisning ri-:vojlanishi bilan uzviy bog’liqdir. Allantois odamda yuqori ri-vojlanish darajasiga
etmasa-da, homilaning oziqlanishi va na-•fas olishi uchun katta ahamiyatga ega. CHunki allantois
bo’ylab xorionga qon tomirlar o’sib kiradi va ularning oxirgi shoxchala-ri ikkilamchi so’rg’ichlarning
stromasida joylashadi. Kindik yo’-lida allantoislarning qoldiqlari faqat hujayra tasmachalari yaiaklida
saqlanib qolishi mumkin.
Odam yo’ldoshi diskoidal (gemoxorial) so’rg’ichli yo’ldoshlar tipiga kiradi va u homila hamda ona
qismlaridan ibo-,rat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |