49
28- rasm. A- mitoz bo`linish. Metafaza. Xromosomalar ekvatorda joylashgan. Ingichka
ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma. X 12.000.1-xromosomalar, 2-mitoxondriya .
28-rasm. B - mitoz bo`linish. Telofaza. Sitoplazmaning bo`linishi, qiz hujayra
yadrolarining shakllanishi. Ingichka ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma X 12.000.
1-qiz hujayralar yadrolari; 2-sitotomiya; 3-mitoxondriyalar.
Telofaza
- mitozning oxirgi davri. Uning boshlanishi xromosomalarning hujayraning
qarama-qarshi qutblariga yetishiga to`g`ri keladi. Telofaza go`yo profazaning teskarisi bo`lib,
hamma jarayonlar teskari tartibda ketadi. Duk yo`qoladi, buralgan xromosomalar yoyilib,
uzunlashadi. Qiz yadrolar qaytadan tiklanadi, yadrocha va yadro qobig`i hosil bo`ladi (27-rasm,
b, v
va 28-rasm,
b).
Mitotik apparat parchalanadi va hujayra tanasining bo`linishi ro`y
beradi
(sitotomiya yoki sitokinez). Qiz hujayralari yadrosi interfazadagi hujayralarga xos tuzilishga ega
bo`ladi. Sitotomiya mexanizmi hali yetarli o`rganilmagan.
Xromosomalar (yunon. chroma - rang, soma - tana) - yadro xromatinidan tashkil topgan
bo`lib, hujayralarning irsiy belgilarini saqlovchi substratdir. Har bir xromosoma uzunasi bo`ylab
ikkita morfologik bir xil tuzilgan xromatidalardan tashkil topgan. Har bir xromatida bir gigant
dezoksiribonukleoproteid ipchadan hosil bo`lgan.
Shunday qilib, xromosoma, xromatidaning asosiy struktur birligi DNK. molekulasidir.
Xromosomalarda uzunligi bo`yicha bo`yaluvchi qismlar - xromomerlar (yoki disklar) va
bo`yalmaydigan qismlar - xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gomologik xromosomalar - ma’lum bir muntazam tuzilishga ega.
Xromosomalarning tuzilishi ma’lum turlar uchun doimiy. Xromosomalarning shakli birlamchi
tortmaning joylashishiga, ya’ni xromosoma ikki yelkasining birlashish o`rniga bog`liq.
Xromosomalarning bu yeri och bo`lib, unda ma’lum struktura- sentromera (kinetoxor yoki
kinomera) joylashadi.
Mitozning anafaza davri xromosomalarning morfologik tuzilishini o`rganish uchun
qulay. Metafaza va anafazadagi ko`rinishga qarab xromosomalar 3 tipga bo`linadi: 1)
akrotsentrik
- qisqa, ba’zan yaxshi ko`rinmaydigan ikki yelkali tayoqchasimon xromosomalar: 2)
50
submetatsentrik
- turli uzunlikdagi yelkali L- ko`rinishini eslatuvchi xromosomalar; 3)
metatsentrik V
-simon, yelkalari teng yoki deyarli teng xromosomalar.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng doirada farq qiladi.
Odatda
odam xromosomalarining uzunligi 4-6 mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har
xil bo`ladi. Odam somatik hujayralarida soni juft, ya’ni diploid 46 xromosoma bor. Jinsiy
hujayralar yakka, ya’ni gaploid xromosomalar to`plamini saqlaydi (odamda 23 ta). Ikki gameta-
ning (erkak va ayol) birlashishi natijasida gomologik xromosomalar qo`shiladi va diploid
to`plam xromosomalarini hosil qiladi, ular keyingi hamma somatik hujayralarga beriladi.
Hujayraning xromosoma to`plami faqat oddiy xromosomalarni
(autosomalarni)
ushlabgina qolmay, undan morfologik jihatdan va o`z xususiyati bilan farq etadigan kamida yana
bitta xromosoma ushlaydi. Bunday xromosomalar
qo`shimcha xromosoma
yoki
jinsiy
xromosomalar
deyiladi. Jinsiy xromosomalar tuzilishi bo`yicha 2 turli bo`ladi. Erkaklar somatik
hujayralarida X-va Y xromosoma, ayol organizmida esa ikkita bir xil jinsiy xromosomalar
uchraydi (XX). Spermatozoid va tuxum hujayra yadrolari birlashganda urug`langan tuxum
hujayra bitta X-xromosomani spermatozoiddan, ikkinchi X-xromosomani esa tuxum hujayradan
oladi. 1949yilda Barr va Bertram urg`ochi mushukning nerv hujayralari yadrosida erkak mushuk
yadrosida uchramaydigan kichik xromatin tanachalar borligini ko`rsatishdi. Keyiichalik bunday
tanachalar ayol neytrofil hujayrasida «baraban tayoqcha» shaklida bo`lishi aniqlandi. Hozirgi
davrda jinsiy xromatin ayol (X-xromatin, Barr tanachasi) organizmining deyarli hamma hujay-
ralarida topilgan. Ma’lum bo`lishicha, ikki X-xromosoma ushlovchi
ayol somatik hujayralarida
ikki X-xromosomaning biri xromatin tanachalar shaklida joylashar ekan (shuning uchun bir X-
xromosoma tutuvchi erkak somatik hujayralarida bu tanacha topilmaydi). X-xromosomalar soni
o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan genetik kasalliklarda bu tanachalar soni ortadi.
Mitotik aktivlikning boshqarilishi.
Hujayraning mitoz davriga o`tishi modda
almashinuvidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. Mitozning boshlanishida asosiy rolni DNK sintezi
o`ynaydi, lekin bu jarayon mitozni aniqlamaydi. Chunki DNK sintezi mitozsiz ham tugashi
mumkin. Organizmda hujayra bo`linishi ko`pgina faktorlar bilan boshqarilib turiladi. Mitotik
aktivlikni regulyatsiya qilishda gormonning roli katta.
Hujayraning regulyatsiya qiluvchi turli faktorlarga javobi uning funktsional holati,
differentsirovka darajasiga va yoshiga bog`liq. Sutka davomida hujayra bo`linishining tezligi bir
xil bo`lmaydi. Qizig`i shundaki, kunduzgi va tungi hayvonlarda
mitozning sutka davomida
o`zgarishi turlichadir.
Meyoz.
Meyoz mitozning alohida turi. Meyozda ketma-ket 2 marta bo`linish natijasida
xromosomalarning soni 2 baravar kamayadi. Birinchi mitotik bo`linishida gomologik
xromosomalar yaqinlashadi (konyugatsiya) va qutblarga har bir gomologik juftdan butun
xromosomalar o`tadi.
Ikkinchi bo`linishda xuddi mitozdagi singari qutbga har bir xromosomadan xromatidalar
ketadi. Meyoz yo`li bilan jinsiy hujayralar hosil bo`ladi.
Gaploid to`plam xromosomalarga ega bo`lgan spermatozoid va tuxum hujayralari
qo`shilishi natijasida dyploid to`plam tiklanadi («Spermatogenez va ovogenez» ga q.).
Poliploidiya hujayra yadrosida DNK ning ikki va undan ko`p marta ortishidir. Bu holat
mitoz bo`linish etaplarining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Agar hujayralarning bo`linishi
mitotik siklning postsintetik fazasida to`xtasa DNK miqdorini ikki marta ko`p saqlovchi
hujayralar hosil bo`ladi. Ba’zi holatlarda hujayra yadrolaridagi DNK ning sintezi yana davom
etishi mumkin. Bu esa bir yadroli 4 p, 8 p, 16 p DNK ni saqlovchi hujayralar hosil bo`lishiga olib
keladi. Agar hujayra yadrosi bo`linsayu, lekin hujayra sitoplazmasining bo`linishi - sitotomiya
bo`lmasa, unda 2 yadroli hujayralar hosil bo`ladi. DNK. miqdorini bir necha marta ko`p
saqlovchi
hujayralar
poliploid hujayralar
deb yuritiladi. Poliploid hujayralarni jigarda, siydik
pufagida uchratish mumkin. Poliploid hujayralar aktiv funktsiya qilayotgan, differentsiallangan
hujayralardir.
Endomitoz yadro ichi mitoz bo`linishining bir turi hisoblanadi. Endomitozda
xromosomalarning o`zgarishi yadro qobig`i
buzilmay davom etib, xromosomalarning
51
spirallanishidan boshlanadi. Bu davrda xromosomalar yaxshi ko`rinadi. Endoanafazada
xromosomalar xromatidaga ajraladi. Endotelofazada ajralgan xromosomalar despiralizatsiyaga
uchraydi. Lekin, Brodskiy V. Ya, I. V. Urivayeva (1984) fikriga qaraganda zamonaviy usullar
bilan tadqiq qilinganda ham bu bo`linish turi aniqlanmagan.
Amitoz. Ba’zi manbalarda amitoz yoki to`g`ri bo`linish keltirilgan. Bu bo`linish
patologik holatlarda ta’riflangan. Mualliflarning fikricha, bu bo`linish mitotik apparatni hosil
bo`lishisiz va xromosomalarning spirallanishisiz kechadi. Hozirgi davrda bu bo`linish ko`pchilik
tadqiqotchilar tomonidan rad etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: