Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Granulotsitopoez  yoki  donador  leykotsitlarning  takomillashishi



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Granulotsitopoez  yoki  donador  leykotsitlarning  takomillashishi.  Sxematik  ravishda 

granulotsitopoez  quyidagicha  ifodalanadi:  o`zak  hujayra 



miyelopoezning boshlang`ich  hujayrasi 



miyeloblast 



promiyelotsit 



miyelotsitlar 



metamiyelotsitlar



 tayoqcha yadroli leykotsitlar 



 

etuk yoki segment yadroli leykotsitlar. 

Miyeloblast - granulotsitopoez jarayonida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo`lgan eng 

yosh hujayra. Uz tuzilishni jihatidan miyeloblastlar differentsiallashmagan blastlarga o`xshab ketadi. 

Miyeloblastlar  eletron  mikroskopda  ko`rilganda  ularning  sitoplazmasi  erkin  holda  yotgan 

ribosomalar  va  polisomalarga  boy  ekanligi,  sitoplazmada  kam  sonli  dumaloq  mitoxondriyalar  va 

dag`al endoplazmatik to`r borligi ko`zga tashlanadi. 

Golji  kompleksi  ba’zi  bir  hujayralarda  yaxshi  rivojlangan  bo`lib,  yadroga  yaqin  yerda 

joylashgan.  Bu  zonaga  yaqin  qismlarda  yangi  hosil  bo`layotgan,  kattaligi  taxminan  0,5-0,8  mkm 

keladigan donachalarni uchratish mumkin. 



Promiyelotsitlar  -  donador  leykotsitlariing  takomillashi-shida  miyeoblastlardan  keyin 

keladigan  hujayra  bosqichidir  (67-rasm).  Promiyelotsitlar  kattaligi  12-18  mkm  bo`lgan  hu-jayralar 

bo`lib,  sitoplazmalarida  morfologik  jihatdan  bir-biridan  tubdan  farq  qiluvchi  donadorlik  paydo 

bo`lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, eozinofil va bazofil promiyelotsitlarga bo`linadi. 

Neytrofil promiyelotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning sitoplazmasi Romanovskiy 

usuli bilan bo`yalganda ko`k binafsha tusni oladi va turli xil donadorlik tutadi. Kattaligi har xil bo`lgan 

donachalarni  asosan  ikki  gruppaga  ajratish  mumkin.  Birinchi  xil  donachalar  yirikroq  bo`lib,  o`z 

bo`yalish  xususiyatlari  bilan  azurofil  donachalarga  o`xshaydi.  Bu  donachalar  promiyelotsit 

bosqichida  ko`pchilikni  tashkil  etib,  ularning  soni  neytrofil  hujayralarning  rivojlanishi  davomida 

kamayib  boradi.  Ikkinchi  xil  donachalar  kam  sonli  va  maydaroqdir.  Elektron  mikroskop  ostida 

promiyelotsitlar  sitoplazmasida  ko`p  sonli  kengaygan  endoplazmatik  to`r  kanalchalari,  yaxshi 

rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. Promiyelotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik 

protsess, ya’ni donadorlik shakllanishi amalga oshib, bu protsess endoplazmatik to`rda sintez qilingan 

mahsulotlarning Golji kompleksi tuzilmalarida donachalar shakliga kelishidan iborat. Shuni ta’kidlab 

o`tish  kerakki,  neytrofil  hujayralarida  uchraydigan  birlamchi  yoki  azurofil  donachalar  asosan 

promiyelotsit bosqichida shakllanadi.  

Eozinofil promiyelotsitlar o`z sitoplazmasida eozin bilan bo`yalgan va neytrofil donachalariga 

nisbatan yirikroq bo`lgan donachalar tutishi bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop ostida eozinofil 

promiyelotsitlar  sitoplazmasida  juda  yaxshi  taraqqiy  etgan  endoplazmatik  to`r  va  Golji  kompleksi 

borligi  diqqatni  tortadi.  Golji  kompleksi  tuzilmalarida  xuddi  neytrofil  promiyelotsitlarda 

ko`rilganidek  donachalar  shakllanishi  jarayonining  turli  bosqichlarini  uchratish  mumkin. 

Promiyelotsitlar sitoplazmasidagi eozinofil donachalar bir xil tuzilishga ega bo`lmay, ularni asosan 

ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi yumaloq yoki ovalsimon bo`lib, kattaligi 0,8-

1,2 mkm keladi. Ularning asosiy moddasi uncha zich bo`lmagan gomogen mahsulotdan iborat bo`lib, 

tashqi tomondan membrana bilan qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho`zinchoq yoki ellipssimon 

shaklga  ega  bo`lib,  ularning  markazida  yoki  sal  chetroqda  yuqori  elektron  zichlikka  ega  bo`lgan 

tuzilmalar  ko`rinadi.  Bu  tuzilmalarning  shakli  turli-tuman,  ya’ni  trapetsiya,  to`g`ri  to`rtburchak, 

kristalloid va hokazo bo`lishi mumkin («Granulotsitlar» sarlavhasiga q.). Ikkinchi xil donachalar tipik 

eozinofil  donalari  bo`lib,  ularning  soni  promiyelotsit  bosqichida  nisbatan  kamroq  bo`ladi  va 

rivojlanishi davomida oshib boradi. 

Bazofil  promiyelotsitlar  nisbatan  maydaroq  bo`lib,  ular  sitoplazmasida  yirik  to`q  ko`k  yoki 

qo`ng`ir  rangga  bo`yalgan  bazofil  donachalar  bo`lishi  bilan  xarakterlanadi.  Elek-tron  mikroskop 

ostida  bu  hujayralarda  Golji  kompleksi  va 

endoplazmatik  to`rning  yaxshi  takomil  etgani 




 

102 


va  hujayra  sitoplazmasida  donachalar  shakllanishi  ko`rinadi.  Bazofil  promiyelotsitlar  donachalari 

yirikroq bo`lib (kattaligi 1,3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar tuzilmalardan 

iborat  ekanligi  aniqlangan.  Promiyelotsitlar,  qaysi  turga  mansub  ekanligidan  qat’i  nazar,  yirik 

ovalsimon  yoki  botiqlikka  ega  bo`lgan  yadroga  egadirlar.  Yadro  xromatini  miyeloblastlarnikiga 

nisbatan ancha zichroq joylashgan bo`lib,  yadro  membranasi ostida  zichlashgan qavat hosil  qiladi. 

Mitoxondriyalar promiyelotsitda kam sonli va dumaloq shaklga ega bo`lib, ularning matriksi donador 

modda bilan to`lib turadi. Promiyelotsitlardan miyelotsitlar hosil bo`ladi. 

 

 



 

 

 



66- rasm. Normotsitlar. Odam suyak ko`migidagi normotsit. Elektron mikrofotogramma. 

X 6.000.  

1-bazofil normotsit; 2-polixromatofil normotsit; 3-oksifil normotsit. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish