278
XVII BOB
ENDOQRIN SESTEMA (SISTEMA ENDOCRINUM)
Endokrin sistema ichki sekretciya bezlaridan, ya’ni endok-rin organlardan tashkil topgan bo’lib,
ular o’z mahsuloti-ni qonga yoki limfaga (ichki muhitga) chiqaradi. Bu bezlarda tashqi
sekretciya bezlaridan farqli ravishda chiqaruv naylari bo’lmaydi. Endokrin sistemaga bezlardan
tashqari turli a’zo-lardagi yakka (alohida-alohida) joylashgan hujayralar ham kiradi. Endokrin
sistemaning bezlari va hujayralarida
gor-monlar
(yunon. hormon - qo’zg’atmoq, ta’sir qilmoq)
deb yuriti-luvchi biologik aktiv moddalar hosil bo’ladi.
Turli a’zolarning ishi faqat nerv sistemasi orqali boshqa-rilmay, balki gumoral yo’l bilan ham
bajariladi. Hamma hu-jayralarga nerv tolalari etib bormaydi va natijada turli hujayralarning
hayot jarayoni hujayralar atrofida joylash-gan suyuqliklar (hujayra oraliq modda) va qon bilan
keluvch» biologik aktiv moddalar orqali bajariladi. To’qimalar va a’zo-lar ishini qon va limfa
orqali boshqarilishini
gumoral siste-ma
deb yuritiladi. Biologik aktiv moddalar ichida ichki
sekre-tciya bezlarida sintezlanuvchi gormonlar alohida o’rin tutadi. Nerv sistemasi va
gormonlarning ta’siri o’z-o’zicha bo’lmay, bal-ki bir-birini to’ldiruvchi, organlar ishining
regulyatciyasini ta’-minlovchi ta’sirlardir. Endokrin bezlarning ishi nerv sistema-si tomonidan
boshqariladi. Nerv sistemasi turli ta’sirlarni ikki yo’l bilan: to’g’ridan-to’g’ri nerv impul’slari
orqali yoki
endokrin bezlar orqali bajaradi. Nerv ta’sirining endokrin sistemaga o’tishini ta’minlovchi ilk
bosqich - gipotalamusdir. Gipotalamus nerv impul’slar ta’sirida endokrin sistemaga ta’sir etuvchi
biologik aktav moddalar hosil qiladi. Nerv si-stema orqali ta’sir tez va qisqa vaqt bo’lsa,
endokrin sistema orqali organlarning ishi boshqarilganda ta’sir nisbatan sekin boshlanib uzoqroq
davom etadi.
Endokrin bezlarga gipotalamusning neyrosekretor yadrolari, gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez,
qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, jinsiy bezlar
^(tuxumdon va urug’don) kiradi. Bulardan tashqari yo’l-dosh, buyrak, hazm sistemasi endokrin
funktciyaga ega. YAkka (alo-hida) joylashgan endokrin hujayralar buyrak va hazm sistema-sidan
tashqari nafas sistemasida va boshqa a’zolarda ham uchraydi.
Endokrin bezlar sofendokrin bezlarva aralash bezlarga bo’linadi. Sof endokrin bezlar faqat
endokrin funktciyani bajaradi. Ularga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi
bezi va buyrak usti bezlari kiradi. Ara-lash bezlar endokrin ishlab chiqarish bilan bir qatorda
boshqa funktciyalarni ham bajaradi.
Me’da osti bezi gormon ishlab chiqarish bilan bir qatorda •fermentlar (tashqi sekretciya bezi
qismi) hosil qilsa, urug’don va tuxumdonda gormonlar bilan birga jinsiy hujayralar etila-di va
hokazo.
Endokrin sistema hujayralarida hosil bo’lgan gormonlar oq-sil yoki steroid tabiatga ega. Asosiy
ko’pchilik gormonlar oqsil (peptidlar, glikopeptidlar) yoki aminokislotalar hosilasidir, Jinsiy
gormonlar va buyrak usti bezining gormonlari
(
ste-roid moddadir. Ba’zi gormonlar bir necha
endokrin organlarda ishlanishi yoki bir endokrin hujayra bir necha xil gormonlar ishlab
chiqarishi mumkin (alohida joylashgan endokrin hujay-ralar). Endokrin bezlarning yana bir
xarakterli joyi shundaki, ular qon tomirlarga juda ham boy. Hujayralarda ishlangan gormonlar
qon orqali organizmning turli qismlariga etib bo-radi. Ular faqat ishlab chiqarilgan gormonga
nisbatan retcep-tori bo’lgan a’zolargagina ta’sir qiladi. Binobarin, har bir gormonning o’z
spetcifik retceptori bo’ladi. Retceptori bo’lgan hujayralar
Do'stlaringiz bilan baham: