Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

FIBROBLASTLAR 
Fibroblastlar (lat. fibra - tola, yunon. blastos - kurtak) biriktiruvchi to`qimaning asosiy 
hujayra elementlaridan hisoblanali. Fibroblast yirik (20 mkm ga yaqin) noto`g`ri shakldagi 
hujayra bo`lib, qobig`i bir talay uzun o`simtalar hosil qiladi. Sitoplazma chegarasi faqat elektron 
mikroskopdagina aniq ko`rinadi. Fibroblast sitoplazmasida ikki qism: tashqi-ektoplazma va ichki 
- endoplazma tafovut qilinadi. Ektoplazma faqat gialoplazmadan iborat bo`lib, ochroq bo`yaladi. 
Endoplazma esa yadro atrofidagi hujayra organellari va kiritmalari joylashgan to`qroq bo`yalgan 


117 
qismdir. 
Fibroblast yadrosi yirik, cho`zinchoq shaklda bo`lib, o`zida asosan mayda euxromatin 
tutadi. Kam differentsiallashgan fibroblastlar yadrosida bir yoki bir nechta yadrocha uchraydi. 
Hujayra differentsiallanishi davomida yadrochalar yo`qolib boradi. Hujayra sitoplazmasining 
submikroskopik tuzilishi ham differeniiellanish darajasiga bog`liqdir. Kam differentsiallashgan 
fibroblastlarda hujayra organellalari hali unchalik taraqqiy etmagandir. Differentsiallanish 
davomida fibroblastlar sintez qobiliyatiga ega bo`lgan aktiv hujayralarga aylanadi. Sitoplazmada 
juda yaxshi rivojlangan endoplazmatik to`r, Golji kompleksi, mitoxondriyalarni, lizosomalarni 
ko`rish mumkin (71-rasm). Gistoximiyaviy analiz hujayra sitoplazmasida mukopolisaxaridlar 
kompleksi, glikogen, ribonukleoproteid va fermentlar borligini ko`rsatdi. 
71-rasm .Fibroblast hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. X 8000. 
1-yadro; 2-sitoplazmadagi kollagen tolalar. 
Fibroblastlar sitoplazmasida, asosan, soxta oyoqlarda (psevdopodiylarda) diametri 6-7 
nm m i k r o f i b r i l l a l a r yoki qisqaruvchi ipchalar joylashadi. Hujayra sitoplazmasida 
mikronaychalar ham bo`lib, ularning diametri 20-25 nm ga teng. Mikronaychalar hujayra 
yuzasiniig turg`unligini belgilaydi. Fibroblastlar oddiy sharoitda harakatsiz bo`lib, faqat mu-
ayyan sharoitlardagina harakat qila oladi. Hujayra sitoplazmasi pufakchalarga boy, ular asosan 
hujayra qobig`i invaginatsiyasi hisobiga hosil bo`ladi va pinotsitoz vazifasini bajarishi mumkin. 
Fibroblast sitoplazmasida lipid donachalar, multivezikulyar tanachalar va hatto miyelin 
tuzilmalar ham uchrab turadi. Biriktiruvchi to`qimada turli darajada yetilgan fibroblast 
hujayralari uchrashi mumkin. Ular kam differensiallashgan yosh fibroblastlar, yetuk fibroblastlar 
va fibrotsitlarni o`z ichpga oladi. 
YOSH 
fibroblastlar 
mitoz yo`li bilan ko`payish qobiliyatiga ega 
bo`lib, ularda oqsil sintezi sust darajada bo`ladi. Funktsional jihatdan eng aktiv hujayralar bo`lib, 
ye
tuk fibroblastlar 
hisoblanadi. Ular biriktiruvchi to`qimaning hujayra oraliq moddasini ishlab 
chiqaruvchi asosiy hujayralardir. Bu hujayralar sitoplazmasida fibrillyar oqsillar (kollagen, 
elastin), sulfatlangan va sulfatlanmagan glikozaminoglikanlar, proteoglikanlar sintezlanadi va 
hujayra oraliq muhitiga chiqariladi. Biriktiruvchi to`qimada tolalar va asosiy modda hosil 
bo`lishi, jarohatlarning, yaralarning bitishi va chandiq hosil bo`lishi, to`qimaga tushgan yot 
tanachalar atrofida kapsula hosil bo`lishi - bularning hammasi yetuk fibroblastlar faoliyatining 
natijasidir. 
Fibrotsitlar 
- fibroblastlarning definitiv shakli bo`lib, bu hujayralarda organellalar 
keskin kamaygan bo`ladi. Shu tufayli fibrotsitlarda yuqorida qayd etilgan moddalarning sintezi 
deyarli to`xtaydi. 


118 
Ba’zi bir sharoitlarda (masalan, homiladorlik paytida bachadonda) fibroblastlar silliq 
mushak hujayralariga o`xshash bo`lgan 
miofibroblastlarga 
aylanishi mumkin. Miofibroblastlar 
silliq mushak hujayralaridan juda yaxshi taraqqiy etgan endoplazmatik to`r tutishi bilan 
farqlanadi. Va, nihoyat, ma’lum bir sharoitlarda biriktiruvchi to`qimada 
fibroklast 
hujayrala-
rihampaydo bo`lishi mumkin. Bu hujayralar gidrolitik fermentlarga boy bo`lib, ular keragidan 
ortiq hosil bo`lgan hujayra oraliq moddaning yemirilishi va so`rilib ketishida ishtirok etadilar. 
Fibroblast hujayralari embrionda mezenxima hujayralaridan, voyaga yetgan organizmda 
esa o`zak hujayralardan hosil bo`ladi. Dastavval fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari dif-
ferentsiallashib, ulardan yosh fibroblastlar, so`ngra esa yetuk fibroblastlar hosil bo`ladi. Yetuk 
fibroblastlar ko`payish va sintez qilish qobiliyatini yo`qotgandan so`ng fibrotsitlarga (definitiv 
shaklga) aylanadilar. Fibroblastlarning boshlang`ich hujayralari ikki xil bo`lishi mumkin deb 
hisoblanadi. Ularning birinchi xilidan qisqa muddat (bir necha hafta) yashovchi va himoya - 
trofik to`qimalarda uchrovchi fibroblastlar, ikkinchisidan esa uzoq (bir necha oylar) yashovchi 
va tayanch to`qimalarda joylashuvchi fibroblastlar takomillanadi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish