Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Sochning po’stlok, modda-si 
(cortex pili) soch yo’nali-shi bo’yicha cho’zilgan bir necha qator 
yassi, muguzlan-gan hujayralardan iborat. Faqat soch piyozchasi soha-sida bu hujayralar tcito-
plazmasida tonofibril-lalar bo’ladi. Po’stloq qismi hujayralarida soch rangini belgilovchi pig-
ment melanin donachalari joylashadi. Muguzlangan po’stloq hujayralarida yad-ro qoldiqlari, 
pigment va havo pufakchalari hamda qattiq keratin donachalari bo’ladi. Qattiq keratin suv, 
kislota va ishqorlarda yomon eriydi, uning tarki-bida oltingugurt tutuvchi tcistin aminokislotasi 
ju-da ham ko’p bo’ladi. Po’st-loq qavat hujayralarida muguzlanish jarayoni ora-liq bosqichlarsiz 
tezamal-ga oshadi, ya’ni hujay-ralarda keratogialin va eleidin to’planmaydi. Po’st-loq modda 
qanchalik yaxshi rivojlangan bo’lsa, soch shuncha pishiq va elastik bo’ladi. 
Sochning mag’iz moddasi 
(medulla pili) mayin sochlarda bo’l-may, uzun va qattiq sochlarda bir 
necha qator yirik, poligonal hujayralardan iborat bo’ladi. Bu hujayralar «tangachalar us-tuni» ni 
hosil qilib joylashadi. Hujayralar tcitoplazmasida atcidofil trixogialin moddasi, mayda havo 
pufakchalari, oz miqdorda pigment donachalari bo’ladi. Soch ildizining quyi 2/3 qismida mag’iz 
modda hujayralarining yadrosi zichlashadi va hujayra anchagina muguzlanib qoladi. Ildizning 
yuqori qismi-da esa soch mag’izining hujayralari butunlay muguzlangan bo’-ladi. 
Soch ildizi teri sathiga nisbatan qiyshiq yo’naladi va s o ch piyozchasini (bulbus pili) hosil 
qiladi. Soch piyozchasiga tagidan botib 
;
kirgan soch so’rg’ichi (papilla pili) siyrak tolali 
shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Bu to’qi-ma qon tomirlar va nerv oxirlariga boy. 
So’rg’ich hisobiga soch oziqlanadi. So’rg’ichni qoplab turgan soch piyozchasining epiteliy-si 
kambial hujayralar hisoblanib, ular hisobiga soch o’sadi. Soch so’rg’ichining ustida joylashgan 
hujayralar sochning mag’iz va po’stloq moddasini, eng pastki qismlarini qoplagan kambial 
hujayralar esa soch kutikulasini va soch ichki epitelial qinini hosil qiladi. Soch piyozchasi 
hujayralari soch so’rg’ichidan, ya’ni oziqlantiruvchi manbadan uzoqlashgan sari muguzlanish 
protces-siga uchraydi. SHuning natijasida hujayralar cho’zinchoq muguz tanachalarga aylanib 
boradi. Muguzlanish jarayoni sochning po’stloq va kutikula qismida jadal ketadi. Soch rangi 
sochning po’stloq qismini hosil qiluvchi hujayralardagi pigment moddasining miqdoriga bog’liq. 
Pigment donachalari soch ildi-zining yuqori qismidagi hujayralarda ham saqlanadi. Sochning 
oqarishi pigment hosil bo’lishining susayishi va shuning bilan bir qatorda soch ildizining muguz 
tangachalarida havo pufakcha-larining ko’payib ketishi natijasida ro’y beradi. 
Soch ildizi soch qopchasi yoki follikulasida jonlashadi. U tashqaridan biriktiruvchi to’qimali 
dermal qin - soch xaltasi bilan o’ralgan. Soch follikulasi o’z navbatida ichki va tashqi epitelial 
qinlarga bo’linadi (152, 152-rasm). Soch ildizining ichki epitelial qini ( vagina epithelialis 
radicularis ixterna ) soch piyozchasining hosilasi bo’lib, yuqorida yog’ bezlarining chiqaruv 
naylari sohasida yo’qolib ketadi. Soch ildizining pastki qism-.larida soch piyozchasiga qo’shilib 
ketadi. 
Ichki epitelial qin 3 qavatdan: 1) bir qavat muguzlangan epiteliydan iborat soch kutikulasidan: 2) 
2-3 qator, qisman muguzlangan hujayralardan tashkil topgan Geksli qavatidan; 3) bir qator 
muguzlangan, yadrosiz hujayralardan iborat Genle qavatidan tarkib topgan (153-rasm). Soch 
ildizining o’rta va yuqori qismlarida bu uchta qavat qo’shilib ketadi va faqatgina yumshoq 
keratin tutgan, butunlay muguzlangan hujayralardan iborat bo’ladi. 
Soch ildizining tashqi epitelial qini ( vagina epithelialis radicularis ixterna) epidermis Mal’pigi 
qavatining davomi hi-soblanib, piyozchasiga davom etadi. 
Soch piyozchasiga yaqinlashgan sari ichki va tashqi qinlar yupqa-lashib boradi va faqat bazal 
qavatdan iborat bo’ladi. Soch xaltasi ( vagina dermalis radicularis ) biriktiruvchi to’qimadan 
iborat bo’lib, unda ikki: ichki - aylana va tashqi - uzunasiga yo’nalgan kollagen tolalar 
qavatlarini ajratish mumkin. YUqo-rida bayon etilganidek, soch ildizi teri yuzasiga nisbatan qiy-
shiq yo’nalgan bo’ladi. Sochlar o’zining xususiy mushagi sochni ko’-taruvchi mushak (m. 
arrector pili) ka ega. U soqolda, qattiq va mayin sochlarda, qo’ltiq ostidagi sochlarda bo’lmaydi 
yoki yaxshi 


265 
153- rasm. Ssch ildizipipg ko’ndalapg kesimi. Gematoksilin- eozin bilan bo’yalgan.Ob. 10.ok. 
10. 
1 - soch o’qining mag’iz qchsmi; 2 - po’stloq qismi; 3 - soch va ichki qnn 
kutikulalari; 4 -ichki epitelial qin; 5 - tashqi epitelial qin; 6 - 
soch xaltachasch. 
rivojlanmagan. Bu mushak qiyshiq joylashgan silliq mushak hujayralaridan iborat bo’lib, uning 
bir uchi terining so’rg’ich qavati bilan tutashsa, boshqa uchi soch xaltasi bilan qo’shilgan. Bu 
mushakning qisqarishi sochni harakatga keltiradi, soch ildi-zi teri yuzasiga nisbatan 
perpendikulyar bo’lib qoladi. Buning natijasida tuklar tikkayib, soch o’qi teri sathidan bir oz ko’-
tariladi va g’oz terisi ko’rinishini oladi. Ko’pincha tashqi haro-ratning sovushi natijasida yuz 
beruvchi bu holat organizmning himoya faoliyati bo’lib, mushaklar qisqarishi qon tomirlarning 
ham torayishiga olib keladi, natijada, issiqlik tanada saq-lanadi. Mushakning shu faoliyati 
natijasida yog’ bezlari ham siqiladi va ularning sekreti sochni moylaydi. 
Sochlarning almashinuvi. Sochlar o’rtacha bir necha oydan 2-4 yilgacha o’sadi. SHuning uchun 
hayot davomida vaqti-vaqti bilan sochlar almashinib turadi. Bu jarayon soch so’rg’ichining 
atrofiyaga uchrashidan va soch piyozchasining qon bilan ta’minlanishining buzilishidan 
boshlanadi. Natijada, soch piyozchasining hujayra-lari ko’payish qobiliyatini yo’qotadi va 
ularning asosiy qismi muguzlanadi. Soch piyozchasi soch kolbasiga aylanadi, sochning o’si-shi 
to’xtaydi. Soch kolbasi o’z so’rg’ichidan ajralib, tashqi epi-telial qin hosil qilgan g’ilof bo’ylab, 
to sochni ko’taruvchi mu- 
shak birikkan joygacha ko’tariladi. Epitelial g’ilofning pastkn bo’shab qolgan joyi puchayib, 
hujayralar tasmasiga aylanadi. Bu tasmaning oxirida yana soch so’rg’ichi tiklanib, saqlanib qol-
gan kambial hujayralar bilan qoplanadi, natijada, yangi soch piyozchasi paydo bo’ladi. Bu 
piyozchadan yangi soch o’sa boshlaydi. YAngi soch epitelial tasma bo’ylab o’sadi, tasma esa 
uning tashqi epitelial qiniga aylanadi. Keyingi o’sishi natijasida yangi soch eski sochning tagidan 
turtib chiqadi. Bu jarayon eski sochning tushi-shi va teri yuzasida yangi sochning paydo bo’lishi 
bilan tugaydi. Agarda soch xaltasining qon bilan ta’minlanishi to’xtasa, uning o’rnida yangitdan 
soch o’sib chiqmaydi. 
TIRNOQ 
Tirnoq epidermis hosilasi bo’lib, qattiq, muguzlangan plao tinkalardan iborat. Tirnotcning 
taraqqiyoti, homilaning 3-oyi-dan boshlanadi. Dastavval, tirnoq o’rni hosil bo’ladi. Oyoq va qo’l 
barmoq uchlarining tashqi yuzasini qoplagan epiteliy qa-linlashib, o’zining ostida yotgan 
biriktiruvchi to’qimaga botib kiradi va tirnoq shakllana boshlaydi. Tirnoq juda sekin o’sa-di va 
embrion hayotining oxiridagina to’la shakllanadi. 
Tirnoqda tana, ildiz, i k k i t a yo n va e r k i n kism-lar tafovut qilinadi (154-rasm). Tirnoq tanasi 
tirnoq o’rni- 


266 
154- rasm. Tirnoqning tik kesimi (sxema). 
1 - tirnoq pgastnnkasi; 2-teri burmalari; 3 - teri burmalarinchng sn 'dermisn; 4 - teri 
burmalarining dermasi; 6 - tirnoq matritcasi; 6 - tirnoq o’rnining ‘pntegiysp. 
da joylashsa, yon qirg’oqlari teri burmalari tagiga kirib tura-di. Tirnoqning erkin qirrasi tirnoq 
egatidan chiqib turadi. Tirnoqning ildizi tirnoq yorig’iga kirib turgan asosi hisobla-nadi. 
Ildizning bir qismigina tirnoq yorig’idan xira va oqish yarim oy shaklida (ayniqsa, katta 
barmoqlar tirnog’ida) ko’ri-nib turadi. Tirnoq ildizining tirnoqning o’sishini ta’min-.lovchi 
differentciallanmagan hujayralari tirnoq matritcasini tashkil etadi. Matritca hujayralari muntazam 
bo’linib, muguz-lanib turadi. Muguzlangan epiteley tangachalari tirnoq plas-tinkasiga siljib 
kiradi va natijada tirnoq o’sadi. Tirnoq kuniga o’rtacha 0,12 mm gacha o’sadi. 
Tirnoq o’rni epiteliy va dermadan iborat. Epiteliy epi-dermisning o’suvchi qavatidan tashkil 
topgan. Epiteliy ustida joylashgan tirnoq plastinkasi bir-biriga zich cherepitcasimon joylashgan 
yassi poligonal shakldagi muguz tangachalardan tuzilgan. Tirnoq o’rni epiteliysi hisobiga tirnoq 
plastinkasi qalinlashsa, matritca hisobiga tirnoqning uzunasiga o’sishi ta’-minlanadi. 
Tirnoq o’rnining dermasi barmoq suyaklari bilan yopishib yotadi. Derma sohasida so’rg’ichlar 
bo’lmaydi. Dermaning tirnoq sohasi qon tomirlarga va nerv oxirlariga boy. Bu erda derma-ning 
perpendikulyar joylashgan tolalari to’g’ridan-to’g’ri suyak usti pardasining tolalari bilan 
qo’shilib suyakqa aloqador bo’-lib qoladi. Bunday tuzilish amaliy meditcinada muhim rol’ 
o’ynaydi (tirnoqda boshlangan yallig’lanish jarayoni suyak jaro-hatlanishiga sabab bo’lishi 
bunga misol bo’la oladi). 


267 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish