Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

itotoksik ta’sir ko`rsatuvchi 
hujayralar 
deb ham atash mumkin (cytos – hujayra, toxin – zahar, ya’ni hujayrani zaharlovchi 
degan ma’noni anglatadi). 
Organizmga antigen birinchi marta tushganda (birlamchi javob reaksiyasi) shu antigen 
uchun javobgar limfotsitlar kloniga tegishli hujayralar aktivlashib, blast hujayralarga aylanadi. u 
blastlar mitoz yo`li bilan ko`payadi va differensiallashadi. Natijada, antigenni «tanib olish» 
qobiliyatiga ega bo`lgan limfotsitlar miqdori keskin oshadi. Bu limfotsitlar shakllanishi 
davomida ikki xil hujayralar hosil bo`ladi. Ularning bir turi effektor yoki ishchi limfotsitlar 
bo`lsa, ikkinchisi esa antigen to`g`risidagi ma’lumotni «eslab qoluvchi» limfotsitlardir. Anti-
genga qarshi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlar hamda sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi 
aktivlashgan hujayralar effektor hujayralar bo`lib, xizmat qiladi. Antigen organizmga qayta 
tushganda (ikkilamchi javob reaksiyasi) «eslab qoluvchi» limfotsitlar oldindan «tanish» bo`lgan 
antigenga nisbatan darhol javob reaksiyasi sodir bo`lishini ta’minlaydi. 
 
Immunitet jarayonida ishtirok etuvchi (immunokompetent) hujayralar.
Bunday hujayralarni asosan ikki turga ajratish mumkin: 
1. Limfotsitlar. Ular o`z navbatida ikki xil hujayralarga – T-(timusga tobe) va B- (suyak 
ko`migiga tobe) limfotsitlarga tafovut qilinadi. Bundan tashqari, immunitetda na T-, na B-
limfotsitlarga mansub «tabiiy killerlar» ham ishtirok etadi. 
2. Yordamchi hujayralar. Bularga makrofaglar, interdigitlovchi va dendritli hujayralar 
kiradi. Bu hujayralar immun sistema a’zolarida T- va B-limfotsitlar uchun maxsus mikromuhit 
yaratish bilan birga, limfotsitlarning antigenlarni zararsizlantirish jarayonida ham faol ishtirok 
etadi. Immunitetning yordamchi hujayralari qatoriga retikulyar hujayralarni, eozinofil va bazofil 
leykotsitlarni, to`qima bazofillarini va hokazolarni ham kiritish mumkin. 
T- va B-limfotsitlarning ko`payishi va differensiallashishi antigenga bog`liq yoki bog`liq 
bo`lmagan holda kechishi mumkin. 
Antigenga bog`liq bo`lmagan ko`payish va shakllanish jarayoni immun sistemaning 
markaziy organlarida (timusda va qizil suyak ko`migida) amalga oshadi. Bu a’zolarda T- va B-
limfotsitlar mikromuhit hujayralari ta’sirida yetiladi. Antigenga bog`liq jarayonlar esa periferik 
immun-himoya a’zolarida sodir bo`ladi. Organizmga antigen turli yo`llar bilan tushishi mumkin. 
Antigen uchun eng asosiy «darvozalar» ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqaruv yo`llari 
va boshqa a’zolarning shilliq pardalari hisoblanadi. 
T- limfotsitlar hujayraviy immunitetning asosiy tuzilmalaridir. Bundan tashqari, ular 
gumoral immunitetda ham faol ishtirok etadi va umumiy immun-himoya reaksiyalarini 
boshqarishda muhim o`rin tutadi. Hozirgi paytda T-limfotsitlarni bajaradigan vazifasiga qarab 
quyidagi asosiy turlari (subpopulyatsiyalari) farq qilinadi: 
a) T- killerlar, ya’ni qotil limfotsitlar. Ular yot hujayralarga ta’sir etib, ularni o`ldirish va 
yemirishda ishtirok etadi. 
b) T-xelperlar (helper – yordamchi) – gumoral va hujayraviy immunitetda yordamchi 
vazifani o`taydi. Ular antigenni tanib olib, B- limfotsitlarni shu antigenga qarshi antitelolar 
ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarga aylantirishga yordam beradi. 
v) T-supressorlar (supressor – pasaytiruvchi) B-limfotsitlarning plazmotsitlarga aylanish 
jarayonini susaytiradi va shu tufayli antitelo hosil bo`lishini boshqarishda ishtirok etadi. 
g) T-amplifayerlar (amplifier – kuchaytiruvchi) o`z navbatida T-killerlar va T-
xelperlarning faoliyatini kuchaytiradi. 
d) T-differensiallovchilar (differentiator – belgilovchi) qonning o`zak hujayralariga ta’sir 
ko`rsatib, ularning ma’lum bir yo`nalishda ko`payishini hamda shakllanishini boshqaradi. 
Bundan tashqari, T- limfotsitlar orasida «eslab qoluvchi», ya’ni antigen to`g`risidagi 
ma’lumotni eslab qoluvchi hujayralar ham borligi aniqlangan. T-limfotsitlar barcha 
limfotsitlarning taxminan 60-65 foizini tashkil etib, ularning yashash muddati bir necha oylab va 
yillab bo`lishi mumkin. Ularni tuzilishi jihatidan B- limfotsitlardan ajratish qiyin. T- 
limfotsitlarda lizosomalar ko`proq bo`lishi va donador endoplazmatik to`r kanalchalarining 


251 
kamroqligi qayd etilgan. Yana T- limfotsitlar sitoplazmasida ba’zi bir fermentlarning (masalan, 
alfa-naftilatsetatesterazaning) aktivligi yuqori ekanligi ma’lum. T- limfotsitlarning B-
limfotsitlardan farq qiluvchi belgisi bo`lib, bularning qobig`ida joylashgan retseptorlari 
hisoblanadi. T-limfotsitlar yuzasida maxsus Thy-retseptorlar joylashib, ular bu limfotsitlarning 
barcha turlari uchun xosdir. Ularda antigenlarni «tanib olish» imkoniyatiga ega bo`lgan 1a-
retseptorlarning borligi ham tan olinadi. 
B- limfotsitlar gumoral immunitet jarayonida qatnashuvchi asosiy hujayralardir. Ularning 
asosiy vazifasi antitelolar ishlab chiqaruvchi plazmotsitlarni hosil qilish va shu tufayli 
organizmda gumoral immunitetni ta’minlashdir. B- limfotsitlarda T- limfotsitlarga nisbatan 
donador endoplazmatik to`rning yaxshiroq rivojlanganligi kuzatiladi. B- limfotsitlarning T-
limfotsitlardan asosiy farqi ularning qobig`ida joylashgan retseptorlaridir. B-limfotsitlar yuzasida 
immunoglobulinlarga xos tuzilishga ega bo`lgan retseptorlar bo`lib, ular yuza 
immuno-
globulinlar 
deb ataladi (yuIG). B-limfotsitlar barcha limfotsitlarning 20–25 foizni tashkil qilsa, 
ulardan 14–17foizni IgM, 6–8 foizni IgG hamda 1–4 foizni IgA, IgE va IgD immunoglobulinlar 
sinfidan iborat retseptorlar saqlovchi hujayralar hosil qiladi. Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, T-
limfotsitlar yuzasida ham immunoglobulin retseptorlar topilgan. Biroq bu retseptorlar miqdori 
jihatidan B-limfotsitlarga nisbatan deyarli 100–1000 marta kam bo`ladi. Immunoglobulin tabiatli 
retseptorlardan tashqari B- limfotsitlarda ular uchun maxsus bo`lgan HBLA, 1a, Fc-retseptorlar 
va komplementning C
3
qismiga nisbatan retseptorlar ham bo`ladi. Hozirgi paytda B - 
limfotsitlarning bir necha turlari farq qilinadi. Ulardan B-xelperlarni, B- supressorlarni va «eslab
qoluvchi» B-limfotsitlarni ko`rsatib o`tish mumkin. B- limfotsitlarning yashash muddati ancha 
qisqa bo`lib, bir necha haftadan oylargacha bo`ladi. Ko`rsatib o`tilgan T-, B- limfotsitlar va 
ularning subpopulyatsiyalaridan tashqari immunitet jarayoni o`zida na T-, na B- hujayralarga xos 
belgilarni tutmaydigan «nul» hujayralarning ahamiyati katta. Bu hujayralar barcha 
limfotsitlarning 5–15 foizni tashkil etadi. Ular asosan sitotoksik ta’sir ko`rsatish qobiliyatiga ega 
bo`lib, killerlar turkumiga kiradi. Bu hujayralar orasida L (lysis – eritish), K (killer – qotil) va 
TK (patiga1 killer – tabiiy killer) limfotsitlar ajratiladi. Sitotoksik ta’sir ko`rsatuvchi limfotsitlar 
(T- killerlar, L, K va TK-limfotsitlar) yot hujayralarni o`ldirish va yemirishda asosiy o`rin 
tutadigan maxsus moddalarni yoki l i m f o k i n l a r n i ishlab chiqaradi. Limfokinlar yot 
hujayralarning plazmolemmasiga yemiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Natijada, yot hujayralar halok 
bo`ladi. Ammo limfokinlarning ta’siri faqat shu bilangina chegaralanmaydi. Limfokinlarning 
boshqa xillari ham mavjud bo`lib, ular limfotsitlarning ko`payishi, shakllanishi va antigenlar 
to`g`risida ma’lumot olish jarayonlarini boshqarib turadi. Limfotsitlarning ko`payishi, 
shakllanishi va faoliyati immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi yordamchi hujayralar bilan 
chambarchas bog`liqdir. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish