247
taloqning oq pulpasi hosil bo`ladi. Ular orasidagi retikulyar to`qima yirik sinusoid qon tomirlar
bilan birgalikda qizil pulpani tashkil etadi.
Tuzilishi.
Taloq toq a’zosi, shakli cho’ziq, qonga to’lib turishi tufayli to’q
qizil rangli
bo’ladi. U sirtdan seroz parda va zich fibroz kapsula bilan o’ralgan. Kapsuladan a’zo ichiga
yo’g’on to’siqlar trabekulalar o’sib kiradi. Sekin-asta ingichkalashib boruvchi bu trabekulalar
taloqni unchalik yaxshi ifodalanmagan bo’lakchalarga bo’ladi. Kapsula va trabekulalar ko’p
miqdorda kollagen va elastik tolalar tutuvchi zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Kapsulada
ayrim silliq mushak hujayralari bo’ladi. Taloqda qon tomirlar kiradigan joyda kapsula
qalinlashib
va ichkariga buralib, bu a’zoning darvozasini hosil qiladi.
Taloq trabekulalari orasida parenxima joylashib, unda oq va qizil pulpa farq qilinadi
(144-rasm). Taloqning oq va qizil pulpalari asosini retikulin tolalardan iborat retikulyar to’qima
tashkil qiladi. A’zoning taxminan 1/5 qismini tashkil etuvchi oq pulpa (pulpa lienis alba) limfatik
follikullar (Malpigi tanachalari)dan iborat. Organ kesib ko’rilganda oq pulpa tarqoq joylashgan,
och kulrang, yumaloq tanachalar shaklida ko’rinadi. Ularning
morfologik tuzilishi limfa
tugunlarining po’stloq moddasidagi follikullarga o’xshash, ya’ni ular limfotsitlarning
to’plamlaridan iborat follikullar bo’lib, ba’zilarining markaziy qismlari och bo’yalib, ko’payish
markazi nomi bilan yoritiladi. Bu yerda yirik limfotsitlar va limfoblastlar joylashib, ularning
ko’pchiligi mitoz bo’linishning turli bosqichida bo’ladi. Limfatik
follikulning chekka qismida
arteriya (arteria lymphonoduli) joylashadi va bu bilan limfa tuguning follikulidan farq qiladi. Oq
pulpaning shu ekstsentrik joylashgan, lekin markaziy arteriya deb ataluvchi tomirining atrofi
(periarterial zona) taloq limfatik follikulining timusga tobe qismi hisoblanadi va u yerda
ko’pgina T-limfotsitlar joylashadi. Bu yerda makrofaglar va T-zonalar uchun xos bo’lgan
interdigitirlovchi hujayralar ham bo’ladi.
Taloq limfatik follikulida arteriya atrofidagi T-zonadan tashqari, aytib o’tilgan ko’payish
markazi, yopqich zona hamda qirg’oq zonalar ajratiladi. Ko’payish markazi va yopqich (mantiy)
zona
asosan B-limfotsitlardan, B-limfoblastlardan, plazmotsitlardan, makrofaglardan iborat. Bu
zonalar B-zonalar bo’lib, bu yerda B-limfotsitlar uchun mikromuhit hosil qiluvchi follikulyar
dendritli hujayralar joylashadi. Qirg’oq zona qizil pulpa bilan chegaradosh bo’lib, unda T- va B-
limfotsitlar va yakka makrofaglar uchraydi. Qirg’oq zonani qirg’oq sinusoidal tomirlari o’rab
turadi.
Qizil pulpa
(pulpa lienis rubra) taloqning
asosiy qismini tashkil etib, retikulyar
to’qima va unda joylashgan qon hujayralaridan iborat. Qizil pulpa sinusoid tipdagi qon
tomirlarga juda boydir. Qizil pulpaning sinusoidlar orasida joylashgan qismi pulpar yoki taloq
tasmalari (chordae lienalis) deb ataladi. Bu tasmalarda B-limfotsitlar va ulardan hosil bo’lgan
plazmotsitlar uchraydi.
Qizil pulpaning retikulyar stromasida monotsitlardan hosil bo’lgan
fagotsitoz qiluvchi
hujayralar – makrofaglar (taloqda ular «splenotsitlar» deb yuritiladi) va eritrotsitlar juda ko’p
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: