Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Bazofil leykotsitlar yoki bazofillar (granulocyti basophilici)



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Bazofil leykotsitlar yoki bazofillar (granulocyti basophilici).
Ular neytrofil va 
eozinofillarga nisbatan maydaroq bo`lib, o`rtacha diametrlari qonda 7-8 mkm, qon surtmalarida 
esa 10-12 mkm ga teng. Bazofillar, leykotsitlar ichida eng kam sonli hujayralar bo`lib, fiziologik 
sharoitlarda ular leykotsitlar umumiy miqdorining 0,5-1 % ini tashkil etadi. Bazofil leykotsitlar 
yadrosi ko`pincha 2 segmentdan iborat bo`lib, hujayra organellalarining tuzilishi jihatidan 
neytrofil va eozinofillardan deyarli farq qilmaydi. Bazofillar sitoplazmasidagi maxsus 
donachalarning tuzilishi va bo`yalishi ularni boshqa donador leykotsitlardan ajratishga imkon 
beradi. Bazofil donachalari Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda o`zlariga ishqoriy bo`yoqlarni 
yaxshi qabul qilib, har xil, ya’ni pushti binafshadan tortib qora ranggacha bo`yaladi. Bazofil 
donachalarining bu xususiyati, ya’ni bo`yoq rangiga xos bo`lmagan tusni olishi 
metaxromaziya 
deb nomlanadi va donachalar tarkibidagi maxsus glikozaminoglikan - geparin bilan bog`liq. 
Elektron mikroskop ostida ko`rilganda bazofil donachalarining bir xil tuzilishga ega 
emasligi aniqlangan. Donachalar ancha yirik (diametrlari 0,4-1,2 mkm) bo`lib, yumaloq yoki 
oval shaklga egadir. Ularning mag`zida bir-biriga parallel yo`nalgan ko`p sonli tuzilmalar 
ko`rinadi. Donachalarning ximiyaviy tarkibi ancha murakkab bo`lib, ularda geparin, gistamin va 
serotonin (5-oksitriptamin) borligi aniqlangan. Bazofillar tarkibida qondagi barcha gistaminning 
yarmi mujassamlashgandir. Ular geparinga ham boy. Bazofillar tarkibida glikogen, kislotali 
fosfataza va peroksidaza ham uchraydi. Bulardam tashqari, donachalarda maxsus 
gistidindekarboksilaza fermenti bo`lib, u gistidindan gistamin sintezlanishini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, ximiyaviy tarkibi bo`yicha bazofil leykotsitlar biriktiruvchi to`qimaning semiz 
hujayralari yoki to`qima bazofillariga juda ham yaqin turadi. Uz tarkibida ko`p miqdorda geparin 
va gistamin saqlovchi bu hujayralar allergik reaksiyalarda va immunitet protsesslarida faol 
ishtirok etadk. Ular organizmda allergenlarning maxsus IgE antitelolar bilan hosil qilgan 
kompleksiga javoban o`z donachalarini chiqaradi (degranulyatsiya). Natijada, ajralib chiqqan 
gistamin va boshqa biologik aktiv mediatorlar to`qimalar ichki muhitining o`zgarishiga va 
allergiya paydo bo`lishiga olib keladi. Bazofillarning hayotiy sikli 10-12 sutkadan iborat bo`lib, 
eozinofillardan deyarli farq qilmaydi. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish