koptok-chali zona
deb ataladi. Koptokchali zona hujayralari yumaloq
yadroga ega bo’lib, tcitoplazmasida yaxshi rivojlangan plastinka-simon kompleks,
mitoxondriyalar mavjuddir. Koptokchali zona ostida 3-4 qator mayda hujayralar qatlami
joylashadi. Bu hujayralarning tcitoplazmasida lipidlar bo’lmaganligi uchun ular sudan bo’yog’i
bilan bo’yalmaydi. SHuning uchun ham bu hujay-ralar
sudanofob qujay^alar qavati
deb atalib,
ular kambial xususiyatga egadir.
Sudanofob qavatdan so’ng buyrak usti bezi po’st moddasining eng yirik zonasi boshlanadi. Bu
zonada hujayralar cho’zinchoq bo’lib, radial tutamlar hosil qilib joylashgani uchun
tu^pmli zona
deb ataladi. Bu zona hujayralari tcitoplazmasida ko’p miq-dorda lipi.l kiritmalari tutadi, agarda
ular yuvilib ketsa, tcitoplazma g’ovak ko’rinishni oladi «a shuning uchun ham, bu hu-jyayralar
spongiotcitlar
deb atala~i. Tutamli zona hujayrala-pi'iarH mitoxondriyalar maxsus tuzilishi bilan
ajralib turadi. Ular yumaloq yoki oval shaklga ega, kristalari esa butun matriks» ni to’ldirib
turuvchi mayda pufakchalardan iborat (180-rasm). Tutamli zona xujayralaridagi
mitoupndriyalarning tuzilishi ularda sodir bo’ladigan steroidogenr^> chikli bilan bog’liqdir.
Mitoxondriyalar o’zlarnda xolesterinni pregnenolonga aylanti-ruvchi fermentlar tutadi.
Pregnenolon esa steroidlar sintez kilinishi uchun boshlang’ich xom ashyo hisoblanadi. Steroid
gor-monlar mitoxondriyalarning pufakchasimon kristalarida sintez qilinadi va ularning qobig’i
orqali hujayra tcitoplazmasiga chiqariladi. Tutamli zona po’st moddaning
to’rsimon zonasiga
da-
vom etadi. Bu zonada hujayralar bir-biri bilan chalkashib to’r hosil qiladi. Bu zona hujayralari
to’qroq tcitoplazmaga ega, yadrolari esa boshqa zonalardagidan maydaroq bo’ladi. Hujay-ralar
tcitoplazmasining to’q bo’yalishi ularda mitoxondriyalarning nihoyatda ko’pligiga bog’liq.
Plastinkasimon kompleks va e..rdo plazmatik to’r unchalik rivojlanmagan. To’rsimon zona
hujaira-lar orasida ham ko’plab sinusoid kapillyarlar joylashadi. Urg’ochi sut emizuvchi
hayvonlarda to’rsimop zona bilan miya mod-daning orasida X-zona joylashadi. Bu zona kam
takomillashgan hujayralardan iborat.
Miya qismining hujayralari nihoyatda yirik va ko’p burchakli bo’lib, gematoksilin-eozin bilan
bo’yalganda ularning tcitoplaz-masi och pushti rangga bo’yaladi. Hujayralar kalta tasmachalar
tarzida bo’lib, ular orasida sinusoid kapillyarlar joylashadi. Miya moddasi hujayralarining
tcitoplazmasi xrom tuzlari bilan
300
180- rasm. Buyrak usti bezi tutamli zona hujayralariniig elektron mikro-
fotografiyasi. x 10.000.
1 - yadro; 2 - mitoxo«driya; 3 - yog’ kiritmalari.
yaxshi bo’yalishi sababli ular
xromofin hujayralar
deb ataladi. Miya moddasida ikki xil
hujayralar tafrvut qilinadi. Bular-ning biri formalin bilan fiksatciya qilingandan so’ng ul’tra-
bnnafsha nurlarda kuchli fluorestcentciallanish xususiyatiga ega bo’ladi. Bu hujayralar
noradrenalin ishlab chiqaradm. Ik-
301
181- rasm. Buyrak ueti bezi miya moddasi. Adrenalin ishlab chiqaruvchi hujay-raning elektron
mikrofotografiyasi. xYU.000.
1 - yadro; 2 - mitoxondriyalar; 3 - sekretor donachalar.
kinchi tur hujayralar fluorestcentciyalanmaydi va ular a d r e-n a l i n ishlab chiqaradi.
Ul’tramikroskopik tuzilishiga ko’ra, miya qismda hujayralar ikki xilga ajratiladi. Bir xil
hujayralar tcitoplazmasida dumaloq, zich ko’rinishga ega bo’lgan sekretor donalar tutadi. Bu
donalar qobig’idan ingichka och yoy orqali ajralib turadi. Bun-day sekretor donachalar -
adrenalin moddasini saqlaydi. Miya moddasining boshqa xil hujayralari esa och gialoplazmaga
ega bo’lib, ko’pgina sekretor donachalar tutadi va yuqorida ko’rsatil-gan hujayra sekret
granulasidan farq qilib, cho’zinchoq ko’rinish-ga ega. SHuning uchun ham sekret donachasinnng
membranasi tagida joylashgan elektron och yoy notekis ko’rinadi. Bunday donachalar tarkibida
noradrenalin moddasi bo’ladi (181-rasm).
Xromaffin hujayralarning plazmatik membranasi atrofida ko’pgina nerv tolalari va ularning
terminaliylari joylashadi
Funktciyasi. Bez po’stloq qismining funktciyasi (koptokchali zona bundan mustasno)
gipofizning adrenokortikotrop gormoni (AQTG) ta’sirida boshqarib turiladi. Buyrak usti
bezining har bir zonasi o’zining ximiyaviy va biologik xususiyatlari bo’yi-cha boshqa zonalar
gormonlaridan farq qiluvchi gormon ishlab
chiqaradi. Po’stloq moddaning hamma zonalarnda umuman 40 ge yaqin gormonlar ishlanib, ular
uch gruppaga bo’linadi.
1.
Mineralokortikoid
gormonlari koptokchali zona hujayra-larida ishlab chiqariladi. Bu
gormonlar suv-tuz almashinuvida qatnashib, qonda natriy va kaliy miqdorini tartnbga solib tu-
radi. SHu sababli bu zona gormonlari etarli bo’lmaganida orga-nizmda suv, elektrolitlar
almashinuvi buziladi, organizm kes-kin suvsizlanib, qonning quyuqligi ortadi, qon plazmasida
nat-riy kontcentratciyasining kamayishi natijasida kaliy bilan natriyning qondagi o’zaro
munosabati o’zgaradi.
Mineralokortikoidlarga al’dosteron gormoni kiradi.
2. Glyukokortikoidlar
tutamli zona hujayralari tomonidan ishlanadi. Ular organizmda
karbonsuvlar almashinuvini, fos-forlanish jarayonlarini boshqaradi va bu jarayonlarni kuchay-
tirib, organizmning patologik ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini oshiradi.
Glyukokortikoidlarning etnshmasligi tu-fayli karbonsuv almashinuvi jarayonlari buzilib,
gipoglikemiya va jigarda glikogen miqdorining kamayishi, buyraklar funktciya-sining pasayishi,
pigment almashinuvining izdan chiqishi ve organizmda azot chiqindilarining yig’ilib qolish
hodisasi yuz be-radi. Glyukokortikoidlar kortikosteron, kortizol (gid-rokortizon), kortizon kabi
gormonlarni o’z ichiga oladi.
302
3.
Androgen
va
estrogenlar
to’rsimon zona hujayralarida ish-lanib, ularning ta’siri jinsiy
gormonlar ta’siriga o’xshashdir.
Buyrak usti bezining miya qismi hujayralarida a d r e n a-lin va noradrenalin
tcrn
tomirlarni
toraytirish tufayli qon bosimini oshiradi, lekin adrenalin bosh miya va ko’ndalang-targ’il mushak
tomirlarini kengaytiradi. Adrenalin qondagv qand miqdorini oshirsa, noradrenalin bunday
xususiyatga ega emas. Noradrenalin periferik arteriolalar devorini qisqar-tirishi tufayli sistolik va
diastolik arteriya bosimini oshi-radi. Adrenalin noradrenalin bilan birgalikda lipidlarni
parchalash xususiyatiga ham ega.
YAKKAJOYLASHGAN GORMON HOSIL QILUVCHI HUJAYRALAR
Ularni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga nerv toji-ning neyroblast hujayralaridan
hssil bo’luvchi, ya’ni takomil manbai nerv to’qimasi bo’lgan yakka joylashgan neyroendokrin
xujayralar kiradi. Bu xujayralar
oqsil gormonlar
va
neyroaminlarni
sintez qiladi. Bu hujayralar
guruhini APUD hujayralari yoki sistema deyiladi (qisqartma inglizcha - Amine Precursors
Uptake and Decar-boxylation -
aminlar hosil kiluvchi moddalarni tomutu va dekarbok-sillanish
so’zlarining bosh harflaridan olingan).
APUD sistemasining neyroendrokrin hujayralari bosh miyada va boshqa a’zolarda uchraydi
(endokrin va endrokrin bo’lmagan). APUD sistemaga qalqonsimon bezning parafollikulyar
hujayra-
lari, buyrak usti bezi miya moddasining xromaffin hujayrala-ri, haz^! sistemasi shilliq qavatidagi
endokrin hujayralar va boshqalar kiradi. Bu hujayrala^ning faoliyatiga gipofiz gor-monlari ta’sir
qilmaydi. Neyroendokrin hujayralar faoliyati, simpatik va parasimpatik nervlar orqali ham
boshqariladi.
Ikkinchi guruhga boshqa to’qimalardan takomillashuvchi yakka-yakka yoki guruh bo’lib
joylashgan gormon hosil qiluvchi hujay-ralar kiradi. Bu hujayralar urug’donning testesteron
gormoni-ni ishlab chiqaruvchi, tuxumdonning estrogen va progesteron hosil qiluvchi
hujayralardir. Ular steroid gormonlar hosil qilib adrenogipofizning gonadotrop gormonlari
ta’sirida i bosh-qariladi. Bu guruh hujayralarning APUD sistemaning neyro-endokrin
hujayralaridan asosiy farqi shuki, ular neyroamin-lar hosil qilmaydi.
303
Do'stlaringiz bilan baham: |