Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

qalqonchasi  deb  ataluvchi  to`plam  hosil  qiladi. 

Uning  atrofidagi  blastomerlar  sariqlik  ustidan 

 

 

40-  rasm.  A,  B  - 



Lansetnikda 

o`q  


organlarining 

hosil 


bo`lishi. 

1-nerv plastinkasi; 

2-ektoderma; 

3-xordal 

plastinka;  4-mezoderma; 

5-entoderma, 6-xorda; 7- 

oxirgi  ichak  (A.  A. 

Zavarzindan). 

 



 

61 


birmuncha  ko`tarilib  oqish  maydonni  (area  pellucida)  hosil  qiladi.  Uning  orqasida  esa  qoramtir 

maydonni (area opaca) hosil qiluvchi sariqlikka zich yopishib yotgan blastomerlar yotadi. Unda qon 

tomirlar  rivojlanadi.  Pusht  qalqonchasining  orqa  chekkasida  bo`linayotgan  mayda  hujayrali 

materialning  konsentratsiyalanishi  natijasida  birlamchi  tasma  hosil  bo`ladi.  Uning  oldingi  uchi 

qalinlashib birlamchi (Genzen) tugunni hosil qiladi. Mana shu tugundan old tomonga xordal o`simta 

o`sib chiqadi. Birlamchi tasma sohasida mayda hujayrali material zo’r berib bo`linishda davom etadi 

va ekto-hamda entodermaning orasiga o`sib kiruvchi mezodermani beradi. Shunday qilib, qushlarda 

invaginatsiya  bo`lmasligi  sababli  blastopora  hosil  bo`lmaydi.  Uning  analogi  birlamchi  tasma 

hisoblanadi, chunki u yerda birlamchi kurtak va o`q organlarining kompleksi hosil bo`ladi. 

Sut emizuvchilarda gastrulyatsiya  - d e l a m i n a t s i y a  va  i m m i g r a t s i y a  turida 

boradi. Trofoblast tagida joylashgan embrional tuguncha birmuncha yoziladi va 2 varaqqa ajraladi. 

Ektoderma  ustida  joylashgan  trofoblast  hujayralari  erib  ketadi,  buning  natijasida  ektodermaning 

chetlari trofoblast bilan qo`shilib ketadi. Embrional tugunchaning markazida birlamchi tasmali pusht 

qalqonchasi  (Genzen  tuguni)  va  xordali  o`simta  hosil  bo`ladi.  Birlamchi  tasma  sohasida  mayda 

hujayra materiali ichkariga o`sib kirib ekto-va entoderma orasida taqsimlanadi va mezodermani hosil 

qiladi. Shuning bilan bir vaqtda embrional tugundan hujayra elementlari migratsiyaga uchrab, ekto- 

va entodermaning orasiga o`sib kiradi. U ham trofoblastning ichki yuzasini o`rab o`sa boshlaydi va 

pushtdan tashqari mezodermani beradi. 

Homila  varaqlari  va  o`q  organlarining  kurtaklari  hosil  bo`lishi  bilan  gastrulyatsiya  davri 

tugaydi va embrional taraqqiyotning to`rtinchi davri - gistogenez va organogenez boshlanadi. 

To`qima  va  organlarning  taraqqiyoti  hamma  umurtqali  hayvonlarda  bir  xilda  o`tadi. 

Ektodermadan nerv plastinkasi ajraladi, u avval bukilib nerv tarnovchasini, keyinchalik tutashib, nerv 

nayini hosil qiladi, ustini esa ektoderma qoplab oladi (41-rasm). 

Xordal  plastinka  nerv  naychasining  tagida  xordani  hosil  qiladi.  Mezoderma  segmentlarga 

(dermatom, 

sklerotom, 

miotom), 

segment 


oyoqchalari 

(nefrotom) 

splanxnotomlarga 

differentsiyalanadi. 

Splanxnotomlar  entodermaga  tutashuvchi  vistseral  va  ektodermaga  tutashuvchi  pariyetal 

varaqlarga ajraladi. Ularning orasida ikkilamchi bo`shliq - selom hosil bo`ladi. Entoderma tuta-shib 

bitib ketadi va doimiy ichak shakllanadi. Embrional taraqqiyot davomida turli to`qima va organlarning 

hosil bo`lishi shu a’zolar ta’rifida keltiriladi. 

Homila varaqlari hosil bo`lishining ilk davrlaridayoq mezenxima yoki embrional biriktiruvchi 

to`qima shakllanadi. Mezenxima asosan mezodermadan ko`chib chiqqan o`simtali hujayralar bo`lib, 

ular guruh-guruh bo`lib homila varaqlari orasida joylashadi. Qisman mezenxima boshqa varaqlardan 

ko`chgan  hujayralardan,  xususan,  ektodermadan  rivojlanadi.  Mezenximadan  qon  va  limfa,  qon 

yaratuvchi a’zolar, biriktiruvchi to`qima, qon tomirlar va silliq mushak to`qimasi rivojlanadi. 

 

 



41-rasm.  Tovuq  embrionida  o`q 

organlarming hosil bo`lishi. 

1-nerv 

naychasi; 

2-ganglioz 

plastinka;  3-xorda;  4-  mezoderma;  5  - 

somitlar;  6-mushak  hujayra;  7-mezoderma; 

8-nefrotomlar;  9-splanxnotom;  vistseral 

varag`i;  13-splanxnotom  pariyetal  varag`i; 

11-ichak entodermasi; 12 - qon hujayralari; 

13-ektoderma. (Z. D. Zemtsovdan) 

 

 



 


 

62 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish