Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Immunitet to`g`risida tushuncha



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Immunitet to`g`risida tushuncha. Immun-himoya reaktsiyalari va immunitet tushunchalari 

o`zaro  almashinuv  imkoniyatiga  ega  sinonimlardir.  Immunitet  –  bu  organizmning  o`zini  barcha 

genetik  jihatdan  yot  bo`lgan  zarrachalar  va  moddalardan,  ya’ni  antigenlardan  himoya  qilish 

qobiliyatidir. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantigenlar) yoki organizmning o`zida 

(autoantigenlar)  hosil  bo`lishi  mumkin.  Immunitet  jarayoni  organizmning  immun  sistemasi,  bu 

sistemaga  kiruvchi  hujayralar  (immunotsitlar),  to`qimalar  hamda  markaziy  va  periferik  a’zolar 

yordamida amalga oshiriladi.  Immun sistema  yuqorida  ko`rsatilgan markaziy (qizil  suyak ko`migi, 

timus) va periferik (limfatik tugunlar, taloq, ovqat hazm qilish, nafas va siydik chiqaruv yo`llarida 

joylashgan limfoid follikullar) qismlardan tashkil topgan. 

 

Immun-himoya  jarayonlarini  amalga  oshiradigan  asosiy  hujayralar  T-  va  B-limfotsitlar 



hisoblanadi.  Ularning  ko`payishi,  yetilishi  hamda  faoliyati  esa  mikromuhit  tashkil  qiluvchi 

makrofaglar,  interdigitirlovchi  va  dendritli  hujayralar  bilan  chambarchas  bog`liqdir.  Timusda  bu 

hujayralar qatoriga uning stromasini hosil qiluvchi retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. Bulardan 

tashqari, organizmda kechadigan himoya reaksiyalarida neytrofil, eozinofil, bazofil leykotsitlarning, 

to`qima bazofillarining (semiz hujayralarning) hamda fibroblastlarning ahamiyati ham kattadir. 

 

A  n  t  i  g  e  n  l  a  r    –  murakkab  organik  moddalar  bo`lib,  ular  organizmda  o`ziga  qarshi 



ixtisoslashgan javob reaksiyasi kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Mikroblar, viruslar, turli xil parazitlar, 

yot  hujayralar  va  to`qimalar,  ba’zida  esa  organizmning  genetik  jihatdan  o`zgargan  (mutatsiyaga 

uchragan) hujayralari va hokazolar antigenlik xususiyatiga ega bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, yot 

hujayralar  tomonidan  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  hamda  sun’iy  yo`l  bilan  sintezlangan  yuqori 

molekulali moddalar ham antigen rolini o`ynashi mumkin. 

 

A n t i t e l o l a r  – immunoglobulinlarning u yoki bu sinfiga mansub murakkab oqsillar. Ular 



organizmda  ma’lum  antigenlar  ta’siri  ostida  plazmatik  hujayralar  tomonidan  sintezlanadi  va  shu 

antigen bilan birikib, uni zararsizlantirish qobiliyatiga ega bo`ladi. Shu tufayli antitelolar immunitet 

jarayonining  ixtisoslashganligini  ta’minlovchi  asosiy  omillardan  biri  bo`lib  hisoblanadi.  Hozirgi 

paytda  immunoglobulinlarning  5  sinfi  mavjud  bo`lib,  ular  qon  oqsillarining  taxmiman  1/3  qismini 

tashkil  etadi.  Immunoglobulinlardan  asosiysi  IgG  hisoblanadi.  Bu  sinfga  kiruvchi  antitelolar 

organizmni mikroblar, viruslar hamda ular ishlab chiqargan zaharli moddalardan aktiv himoya qiladi. 

Immunoglobulinlarning  IgM  sinfiga  kiruvchi  antitelolar  zaharli  moddalarni  neytrallashda,  yot 

hujayralarni  yemirishda  va  turli  xil  antigenlarni  cho`ktirishda  muhim  o`rin  tutadi. 

Immunoglobulinlarning  IgA  sinfiga  kiruvchi  antitelolar,  qondan  tashqari,  ko`p  miqdorda  so`lakda, 

ko`z yoshida, me’da-ichak suyuqliklarida ham uchraydi. Shu tufayli bu antitelolar sekretor antitelolar 

deb atalib, ular shilliq pardalarni himoya qilishda faol ishtirok etadi. IgE sinfiga kiruvchi antitelolar 

esa  allergik  reaksiyalarda  qatnashadi.  Ularning  maxsus  antigenlar  (allergenlar)  bilan  hosil  qilgan 

kompleksi  to`qima  bazofillarining  degranulyatsiyasiga  va  hujayralardan  gistamin  hamda  geparin 

moddalarining ajralib chiqishiga olib keladi. Nihoyat, immunoglobulinlarning oxirgi sinfi bo`lmish 

IgD  juda  kam  miqdorda  uchraydi.  Uning  ahamiyati  hali  to`la  aniqlanmagan.  Bu  immunoglobulin 

ko`proq embrionda va yangi tug`ilgan chaqaloqlarda uchraydi. 

 

Antiteloning antigen bilan bog`lanishi jarayonida qon plazmasida bo`lgan maxsus oqsillar yoki 



komplement ham ishtirok etadi. Komplement bu 

jarayonda  keskin  aktivlashib,  antigenlarning 




 

240 


antitelolar tomonidan zararsizlantirishini ta’minlaydi. 

 

Immunitet to`g`risida bir qancha nazariyalar mavjud bo`lib, ulardan hozirgi paytda eng keng 



tarqalgani  F.Bernetning  «klonal-seleksion»  nazariyasidir.  Bu  nazariyaga  binoan  organizmda 

limfotsitlarning  ko`p  miqdordagi  guruhlari,  ya’ni  klonlari  mavjuddir.  Har  bir  klonga  mansub 

limfotsitlar  genetik  jihatdan  bir  xil  bo`lib,  ma’lum  bir  yoki  bir  necha  antigenga  nisbatan  javob 

reaksiyasini berish qobiliyatiga egadir. Shu tufayli biron-bir aniq antigen limfotsitlarning faqatgina 

shu  antigenga  mos  keladigan  klonigagina  ta’sir  ko`rsatadi  va  ularning  ko`payishiga  hamda 

aktivlashishiga olib keladi. 

 

Antigenlarni yemirish va zararsizlantirish uslubiga qarab immunitetning ikki xili ajratiladi: 



 

1. G u m o r a l  i m m u n i t e t – bunda antigenlarning antitelolar yordamida zararsizlantirilishi 

asosiy o`rin tutadi. Bu immunitetning ishchi (effektor) hujayralari bo`lib antitelo ishlab chiqaruvchi 

plazmatik  hujayralar  yoki  plazmotsitlar  hisoblanadi.  Plazmotsitlar  o`z  navbatida  B-limfotsitlardan 

hosil bo`ladi. Bu jarayonda T- limfotsitlar va mikromuhit hujayralari ham faol qatnashadi. 

 

2. Hujayraviy immunitet  – bunda antigenlar (asosan,  yot hujayralar va  organizmning o`zida 



hosil bo`ladigan,  genetik   mutatsiyaga uchragan o`sma hujayralar) m a x s u s   q o t i l (killer – qotil) 

h u j a y r a l a r tomonidan o`ldiriladi va yemiriladi. Bu immunitet jarayonida effektor hujayralar 

bo`lib, T- limfotsitlarning bir turi bo`lgan T-killerlar va maxsus «tabiiy killerlar» (TK) hisoblanadi. 

Bu  hujayralarni  boshqacha  qilib  sitotoksik  ta’sir  ko`rsatuvchi  hujayralar  deb  ham  atash  mumkin 

(cytos – hujayra, toxin – zahar, ya’ni hujayrani zaharlovchi degan ma’noni anglatadi). 

 

Organizmga antigen birinchi marta tushganda (birlamchi javob reaksiyasi) shu antigen uchun 



javobgar  limfotsitlar  kloniga  tegishli  hujayralar  aktivlashib,  blast  hujayralarga  aylanadi.  u  blastlar 

mitoz yo`li bilan ko`payadi va differensiallashadi. Natijada, antigenni «tanib olish» qobiliyatiga ega 

bo`lgan limfotsitlar miqdori keskin oshadi. Bu limfotsitlar shakllanishi davomida ikki xil hujayralar 

hosil  bo`ladi.  Ularning  bir  turi  effektor  yoki  ishchi  limfotsitlar  bo`lsa,  ikkinchisi  esa  antigen 

to`g`risidagi  ma’lumotni  «eslab  qoluvchi»  limfotsitlardir.  Anti-genga  qarshi  antitelolar  ishlab 

chiqaruvchi  plazmotsitlar  hamda  sitotoksik  ta’sir  ko`rsatuvchi  aktivlashgan  hujayralar  effektor 

hujayralar bo`lib, xizmat qiladi. Antigen organizmga qayta tushganda (ikkilamchi javob reaksiyasi) 

«eslab qoluvchi» limfotsitlar oldindan «tanish» bo`lgan antigenga nisbatan darhol javob reaksiyasi 

sodir bo`lishini ta’minlaydi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish