Tayanch hujayralar (
epitheliocytus sustentans ) tcilindrsi-mon epiteliy hujayralaridan iborat
bo’lib, hidlov sohasida ko’p qatorli epitelial plastinka shaklida joylashadi va hid-lov
hujayralarini bir-biridan ajratadi. Bu hujayralarning tcitoplazmasida bir tekisda joylashgan
endoplazmatik to’rni, apikal qismida joylashgan mitoxondriyalarni, yadro ustida yot-gan Gol’ji
kompleksini kuzatish mumkin. Tayanch hujayralar-ning yadrolari sezuvchi hujayralarnikiga
nisbatan yirikroq bo’ladi. Hujayralarning qobig’i apikal qismida ko’pgina mikro-vorsinkalar
hosil qiladi. Tayanch hujayralarining tcitoplazma-sida fibrillalar va qo’ng’ir-sarg’imtir pigment
donachalari kuzatiladi. Bu pigment hidlov sohasining shilliq pardasiga sarg’ish rang berib turadi.
Tayanch hujayralar orasida bazal membranaga tegib turuvchi va o’z o’simtalari bilan sezuvchi
hu-jayralarning markaziy o’siqlarini qoplovchi hujayralar uch-raydi. Ular
bazal hujayralar
(epitheliocyti basales) deb ata-lib, tonofibrillalar saqlamaydi. Bu hujayralar sezuvchi Hidlov
hujayralari uchun yangilanish manbai deb hisoblanadi.
Retceptor yoki hidlov hujayralari
(cellulae neurosensoriae olfac toriae) haqiqiy nerv elementlari bo’lib, ularning peri-ferik uchlari
retceptor apparatiga aylangan. Retceptor hujay-ralar tayanch hujayralar orasida joylashib, oval
shaklli tana-sida yumaloq yadro joylashadi. Hidlov hujayralarining yadro
124- rasm. Burun bo’shlig’ining hid bilish sohasi (sxema).
1 - tayanch hujayralar; 2 - xid hujayralari; 3 - hidlov xujayralarining periferik o’sim. talari: 4 -
hillon ^ujayralarining idlev (Bouman) bezi; 8 - bez chiqaruv nayi (YA.A. Vpnni kov va
L K. Titovadan).
joylashgan qismlari hidlov epiteliysining ichki yadroli qator-larini hosil qiladi. Hidlov
hujayralaridan qisqa, periferik dendritlar va uzun, markaziy akson chiqadi. Hidlov hujayra-
larining soni odamda 6 mln atrofida bo’ladi. Hid sezish kuchli rivojlangan hayvonlarda, masalan,
itlarda ularning soni 200 mln dan oshiq bo’ladi. Hidlov hujayralari periferik o’simta-larining
distal qismlari ichki hidlov pardasini teshib", uning yuzasiga chiqadi. Bu erda ular yuzasida 10-
12 harakatchan o’tkir tukchalar tutgan maxsus kengaymalarni yoki hidlov «to’g’nog’ich» larini
(clava olfactoria) hosil qiladi.
211
Periferik o’simtalarning tcitoplazmasi tiniq bo’-lib, sirtdan hujayra membranasi bilan o’ralgan.
«To’g’nog’ich»
ichida
kichik
donachalar,
mikronaychalar
va
ko’pgina mitoxondriya-lar bo’ladi.
«To’g’nog’ich»ning tukchalari bazal tanachalardan bosh-lanuvchi uzunasiga joylashgan 9 ta juft
periferik va 2 ta markaziy ipchalarga ega. Tutam shaklida yotgan bu ipchalar sirt-dan hujayra
pardasi bilan o’ralgan. «To’g’nog’ich» tcitoplazmasida bir qator ximiyaviy aktiv moddalar
bo’ladi. Hidli moddalar ta’sirida hidlov hujayralarining periferik o’simtalari qis-qarishi mumkin.
Markaziy o’simta yoki a k s o n hidlov hujayralarining bazal qismidan boshlanib bazal
membranaga yo’naladi. TCito-plazmatik membrana bilan o’ralgan markaziy o’simtalarda mito-
xondriyalar yotadi. Markaziy o’simtalar tayanch hujayralar ora-sidan o’tib bazal membranani
teshgach, ular 20-40 ta tutamlar (fila olfactoria ) hosil qilib hidlov nervi tarkibida hidlov
so’g’onlariga kiradi. Hidlov epiteliysi bazal membranada joy-lashadi, uning ostida esa
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, qon, limfa tomirlari va nerv oxirlariga boy xususiy qatlam
yotadi. Bundan tashqari bu erda maxsus (Boumen) i bezlari (glandula olfactoria) joylashadi. Bu
bezlar oddiy, ba’zan tar-moqlanuvchi naysimon-al’veolyar bezlar bo’lib, ularning chiqa-ruv
yo’llari alohida yotuvchi naychalar holida hidlov epiteliy-sini teshib o’tadi.
CHiqaruv yo’llarining bir qator yotgan yassi mioepitelial hujayralari sekretor faoliyatga ega.
Bezlarning oxirgi bo’lim-lari ikki xil hujayralardan tuzilgan: sirtdan yassi mioepite-lial
hujayralar joylashib, ichkarida esa merokrin tipdagi sekret ishlovchi hujayralar yotadi. Boumen
bezlari tuzilishi bo’yicha oqsilli sekret ishlovchi bezlarga oid bo’lsa-da ularning sekretida shilliq
bo’ladi. Bu bezlarning sekreti hidlov yuzasini ho’llaydi va hidli moddalarni o’zida eritadi. Bu esa
hid bi-lishda muhim ahamiyatga ega. Bezlar
krn
tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan.
Hidlov hujayralarining nerv o’simtalari mag’izsiz nerv to-lalarining alohida tutamlari shaklida
bo’lib, miya qattiq pardasining davomi bilan o’raladi. Bu tolalarning barchasi birlikda hidlov
nervini tashkil qilib, hidlov so’g’onida tugay-di. Hidlov so’g’onlari odamda sust taraqqiy etgan.
Ular katta miya markazlari tipida tuzilgan bo’lib elementlari murakkab joylashgan. So’g’on
po’stlog’ida 5 ta qatlam farq qilinadi: 1) tashqi tolali qatlam; 2) koptokchali qatlam; 3)
molekulyar qat-lam; 4) mitral qatlami; 5) donador qatlam;
Hidlov so’g’onlarining asosiy neyroni mitral hujayralar bo’-lib, ular koptokchali qatlamda uzun
dendritlarining oxirgi tarmoqlari yordamida hidlov koptokchalarini hosil qiladi. So’-g’onning
tashqi tolali qatlamini hosil qiluvchi tolalar shu erda tugaydi. Mitral hujayralarning qisqa
dendritlari o’z tarmoq-lari bilan molekulyar qatlamni hosil qiladi. Bu erda, shuning-dek donador
qavatning uzun neyritga ega bo’lmagan hujayralar tolalarining tarmoqlari joylashadi. Mitral
hujayralarning
nerv o’simtalari hidlov traktiga kiradi va so’ngra po’stloqning hidlov bo’lagiga etib, bu erda
yotgan piramidasimon hujayralar dendritlarining tarmoqlari sohasida impul’sni keyingi ney-
ronga uzatadi.
Hidlov organi xemoretceptordir. Hidli moddalar-ning molekulalari havo bilan birga burun
bo’shlig’iga kirib, ichki hidlov pardasi yuzasiga tegadi va bezlar sekretida eriydi. Bunda hidli
moddalarning molekulalari hidlov to’g’nog’ichlari va ularning tukchalariga nisbatan qitiqlovchi
modda bo’lib xiz-mat qiladi.
212
Do'stlaringiz bilan baham: |