Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XOMILANING PROVIZOR A’ZOLARI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

XOMILANING PROVIZOR A’ZOLARI 

Embrional  davrning  2-oyidan  so’ng  homilada,  asosan,  o’sish  ja-rayoni  yuz  beradi.  Homilaning 

rivojlanishi  va  shakllanishi  bilan  bir  davrda  homiladan  tashqari  yoki  provizor  organlar  takomilla-

shishi  va  o’zgarishlari  yuz  beradi.  Qon  kapillyarlari  va  tomir-larining  mezodermada  rivojlannshi 

barvaqt  boshlanadi.  Ayni  vaqtda  trofoblast  hujayralaridan  iborat  bo’lgan  birlamchi  xo-rion 

so’rg’ichlari ichiga arterial va venoz qon tomirlar o’sib kiradi. Bunday so’rg’ichlar o’sib, kattalashib, 

tarmoqlanib  boradi  va  ikkilamchi  so’rg’ichlarga  aylanadi.  SHu  qavatning  o’zida  so’r-g’ichlarni 

qoplab turgan trofoblastda ikkita qavat differen-tciallashadi: 1) birinchi qavat kubsimon hujayralardan 

tashkil topgan ichki qavat  - tcitotrofoblast  yoki Langgans qavati. Bu qlvatda hujayralar chegaralari 

yaqqol ko’rinib turadi; 2) hu-jayra chegaralari aniq bo’lmagan va ko’p yadroli - simplast ko’-rinishga 

ega bo’lgan tashqi qavat - s i ntci t o t ro f o b .1 ast. Ayni davrda bachadon shilliq qavati o’zgarishlarga 

uchrab, undan yo’ldosh hosil bo’la  boshlaydi (bachadon shilliq qavatining o’zga-rishlari va tushib 

ketuvchi qavatining hosil bo’lishi haqida, may-dalanish va gastrulyatciya jarayonlari to’g’risida bayon 

etilganda aytib o’tilgan edi). 

Sariqlik  qopi.  Sariqliq  qopi  odamda  ham  boshqa  sut  emizuv-chilardagi  kabi  homila  oziqlanishi  va 

nafas olishida juda qis-qa vaqt ishtirok etadi va bu borada uning ahamiyati unchalik katta emas. 

Sariqlik qopi qon yaratishda asosiy ahamiyatga ega, ya’ni' uning devorlarini hosil qiluvchi vistceral 

mezoderma tarkibida birinchi qon orolchalari paydo bo’ladi. 7-8 hafta davomida qon yaratuvchi organ 

vazifasini bajargandan so’ng sariqlik qopi aks taraqqiyotga uchraydi. Pusht tanasining buklamasi hosil 

bo’lgan paytda esa sariqlik qopchasi ichak bo’shlig’i bilan ingichka poyacha orqaligina bog’lanadi. 

Bu poyacha torgina naycha sifatida kindik yo’li tarkibiga kiradi. Sariqlik qopining o’zi esa xorion me-

zenximasi va o’sib borayotgan amnion sharda orasiga- aralashib ketadi. 

Suvli parda (Amnion). Amnion homilani dastlabki davrda qoplab turuvchi ikki qavatli yupqa parda 

bo’lib, uning bo’shlig’i homila suvi bilan to’lgan bo’ladi. Homila suvi esa epitelial hu-jayralarning 

mahsuloti  bo’lib,  kuchsiz  ishqoriy  muhitga  ega.  Suvli  parda  juda  tez  o’suvchanligi  bilan  diqqatga 

sazovordir. Homila taraqqiyoti ikkinchi oyining  oxirida shu qadar kattala-shadiki, uning bo’shlig’i 

butun homila pufagining ichini to’ldira-di. Pardaning yuzi esa so’rg’ichli pardaning chekka yuzasi 

(xorion-ning  biriktiruvchi  to’qimali  stromasi)  bilan  bitishib  ketadi.  Homila  suvining  miqdori  ham 

ortib boradi, homiladorlikning oxiriga kelganda 1,5-2 litrni tashkil etadi. Homila suvi-ning tarkibida 

oz miqdorda tuz va oqsil moddalar, homilador-lik oxirida hatto homila terisi va sochining qoldiqlari 

ham uchraydi. Amnion devori ektodermadan va mezodermaning parie-tal varag’idan iborat bo’lib, u 

homilaning  erkin  rivojlanishi  uchun  zarur  bo’lgan  suvli  sharoit  yaratish  hamda  homila  atrofida-gi 

suvda  organik  va  anorganik  moddalar  tarkibi  hamda  kontcen-tratciyasini  homiladorlik  oxirigacha 

tartibga solib turishda katta ahamiyatga ega bo’lgan provizor a’zo hisoblanadi. Homila atrofidagi suv 

homilani  erkin  holda  tutib,  mexanik  ta’sirlar-dan  satclaydi,  yo’ldosh  va  kindik  yo’lining  homila 

tomonidan  ezilishiga  yo’l  qo’ymaydi  hamda  tug’ish  jarayonida  homila  parda-si  yorilgunga  qadar 

tug’ish yo’llarini kengaytiruvchi mexanik aha-miyatga ega bo’ladi. 

Yo’ldosh.  Implantatciya  qilingan  homila 

taraqqiyotining 

boshlang’ich 

davrlarida 



 

411 


bachadonning  tushib  ketuvchi  qavati  hamma  erda  bir  xil  tu-zilishga  ega  bo’ladi.  Tushib  ketuvchi 

qavatning  tarkibida  joylashgan  homila  pufagining  kattalashishi  tufayli  uni  qoplab  turgan  tushib 

ketuvchi qavatning uch qismi ko’tariladi va bachadon bo’shlig’iga asta bo’rtib chiqa boshlaydi. Bu 

jarayon  natijasida  homila  pufagining  usti  va  yon  tomonlarida  joylashgan  bachadonning  tushib 

ketuvchi  qavati  -  -  decidua  capsularis  nomini,  homkla  pufagining  ostida  yotgan  va  yo’l-doshning 

vujudga kelishida katta ahamiyatga ega bo’lgan tushib ketuvchi qavat (decidua basal is) ning qolgan 

qismi  bachadon  devorini  qoplab  tu-ruvchi  parda-  decidua  parietal  is  nomini  oladi.  Eng  ko’p 

o’zgarishlar  decidua  basalis  da  yuz  beradi.  Homilaning  o’sishi  tufayli  u  cho’zilib,  bachadon 

devorining qarama-qarshi tomonidagi decidus parietal is ga etib boradi va keyinchalik ular tutashib 

ketadi. 


Homilaning  embriotrof  oziqlanishi  haqida  ran  yuritilganda  trofoblastning  o’sishi,  birlamchi 

so’rg’ichlarning tushib ketuvchi qavat ichiga botib kirishi va shu tariqa homila pufagi atrofi-dagi qon 

tomirlar  devorining  emirilib  ketishi  haqida  aytib  o’tilgan  edi.  Qon  tomir  devorlarining  emirilishi 

homila pufa-gi atrofida qon quyilishiga sabab bo’ladi. Bu qon deiilual hu-jayralar parchalanishidan 

hosil bo’lgan modda va bachadon bez-lari ishlab chiqargan suyuqliq, ya’ni embriotrof bilan atalasha-

di. Bu - embriotrof oziqlanishdan gematrof oziqlanishga, ya’ni qon orqali oziqlanishga o’tish davridir, 

 

 

259- rasm. 10 mm uzunlikdagi odam embriomi (pusht pardalari bilan). Xorioniing bir qismi (pusht 



pufakchasining devorn olib tashlangan). 

1 - kindik tasmachasi (kanatik); 2 - sariqlik qopi; 3 - xorion; 4 - amnion; 5 - qon- 

tomirlar. 

Gematotrof oziqlanishda ona qoni bilan oqib kel-gan oziq moddalar trofoblast hujayralari tomonidan 

o’zlashti-riladi.  Bachadonning  tushib  ketuvchi  qavatining  emirilishi  to’xtay-di  va  aynan  (decidua 

basalis) da homilani oziqlantiruvchi organ, ya’ni yo’ldosh vujudga keladi. 

Xorion birlamchi so’rg’ichlarining ikkilamchi so’rg’ichlarga aylanishi; va shilliq qavat ichiga o’sib 

kirishi avval so’rg’ichli pardaning butun! yuzasi bo’ylab davom etadi. Keyinchalik zsa, so’rg’ichli 

pardaning  decidua  basalis  ga  tegib  turgan  yuzasida  bu  jarayon  to’xtaydi.  Ikkilamchi!  so’rg’ichlar 

yo’qolib, so’rg’ichli pardaning bu qismi endi silliq xo-rion - chorion lakeve ga aylanadi. So’rg’ichli 




 

412 


pardaning  decidua  basalis  ga  tegib  turgan  qismida  esa  ikkilamchi  so’rg’ichlar,  aksincha,  shidg  dat 

bilan riEojlanib, xorionning bu bo’limi so’rg’ichli xorioi- 

-  chorion  frondosum  ni  vujudga  keltiradi.  So’rg’ichli  xorionning  so’rg’ichlari  kattalashib,  shilliq 

qavatning eng chuqur zich qaishmlariga 

so’rg’ichli par-daning butachalari nomini oladi. Butachalar o’z yo’lidagi devorlarini emirib borishi 

natijasida  qon  bilan  to’lgan  so’rg’ichlararo  bo’shliqlar  vujudga  keladi.  SHu  tariqa  so’rg’ichli 

pardaning  yuzasi,  butacha  va  so’r-g’ichlarning  hamma  qismi,  aniqrog’i,  butun  chorion  frondosum 

ning •so’rg’ichlararo bo’shlig’i ona qoni bilan to’lib turadi. Butachalarning bir qismi decidua basalis 

ning chuqur katlamlari bilan zich birikkan holatda qoladi, ularni tutib turuvchi so’rg’ichlar deyiladi. 

Bachadon shilliq qavatining zich qatlami so’rg’ichlararo bo’shliqlarga chuqur botib turgan to’siqlar, 

ya’ni  yo’ldosh  to’siqlarini  hosil  qiladi.  To’siqlar  yo’ldoshda  faqat  chetki  qirralarida  so’rg’ichli 

pardaning  tash-qi  yuzasi  bilan  birikib,  gorgina  halqasimon  yopuvchi  plastinkani  ho-sil  qilishda 

ishtirok  etadi;  qolgan  qismlarida  esa  to’siqlar  so’rg’ichli  pardaning  yuzasiga  etib  bormaydi. 

So’rg’ichlararo  bo’shliqning  ikki  to’-siq  orasidagi  qismi  o’z  ichidagi  so’rg’ichli  butachalar  bilan 

birgalikda  yo’ldosh  orolchasi  (coluledon)  deyiladi.  SHu  vaqtga  kelib  bacha-.dsn  tushib  ketuvchi 

qavatining  emirilishi  to’xtaydi.  Embriotrof  suyuq-lik  endi  hosil  bo’lmaydi  va  embrion  to’liq 

oziqlanishga o’tadi. 

Decidua  basalis  zich  qavatining  emirilmay  qolgan  yupqa  pla-stinkasidan  Vinklerning  bazal 

plastinkalari deb nomlanadigan  yo’ldosh to’siqlari o’sib chiqadi. Bu plastinkalar, shu vaqtga  kelib 

bachadonning  o’ta  yupqalanib  ketgan  bezlaridan  iborat  bo’lgan  g’ovak  qavatini  qoplaydi. 

Rivojlanishining  2,5-  3-oylarida  shoxlangan  yoki  so’rg’ichli  xorion  va  tushib  ketuvchi  -qavatning 

bazal  plastinkasi birgalikda duksimon  yo’ldosh holi-ga  keladi. R1o’ldoshning shakllanish jarayoni 

allantoisning  ri-:vojlanishi  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Allantois  odamda  yuqori  ri-vojlanish  darajasiga 

etmasa-da,  homilaning  oziqlanishi  va  na-•fas  olishi  uchun  katta  ahamiyatga  ega.  CHunki  allantois 

bo’ylab xorionga qon tomirlar o’sib kiradi va ularning oxirgi shoxchala-ri ikkilamchi so’rg’ichlarning 

stromasida joylashadi. Kindik yo’-lida allantoislarning qoldiqlari faqat hujayra tasmachalari yaiaklida 

saqlanib qolishi mumkin. 

Odam yo’ldoshi diskoidal (gemoxorial) so’rg’ichli yo’ldoshlar tipiga kiradi va u homila hamda ona 

qismlaridan ibo-,rat bo’ladi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish