Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

TER BEZLARI 

Terida ter, yog’ va sut bezlari joylashgan. Sut bezlarining tuzilishi va faoliyati jinsiy a’zolar ishi bilan 

uzviy bog’lan-gan bo’lgani uchun, ular shu a’zolar bilan qo’shib o’rganiladi. 

Taraqqiyoti.  Ter  bezlari  embrion  taraqqiyotining  8-oyida  epidermisdan  hosil  bo’ladi.  Dastavval 

epidermis qirralarida epiteliy hujayralarining to’plami hosil bo’lib, bu hujayralar mezenxima tomon 

botib  kiradi-da,  ter  bezlarining  kurtagini  hosil  qiladi.  Kurtak  epitelial  tasmalari  teri  osti  yog’  klet-

chatkasiga qadar botib kirib, buraladi va ter bezining oxirgi bo’limini hosil qiladi; epitelial tasmaning 

yuqori  qismlari  esa  chiqaruv  naylariga  aylanadi.  Embrion  taraqqiyotining  oxi-rida  epitelial 

tasmalarning sekretor bo’limida, so’ngra chiqa-ruv naylarida bo’shliqlar paydo bo’ladi. Ter bezlari 

inson dunyo-ga kelganidan keyingina o’z faoliyatini boshlaydi. 

Ter bezlari (glandulae sudoriferae) oddiy tarmoqlanmagan naysimon bezlarga kiradi. Bularning soni 

3,5 milliongacha eta-di. Jinsiy olat boshchasi, kichik uyatlik lablar sohasidan tash-qari terining barcha 

qismlarida ter bezlari uchraydi. Ayniqsa, qo’l panjalarining yumshoq qismida, tovonda, qo’ltiq osti 

chuqur- 


 

J50-pacM. Tep bezlari. Gematoksilin-eezin bilan bo’yalgan. 06. 20. ok. 10. 1 - bez oxirgi 

bo’lnmlari; 2 - miozpitelial hujayralar; 3 - birpktiruvchi to’qima. 

chasida va chov burmalarida ter bezlari ko’p bo’ladi. SHu joylar-da terining 1 sm

2

  sathida  300 ga 



yaqin (terining boshqa sohala-rida  120-200)  bez ochiladi. Ter  bezlarining zichligi (1  mm

sathdagi 



soni) yangi tug’ilgan bolalarda kattalarga nisbatan 12 barobar ko’p bo’ladi. Ter bezlarining sekreti 98 

% suv, 2% qu-ruq moddadan iborat. Quruq modda organik va noorganik modda-lardan tashkil topgan. 

Ter bezining oxirgi sekretor bo’limlari koptoksimon buralgan bo’lib dermaning chuqur qatlamlarida 



 

251 


joy-lashadi.  (150-rasm).  Ter  chiqaruv  naychalari  derma  va  epidermis-dan  o’tib,  teri  yuzasida 

teshikchalar hosil qiladi. Bezning oxir-gi bo’limi bez holatiga qarab kubsimon yoki tcilindrsimon epi-

teliydan iborat bo’ladi. Hujayra tcitoplazmasi och bazofil bo’-..lib, o’zida, yog’, glikogen va pigment 

kiritmalarini tutadi. Sek-retor hujayralar ichida oqish va qoramtir hujayralar tafovut qilinadi. Oqish 

hujayralar suv va metall ionlarini, qoramtir-lari esa organik makromolekulalarni ajratadi. Sekretor hu-

jayralari  tagida,  bazal  membranada,  mioepitelial  (savatsi-mon)  hujayralar  joylashadi.  Mioepitelial 

hujayralarni o’z o’simtalari bilan bez oxirgi bo’laklarini o’rab turadi. Bu hu-jayralar tcitoplazmasida 

qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan to-lalar mavjud bo’lib, ularning qisqarishi sekretor hujayralar-dan 

sekretning ajralib chiqishiga  sababchi bo’ladi. Oxirgi  bo’-.limdan chiqaruv  naylari boshlanadi. Bu 

naylar ikki qavatli 

kubsimon epiteliydan iborat bo’lib, hujayralarning usti ku-tikula bilan qoplangan. CHiqaruv naylari 

epidermisdan egri-bugri bo’lib o’tadi. Epidermis sohasida chiqaruv nayining devori yassi hujayralar 

bilan  qoplangan.  Ter  bezlari  hujayralari-dan  sekret  ajralishiga  qarab  2  xil:  merokrin  va  a  p  o-krin 

bezlarga ajratiladi. Ter bezlarining ko’pchiligida mero-krin sekretciya yuz beradi. Apokrin ter bezlari 

terining  ayrim  joylarida  -  qo’ltiq  osti  chuqurchasida,  anal  teshik  atrofida,  peshanada,  sut  bezlari 

so’rg’ichi atrofida va katta uyatliq lablar sohalarida joylashadi. Bu bezlarning sekreti hujayra tcito-

plazmasining  qisman emirilishi  bilan  chiqadi. SHuning nati-jasida  sekret  bilan  birga  chiqqan oqsil 

moddalari chirib ter maxsus o’tkir hidga ega bo’ladi. Apokrin ter bezlarining oxirgi sekretor bo’limlari 

anchagina  yirik  bo’lib,  organizmning  balo-g’atga  etgan  davridan  boshlab  ishlaydi.  Apokrin  bezlar 

faoliyati jinsiy bezlar holati bilan uzviy bog’liq. Mentstrual, premen-strual va homiladorlik davrlarida 

bu bezlarning sekretor fao-liyati oshib ketadi. 

YOg’  bezlari  (gld  sedaceae). 

YOG



 



bezlari  kaft  va  tovondan  tash-qari  terining  barcha  qismlarida 

bo’ladi.  Labning  qizil  hoshiya-li  qismida,  jinsiy  olat  boshchasida,  kichik  uyatli  lablar  sox

4

a-sida, 


ko’krak bezi so’rg’ichi atrofida, qovoq chetlarida yog’ bezlari to’g’ridan-to’g’ri teri yuzasiga ochiladi. 

Terining boshqa  sohala-rida esa  yog’  bezlari soch ildizi  bilan bog’langan bo’lib, soch voronkasiga 

ochiladi va soch hamda epidermisni moylab turadi. Odamda yog’ bezlari sutkasiga 20 g ga yaqin teri 

yog’ini ajratadi (151-rasm). Har bir soch ildiziga 1-2 yog’ bezi to’g’ri keladi. 

YOG



 



bezlari turlicha 

kattaliklarda bo’ladi. Yirik yog’ bezlari yuz terisida (lunj, burun sohasida), ko’krakda (to’sh sohasi), 

or-qada  (kuraklar  va  ularning  ustki  qismlarida)  joylashadi.  YOg’  bezlari  terining  yuqori  qatlami 

dermaning so’rg’ich va to’r qa-vatlari chegarasida joylashadi. Tuzilishiga ko’ra yog’ bezlari oddiy 

tarmoqlangan al’veolyar bezlar turkumiga kirsa, sekre-tciya tipiga ko’ra golokrin bez hisoblanadi. 

YOG


 

bezlarining oxirgi sekretor bo’limi bir qancha al’veola-lardai iborat bo’lib, nozik biriktiruvchi 



to’qima bilan o’raladi. Bez al’veolalarining bazal membranasida bir qator, uncha ba-land bo’lmagan 

muntazam  ko’payib  turuvchi  kambial  hujayralar  joylashadi.  Bu  hujayralar  qavatidan  so’ng  yirik, 

tcitoplazmasi  har  xil  darajada  yog’  tomchilari  bilan  to’lgan  hujayralar  qa-vati  bez  al’veolasining 

ikkinchi qavat hujayralarini tashkil etadi. Oxirgi sekretor bo’limning eng ichki hujayralari yog’ bi-lan 

to’lgan  bo’lib,  hujayra  yadrosi  bujmayib,  yo’qoladi.  Mana  shu  hujayralar  yoriladi  va  hujayra 

mahsuloti  -  yog’  soch  voron-kasiga  quyiladi.  Bazal  membranada  joylashgan  kambial  hujay-ralar 

hisobiga  yangi  sekretor  yog’  hujayralari  paydo  bo’ladi. 

YOG


 

bezining  chiqaruv  nayi  kalta  bo’lib, 



devori  sochning  tashqi  epitelial  qini  bilan  tutashib  ketuvchi  ko’p  qavatli  yassi  epite-liy  bilan 

koplangan. 




 

252 


 

151- rasm. YOg’ Sezlari (terining derma qavatidanolingap). Gematoksilin- eozin 

bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10. 

1 - soch voronkasi; 2 - bezning sekret chiqarua yo’ln: 3 - bez oxirgi bo’limining emi-rilayotgan 

hujayralari; 4 -oxirgi bo’limning kam differentciallangan hujayralari. 

Terining  oziqlanishi.  Qon  tomirlar  terida  bir  qancha  to’rlar  hosil  qiladi.  YUza  va  chuqur  arterial 

chigallar hamda bitta chuqur va ikkita yuza venoz chigallar farqlanadi. Teri arteriya-si fastcial to’r 

arteriyasidan  boshlanadi.  Ayrim  arteriyalar  tarmoqchasi  yog’  bo’laklarini  o’ragan  biriktiruvchi 

to’qima bo’ylab yo’naladi. Asosiy arteriyadan ayrim tarmoqlar derma-ning quyi sohalarida gorizontal 

yo’nalib,  o’zaro  anastomozlar  hosil  qiladi.  Bu  chuqur  tomirlar  to’ri  ter  bezlarini,  teri  osti  yog’ 

qavatining yuza qatlamini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy arteriyadan tarmoqlangan boshqa tomirlar 

terining  yuqori  qatlamlariga  tarqaladi.  Bu  tomirlar  derma  orqali  o’tib,  yog’  bezlarini  va  soch 

follikulasini ta’minlovchi yon shoxobchalar beradi. Terining so’rg’ich qavati chegarasida esa no-zik 

arteriya tarmoqlarining anastomozi yuza yoki so’rg’ich osti arteriya to’rini hosil qiladi. Bu arteriya 

chigallaridan har bir so’rg’ichga kapillyarlar tarqaladi. 

Vena tomirlari terida 3 to’r hosil qiladi. Birinchi ve-na tomirlarining to’ri derma so’rg’ichlari ostida, 

ikkinchi  veioz  to’r  dermaning  chuqur  qatlamida,  u  ch  i n-chi  venalar  to’riyog’  osti  kletchatkasida 

joylashadi.  YUz-da,  ayniqsa  burun  va  lunj  terilarida  yirik  venoz  tomirlar  teri  so’rg’ichlarida 

ko’ndalang yotadi. Bu tomirlar bir qancha 

nozik venalardan hosil bo’lib, ularning uzunligi va diametri turg’un emas. Vena tomirlari burchak 

hosil  qilib  egilib,  derma-ning  chuqur  vena  to’ri  bilan  tutashadi.  Terida,  ayniqsa,  qo’l  va  oyoq 

barmoqlari  uchida,  tirnoq  o’rnida  ko’plab  arteriolo-venulyar  anastomozlar  mavjud.  Ular  issiqlik 

almashinuviga bevosita aloqadordirlar. 

Limfa tomirlari terida yuza va chuqur to’rlar hosil qiladi. So’rg’ich limfa sinuslaridan tarqalgan limfa 

tomirlarining to’ri ba’zi so’rg’ichlarning yarmiga qadar davom etadi. Terida chuqur joylashgan limfa 

tomirlari to’rlaridan olib ketuvchi limfa tomirlari teri osti yog’ kletchatkasiga botib kiradi. Bu tomirlar 

o’zaro anastomozlar orqali birlashib yirik chigal ho-sil qiladi. 

Terining  innervatciyasi.  Terida  sezuvchi  nerv  oxirlari  juda  ko’p  bo’lib,  u  yirik  retceptor  maydon 

hisoblanadi. Terining nerv apparati ko’pgina nerv  tolalaridan va kapsulali nerv oxirla-ridan iborat. 

Terining innervatciyasi bosh va orqa miyaning ve-getativ (simpatik) nervlari bilan ta’minlanadi. Teri 

nerv tolalari teri osti yog’ kletchatkasining chuqur qatlamlarida joy-lashgan asosiy nerv chigallaridan 

boshlanadi. Bu nerv tolalari derma tomon yo’nalib, yog’ va ter bezlarini, soch piyozchalarini va teri 

tomirlarini  ta’minlovchi  tolalar  beradi.  Teri  so’rg’ichi-ning  pastki  qismida  hosil  bo’lgan  nerv 

chigalidan  so’rg’ich  va  epi-dermisga  qarab  tolalar  tarqaladi.  Nerv  oxirlari  ayniqsa  lab-ning  pushti 

qismida, barmoq uchlarida va jinsiy a’zolarda mo’l bo’ladi. Epidermisga kirgan nozik nerv tolalari 



 

253 


o’zining mie-lin pardalarini yo’qotadi. YAlang’och nerv o’qi tcilindrlari epi-dermisning tikanaksimon 

hujayralari  atrofida  Merkel’  disk-lari  sifatida,  bazal  qavat  hujayralari  orasida,  har  xil  balandlikda 

ingichkalashib  yoki  tugun  hosil  qilib  tarqaladi.  Dermada  erkin  nerv  oxirlari  va  kapsulali  nerv 

tanachalari  joylashadi.  Qapsulali  nerv  oxirlari  plastinkasimon  nerv  ta-nachasi  (Fater-Pachini 

tanachasi), oxirgi kolbalar (Krauze kolbalari), Ruffini tanachalari, sezuvchi (Meysner tanachala-ri) va 

jinsiy tanachalardan iborat. 

Og’riq  sezgisi  epidermisning  donador  qavatiga  qadar  tar-qalgan  erkin  nerv  oxirlari  va  dermaning 

so’rg’ichsimon  qavati-dagi  nerv  oxirlari  orqali  qabul  qilinadi.  Sezuv  tuyg’usi  esz  teri  so’rg’ich 

qavatida joylashgan sezuvchi tanacha, epidermisning o’suvchi qavatidagi sezuvchi disklar (Merkel’ 

disklari)  va  soch  ildizi  sohasidagi  chigallari  orqali  yuzaga  chiqadi.  Bosim  sezgi-si  teri  osti  yog’ 

kletchatkasida joylashgan plastinkasimon tana-chalar bilan, issiqlik sezgisi so’rg’ichli barmoqchalar 

(Ruffini tanachalari) orqali, sovuqlik sezgisi esa so’rg’ichsimon qavat-dagi Krauze kolbalari orqali 

qabul qilinadi. 

Teri  regeneratciyasi.  Terida  regeneratciya  yaxshi  boradi.  Epi-dermis  yuqorida  aytib  o’tilganidek, 

o’suvchi qavat hisobiga tik-lanadi. Epidermis va derma shikastlanganda jarohat o’rni bi-riktiruvchi 

to’qima tolalarini va asosiy moddalarni hosil qi- 

luvchi  hujayralar-limfotcit,  monotcit  va  fibroblastlardan  iborat  yosh  biriktiruvchi  to’qima  - 

granulyatcion to’qima bilan yopiladi. SHu bilan birga epidermisning o’suvchi qavati hosil qilayotgan 

hujayralar  dermaning  yosh  biriktiruvchi  to’qimasi  ustiga  siljib  jarohat  ustini  qoplaydi.  So’ngra 

epiteliy va dermaning tarkibiy qismi differentciallashib, jarohat o’rni tamomila oldingi ko’rinishga 

ega bo’ladi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish