87
56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema).
A-epiteliy, B-biriktiruvchi 1o`qima, 1- oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2-oddiy
tarmoqlanmagan
alveolyar bez; 3-oddiy tarmoqlangan naysimon bez; 4-oddiy
tarmoqlangan alveolyar bez; 5-murakkab alveolyar-naysimon bez; 6-merokrin bez oxiri;
7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a-o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret
yig`ayotgan hujayra; a-parchalanayotgan hujayra.
Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi.
Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud
bo`lgan hujayralar bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog`
bezlari
misol bo`la oladi. Nobud bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida joylashgan kam
differensiallashgan hujayralar to`ldirib turadi (56-rasm ga q.)
Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy
tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan
bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret
ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib,
so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor
hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal
bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi.
Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti
bilan tashqariga chiqariladi, shuning
uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-
di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga
sekretor sikl
deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak
bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning
sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5)
sekretor moddaning ajralib chiqishi.
88
57- rasm. Sekretor moddalarning hujayradan chiqishi. Me’da fundal bezining bosh
hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X20.000.
1-sekretor donachalar plastinkasimon kompleks sohasida; 2-sekretor
donalar ajralib
chiqish fazasida; 3 - yadro; 4 - donador endoplazmatik to`r; 5 - bazal membrana.
Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash
uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog`
kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining
endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va
shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib,
apikal qismi
sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi (57-rasm). Turli bez
hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: