Oltin-valyuta zahiralari -
markaziy bankdagi oltin va chet el valyutalarining
rasmiy zaxirasi.
Oltin zaxira -
mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma
(yombi) va tanga shaklida to’plangan oltin zaxira jamg’armasi, xalqaro to’lovlarda zaxira
sifatida foydalaniladi va valyuta barqarorligini ta’minlash vositalaridan biri bo’lib
hisoblanadi.
Optsion -
egasiga bitimda kelishilgan bahoda, belgilangan muddatda aktivlarni
sotib olish va sotish huquqini beradi.
Optsion bajarilishi bahosi -
optsion shartnomasida kelishilgan bazis aktivi
bahosi.
Optsion daromadliligi -
daromad summasining optsion bahosiga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Optsion mukofot bahosi -
optsion sotib olgan shaxsning emitentga, optsion
bajarilishi bahosiga qarshi to’laydigan bahosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |