FIBROBLASTLAR
Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy hujayra
elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi hujayra bo`lib,
qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron mikroskopdagina
aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki - endoplazma tafovut
qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. Endoplazma esa yadro
atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan qismdir.
Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin tutadi.
Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. Hujayra
differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining submikroskopik
tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir. Kam differentsiallashgan fibroblastlarda hujayra
organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish davomida fibroblastlar sintez
qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada juda yaxshi rivojlangan
endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni ko`rish mumkin (71-rasm).
Gistoximiyaviy
analiz hujayra
sitoplazmasida
mukopolisaxaridlar
kompleksi,
glikogen,
ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi.
71-rasm .Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. X 8000.
1-yadro; 2-sitoplazmadagi kollagen tolalar.
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 nm m i
k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida mikronaychalar
ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra yuzasiniig turg`unligini
belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-ayyan sharoitlardagina harakat
qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan hujayra qobig`i invaginatsiyasi
hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. Fibroblast sitoplazmasida lipid
donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi
to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam
differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi.
YOSH
fibroblastlar mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada
bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, yetuk fibroblastlar hisoblanadi. Ular
110
biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu
hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan
glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va hujayra oraliq muhitiga chiqariladi.
Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va
chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning
hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining natijasidir. Fibrotsitlar - fibroblastlarning definitiv shakli
bo`lib, bu hujayralarda organellalar keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd
etilgan moddalarning sintezi deyarli to`xtaydi.
Ba’zi bir sharoitlarda (masalan, homiladorlik paytida bachadonda) fibroblastlar silliq mushak
hujayralariga o`xshash bo`lgan miofibroblastlarga aylanishi mumkin. Miofibroblastlar silliq mushak
hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r tutishi bilan farqlanadi. Va, nihoyat,
ma’lum bir sharoitlarda biriktiruvchi to`qimada fibroklast hujayrala-rihampaydo bo`lishi mumkin. Bu
hujayralar gidrolitik fermentlarga boy bo`lib, ular keragidan ortiq hosil bo`lgan hujayra oraliq
moddaning yemirilishi va so`rilib ketishida ishtirok etadilar.
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda esa
o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari dif-
ferentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk
fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv
shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb
hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - trofik
to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi va tayanch
to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |