“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
86
L.Sh. Anvarova - Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti magistranti
IJTIMOIY SOHANI MOLIYALASHTIRISH: DAVLAT BYUDJETINING
MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILISHI
Mamlakatimiz iqtisodiy erkinlashtirish va modernizatsiyalashning yangi sharoitida
byudjet harajatlarida ijtimoiy soha salmog‘li о‘rin egallaydi va muxim axamiyat kasb etadi,
bunga asosiy sabablardan biri “2017 — 2021 yillarda О‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning
beshta
ustuvor
yо‘nalishi
bо‘yicha
HARAKATLAR
STRATEGIYASI”
da – “ harajatlarning ijtimoiy yо‘naltirilganini saqlab qolgan holda
Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning
daromad
qismini
mustahkamlashga
qaratilgan
byudjetlararo
munosabatlarni
takomillashtirish”
49
vazifalari dasturi amal etib belgilab berilganligi sababli ijtimoiy sohani
moliyalashtirishda tartibga soluvchi mexanizmlarni takomillashtirish
yuzasidan tahlillar
о‘tkazish bо‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish va tavsiyalar ishlab chiqish mavzuning
dolzarbligini belgilab beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy sohani oqilona
moliyalashtirish tizimini
muvofiqlashtirish maqsadida qator chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatning ma’muriy-xududiy qurilmasi qonunchilikda mahalliy hokimiyatlar
mustaqilligini e’tiborga olgan turli darajadagi byudjetlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Byudjet tuzilmasi deganda u yoki bu mamlakatda byudjet tizimini tuzishning tashkiliy
tamoyillari, uning tarkibi va unda mujassamlashgan byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro
aloqalar
tushuniladi. Jahon tajribasida byudjet tuzilmasining uchta turdagi modeli mavjud..
Mamlakatlarning davlat tuzilishining turli-tumanligi byudjet tuzilmalarining turi va
modellari turli bо‘lishining bosh omili hisoblanadi. Masalan, tarixan shakllangan monarxiya
tizimida byudjet yagona xazina jamg‘armasidan iborat bо‘lgan,
uning shakllanishi yoki
ishlatilishi yakka tartibda hal qilingan. Shu ma’noda byudjet tizimlarining rivojlanishi
davomida uch turdagi modellar mavjudligi aniqlangan.
Davlat tuzilishida Markaz va mintaqalarning tuzilishiga qarab barcha davlatlarni unitar
va federal turlariga tasniflanishi mumkin. Unitar davlatlarda byudjeti tizimi ikki bо‘g‘indan
iborat :davlat byudjeti va kо‘p sonli mahalliy byudjetlardan iborat. Unitar davlatlar tarkibiga
О‘zbekiston, Kozog‘iston, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya, Polsha va boshqalarni misol qilib
kо‘rsatish mumkin.
Federal tuzilishga ega bо‘lgan mamlakatlarda davlat tuzilishi ikki shaklda bо‘lishi
mumkin: federatsiya va konfederatsiY. Shunga mos
ravishda davlatning byudjet
qonunchiligi uch pog‘onadan iborat bо‘ladi. Mutaxassislarning fikriga kо‘ra konfederativ
49
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналиши бўйича Ҳаракатлар
Стратегияси