Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Upkalarning qon bilan ta’minlanishi. Upkalar ikkala qon aylanishi doirasidan qon bilan ta’minlanadi. 

Bir tomondan o’pkalar bronxial arteriyalar orqali katta qon aylanish doira-sidan qon olsa, ikkinchi 

tomondan, ularga havo almashinishi uchun o’pka arteriyalaridan, ya’ni kichik qon aylanish doirasidan 

venoz qon keladi. Upka arteriyasining tarmoqlari bronxial daraxt bo’ylab, al’veolalar asosigacha etib 

boradi. 

Al’veolyar kapillyarlar venulalarga to’planadi, ular esa yig’ilib o’pka venalarini hosil qiladi. Bronxial 

arteriyalar  bevosita  aortadan  tarmoqlanadi  va  o’pka  to’qimasini  arterial  qon  bilan  ta’minlaydi. 

Bronxlarning shilliq osti va shilliq pardalarida ular chigallar hosil qiladi. 

SHilliq  pardada  kichik  va  katta  qon  aylanish  doiralari  to-mirlari  o’zaro  anastomoz  hosil  qilib 

qo’shiladi. 

Upka tomirlarga eng boy organ. Ular organizmning boshqa qismlariga nisbatan o’rtacha 200 marta 

ko’p qon oladi. 70 kg og’irliqdagi odam tanasi bir sutkada o’rta hisobda 60 l O

2

 sarf qiladi va 480 l 



SO

2

 ajratadi. 



Upkalarda kislorodning gemoglobin bilan bog’lanishi kislo-rod partcial bosimi tufayli sodir bo’ladi. 

Limfatik  sistema  kapillyar  tomirlarning  yuza  hamda  chuqur  tarmoqlaridan  iborat.  YUza  tomirlar 

vistceral plevrada, bo’-laklararo to’siqlarda, qon 

tomirlar  va  bronxlar  atrofida  joylashgan. 




 

266 


Bronxning shilliq va shilliq osti pardalarida limfa tomirlari 2 ta chigal hosil qiladi. Limfatik sistemasi 

o’pka darvozasida yig’iladi va bronxial limfa tugunlariga to’p-lanadi. 

Upkaning nerv bilan ta’minlanishi simpatik va parasimpa-tik nerv sistema orqali amalga oshiraladi. 

Simpatik  nervlar  bronxlarni  kengaytiruvchi  va  qon  tomirlarni  toraytiruvchi  im-pul’slarni, 

parasimpatiklar esa, aksincha, bronxlarni torayti- 

ruvchi va qon tomirlarni kengaytiruvchi impul’slarni o’tkazadi. Vistceral plevrada nerv oxirlariga boy 

ayrim sohalar aniqlan-gan. 

Upkaning yoshga tcarab o’zgarishi. YAngi tug’ilgan bolalarda o’pka al’veolalari juda kichik bo’ladi. 

Go’dak hayotining birinchi oylarida al’veolyar yo’llar va al’veolalarning o’lchami katta-lashadi, lekin 

elastik tolalar hali ham oz miqdorda bo’ladi. 

Go’dak o’pkasi 3-5 yoshgacha o’z tuzilishining nozikligi va lim-fa tomirlariga boyligi bilan ajralib 

turadi.  CHsh  o’tishi  bi-lan  o’pkada  limfa  sistemasining  qayta  rivojlanishi  sodir  bo’-ladi. 

Al’veolalarning shakllanishi ularning elastik sinchinchng rivojlanishi bilan tugaydi. 

YOsh  ulg’ayganda  o’pka  sklerozining  rivojlanishi  kuzatiladi  va  pnevmoskleroz  vujudga  keladi. 

Ba’zan biriktiruvchi to’qi-mada gialin tugunchalar hosil bo’ladi. Al’veolalararo to’siq-larning elastik 

tolalari  ingichkalashadi,  ba’zi  joylarda  esa  uziladi.  Buning  natijasida  o’pka  to’qimasi  o’zining 

elastikli-gini (cho’ziluvchanligini) yo’qotadi. Bu esa, al’veolalarning pu-faksimon kengayib ketishiga 

(emfizema) sababchi bo’ladi. 

Nafas olish a’zolarining regeneratciyasi. Upkaning fiziolo-tik regeneratciyasi kam o’rganilgan. Nafas 

yo’llari  epiteliysi-ling  ko’chib,  shilliq  bilan  birga  tashqariga  chiqarilib  turishi  aniqlangan.  Kiprikli 

epiteliy kuyish, mexanik jarohatlanish kabilardan so’ng yaxshi tiklanadi. Upkaning bir qismini olib 

tashlanganda unda al’veolalarning kompensator gipertrofiyasi sodir bo’ladi. Lekin o’pka to’qimasida 

regeneratciya sust boradi, chunki jarohatlangan joyda biriktiruvchi to’qima zo’r berib rivojlanadi, bu 

esa o’pka tuzilmalarining xaqiqiy tiklanishi-ni to’xtatib qo’yadi. 



PLEVRA 

Plevra  ko’krak  bo’shlig’ini  qoplab  turuvchi  parda  bo’lib,  u  ikki:  parietal  va  vistceral  varaqlardan 

iborat. 

Parietal plevra ko’krak bo’shlig’ini va ko’ks oralig’ini ichki tomondan qoplaydi. Vistceral plevra esa 

o’pkani tashqi tomon-dan o’rab turadi. 

Plevra  pardasining  asosi  qo’shuvchi  to’qimadan  tuzilgan  bo’-lib,  unda  qorin  tutqichi  kabi  6  qavat 

farqlanadi: 1) mezoteliy, 2) bazal membrana, 3) yuza joylashgan kollagen tolali qavat, 4) yuza elastik 

tolali to’r qavat, 5) chuqur joylashgan bo’ylama elastik to’r qavat. 6) chuqur panjarasimon kollagen - 

elastik tolalar qavati. 

Vistceral  plevrada  elastik  tolalar  yaxshi  rivojlangan  bo’lib,  ular  to’r  hosil  qilib  joylashadi.  Upka 

to’qimasidagi elastik tolalar bilan vistceral parda elastik tolalari yagona sinch ho-sil qilib, o’pkaning 

funktcional  faoliyatida  muhim  rol’  o’ynay-di.  SHuning  uchun  ham  vistceral  pardani  o’pka 

to’qimasidan aj- 

ratib olish ancha qiyin. Vistceral pardada yaxshi rivojlangan elastik tolalardan tashqari onda-sonda 

silliq mushak hujayra-lari ham uchrab turadi. 

Plevra bo’shlig’ining tashqi devorini qoplab turuvchi parie-tal varaqda"elastik tolalar oz  miqdorda 

uchraydi, biriktiruv-chi to’qimali qavati esa sustroq rivojlangan. 

Plevraning  ustki  tomoni  bir  qavatli  mezoteliy  bilan  qop-langan  bo’lib,  u  o’pkaning  holatiga  qarab 

yassi yoki bo’ychan bo’li-shi mumkin. 

Plevrada qon va limfa tomirlari va ayniqsa, nerv oxir-lari yaxshi rivojlangandir. Ular plevraga o’pka 

ildizidan, qon tomirlar bilan birga hamda o’pka to’qimasidagi bo’laklararo biriktiruvchi to’qimadan 

o’tib keladi. 

Parietal plevrada qon tomirlari, parietal qorin tutqichiga o’xshab uchta ustma-ust chigal hosil qilib 

joylashadi.  Vistceral  plevrada  nerv  tolalari  ikkita  chigal  hosil  qiladi.  Biri  mayda  sirtmoqli  bo’lib, 

mezoteliy  ostida  joylashsa,  ikkinchisi  yirik 

sirtmoqli bo’lib, plevraning chuqurroq qavatida 




 

267 


joylashadi.  Pa-rietal  plevrada  erkin  va  kapsulali,  ya’ni  sezuvchi  va  mexanore-tceptorlarga  tegishli 

nerv oxirlari mavjud. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish