Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

KUZ TUZILISHI 
Tashqi fibroz qavat (tunica fibrosa bulbi). Bu qavat ko’z olmasi-ning asosiy qismini qoplovchi 
sklera va muguz pardadan iborat. 
Sklera ( sclera yoki oqsil parda) ko’zning eng qalin va zich pardasi bo’lib, ko’zning orqa qutbida 
qalin - 1 mm ga etadi. Ko’z ekvatoriga yaqinlashganda u yupqalashadi (0,4-0,3 mm), ammo 
muguz pardaga yaqinlashgach yana qalinlashib, 0,6 mm ga etadi. Sklera zich biriktiruvchi 
to’qimadan tuzilgan, undagi kollagen tolalar bir-biri bilan chirmashib, asosan 2 xil-ekvatorial va 
meridional yo’nalishda yotadi. Qollagen tolalar orasidagi aso-siy modda o’z tarkibida ko’p 
miqdorda mukoid moddalar tutishi bilan farq qiladi. Kollagen tolalar bilan yonma-yon elastik to- 
lalar ham joylashadi. Ular ayniqsa to’rsimon plastinkada va ko’z mushaklari yopishgan joylarda 
ko’p bo’ladi. Sklera tolalari orasida yassilashgan fibrotcitlar joylashadi. Bu hujayralar 
tcitoplazmasida skleraga rang beruvchi pigment donachalari ham-ma vaqt uchraydi. Qarilikda bu 
hujayralarda yog’ tomchilari paydo bo’lib, qariyalar sklerasiga sarg’ish rang beradi. Sklera-ning 
ko’rish nervi chiqadigan joyi atrofidagi chuqur qatlamlar-da ko’p miqdorda melanotcitlar 
joylashadi. Sklerada qon tomir-lar juda kam. Sklerani oziqlantiruvchi arteriyalar uning eng yuza 
qatlamlaridagina mayda arteriyalar va kapillyarlar to’rini hosil qiladi. 
Skleraning ichki qatlamida qon tomirlar mutlaqo bo’lmaydi. Skleradagi kollagen tolalarning 
tutamlari orasida nerv tola-lari va nerv oxirlari kuzatiladi. Sklera episkleral to’qima bilan zich 
bog’langan. Bu to’qima qon tomirlarga boy g’ovak birik-tiruvchi to’qimadan iborat bo’lib, ko’z 
chuqurchasini to’ldirib tu-radi va ko’z olmasining harakatchanligini ta’minlaydi. Ko’» 
sklerasining muguz pardaga o’tish joyida har xil shaklli, tar-moqlangan bo’shliqlar (yiriqlar) 
mavjud, ular o’zaro qo’shilib-skleraning venoz sinusini yoki SHlem kanalini hosil qiladi. Bu 
tuzilmalar ko’z oldingi va orqa kamerasida joylashgan suyuqliq. harakatida ahamiyatga ega 
bo’lib, oldingi kameradan suyuqliq-ning venoz sinusiga oqishini ta’minlab beradi. Ko’zning 
mugue va yoy parda chegarasida qirrali bog’lam joylashgan. Ko’zning shu burchagi uning 
suyuqlig’ining aylanishida muhim rol’ o’ynaydi. 
Sklera to’qimasi nihoyatda zich va mustahkam bo’lgani sababli uni ko’zning «skelet» pardasi 
deb ham hisoblash mumkin. 
Muguz parda (cornea). Uning qalinligi markazda 0,8-0,9 mm, chekka qismlarida esa 2,1 mm dan 
ko’proq bo’ladi. Parda tiniq. bo’lib, nur sindirish ko’rsatkichi 1,3-1,4 ga tengdir. Muguz par-
dada 5 qavat farq qilinadi: 1.) oldiigi yoki tashqi epiteliy; 2) oldingi yoki tashqi chegaralovchi 
plastinka (Boumen membra-nasi); 3) muguz pardaning xususiy moddasi; 4) orqa yoki ichki che-
garalovchi plastinka (destcemet pardasi); 5) muguz pardaning orqa epiteliysi (115-rasm). 
Muguz pardaning oldingi yuzasini qoplovchi epi-teliy (epithelium anterius ) 4-5 qavatdan iborat 
tipik ko’p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliydir. Bu epiteliyning bazal qatlami ko’payish 
xususiyatiga ega, cho’qqisi yumaloqlashgan^ baland tcilindrik shakldagi hujayralardan iborat. 
Bu hujay-ralar oval shakldagi yadrolari, odatda, epiteliy yuzasiga nisba-tan perpendikulyar 
holatda joylashadi. Bazal qavat ustidagi hujayralar ko’p burchakli, qirrali bo’lib, yumaloq 
yadrosi hujay^ ra markazida yotadi. YUza qatlamlarda hujayralar yassilana borib, kesmalarda 
uzun ingichka do’ng shaklida ko’rinadi, Ular-ning oval yadrolari epiteliy yuzasiga nisbatan 
parallel joy-lashgan. Muguzlanuvchi hujayralar epiteliyda mutlaqo bo’lmay-di. Ulayotgan 
hujayralar ko’z yoshi bilan yuvilib tushadi. Ular-ning o’rnini ichki qatlam hujayralari to’ldirib 
turadi. Epite- 


189 
(15- rasm. Ko’z muguz pardasi. 
Gematoksilin-eozin bilan bo’yal- 
gan. 06. 10, ok. 10. 
|,__muguz pardaning oldyangi epite- 
lyysi (k{p qavatli yassi muguzlan-maydigan epiteliy); 2 - oldingi che-geralovchi membrana 
(Boumen parda-si)' 3 - muguz pardaiing xususiy moddasi; 4 - orqa chegaralovchi mem-MD.estcemet pardasi!; 5 - ko’z oldingi kamerasining sendoteliysn». 
liy nerv oxirlariga juda boy bo’lib, shu tufayli turli ta’si-rotlarga sezgirdir. Bundan tashqari, u 
o’tkazuvchanlik va yuqori darajada regeneratciya qobiliyatlariga ega. 
Oldingi chegaralovchi plaschinka"-Boumen membranasi {lamina Hmitans anterior) oddiy 
'mikroskopda mutlaqo gomogen (bir xil) tuyuladi. Elektron mikroskopda esa bu bazal 
membrananing tu-zilishi fibrillyar bo’lib, uning bir-biriga chirmash-an nozik kollagen tolalardan 
iborat 'ekanini ko’rish mumkin. Elastik tolalar bo’lmay-di. Bazal membrananing tashqi yuzasi 
notekis bo’lib, epiteliyning kambial hujayralari botib turadigan chuqupchalar borlr1gini ko’rish 
mumkin. 
Muguz pardaning xususiy moddasi (substantia propria cornae) zich biriktiruvchi to’qimadan 
iborat bo’lib, uning fibrillari zich plastinkalarni hosil qiladi. 
Elektron mikroskopda qaralganda har bir plastinka paral-lel joylashgan kollagen fibrillalar 
tutamlaridan ibo-at eka-nini ko’rish mumkin. Fibrillalar va plastinkalar orasida yopish- 
tiruvchi asosiy modda joylashadi. Qo’shni plastinkalardagi tu-tamlarning yo’nalishi har xil 
bo’lsa ham, har bir plastinkalardz tutamlar bir tomonga yo’nalib, muguz pardaning optik bir jins-
ligini 
ta’minlaydi. Asosiy yoki amorf modda glikozaminogli-kanlarga, xususan 
keratinsul’fatlarga juda boy bo’lib, ular-ning ko’pligi muguz parda moddasining tiniqligini 
ta’minlay-di. Plastinkalar orasida bir-biri bilan tutashgan yiriqlar sis~ temasi bo’lib, ularda 
fibroblastlar turiga kiruvchi hujayra-lar joylashadi. Muguz parda xususiy moddasida qon tomirlar 
bo’lmasligi uning o’ziga xos xususiyatidir. Bu erda juda ko’p nerv oxirlari joylashib, ular muguz 
pardaning yuqori sezuvchan-ligini ta’minlaydi. 
Orqa chegaralovchi plastinka (lamina Iimitans posterior) qalin tiniq qatlam bo’lib, Boumen 
membranasi singari u ham oddiy: mikroskopda bir jinsli bo’lib ko’rinadi. Ammo elektron 


190 
mikroskop-da uning asosiy modda bilan o’ralgan ingichka, ma’lum tartibda yo’-nalgan kollagen 
tolalardan tuzilganligi ko’rinadi. Orqa epite-liy yoki oldingi ko’z kamerasining «endoteliysi» 
(epithelium posterius) bir qavat joylashgan poligonal hujayralardan iborat bo’lib, yadrosi turlicha 
shaklda bo’lishi (yumaloq, ovalsimon, loviyasimon) mumkin. Bu hujayralarni gliyadan taraqqiy 
etadi deb ham hisoblashadi. Epiteliy muguz pardadan taroqsimon boglamga va yoy pardaning 
oldingi yuzasiga o’tadi. 
Muguz parda ikkita asosiy funktciyani bajaradi. U ko’zning nur sindiruvchi muhitidir. 
SHuningdek, u himoya vazifasini ham o’taydi. Muguz parda qon tomirlari yo’qligi tufayli 
ko’zning ol-dingi kamerasi suyuqligi hisobiga diffuziya yo’li bilan oziq-lanadi. Ba’zi bir 
kasalliklarda muguz parda xiralashadk («ko’zga oq tushadi»). Bu holatlarda u olib tashlanib, 
o’rniga donor muguz pardasi o’tqaziladi. 
Ko’z olmasining o’rta yoki tomirli pardasi (tunica vasculosa bulbi). Bu parda sklera bilan to’r 
parda orasida joylashadi. Unda orqadan oldinga qarab quyidagi uch bo’lim: 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish