–
operatsiya va bitimda qatnashuvchi
tomonlarning moliyaviy majburiyatlarining tengligi tushuniladi
.
Masalan, bank bilan
ishlab chikarish korxonasi o’rtasida 50 mln.so’mlik kredit bitimi tuzildi va xar yili kredit
oluvchi beruvchiga 5 mln.so’mdan va 4 yildan so’ng 50 mln.so’mni qaytarib beradigan
bo’ldi .Sug’urtalanuvchi sug’urta qiymatini to’laydi, sug’urtachi esa agarda sug’urta
xodisasi sodir bo’lsa summani to’lash majburiyatini oladi. Birinchi bitimda to’lov xar
qanday sharoitda xam amalga oshiriladi, ikkinchisida esa sug’urtachini to’lash extimoliga
bog’lik bo’ladi.
To’lovlarni tengligini ta’minlash maksadida ularni ekvivalentlik tamoyili
qo’llaniladi. Uni qo’llashda tomonlarning majburiyatlari o’zgarmaydi, ekvivalentlik
tamoyiliga muvofiq foizlar darajasi, ularni turi, majburiyatni bajarish vaqti, to’lovlarning
vaqt bo’yicha taqsimlanishi va boshqalar o’zgartirilishi mumkin. Moliyaviy hisob-
kitoblarda juda ko’p muammolarni ekvivalentlik tamoyiliga asoslanganligini kelgusi
bo’limlarda ko’rib chiqamiz.
Adabiyotlarda foizlar, foizli pullar, foiz stavkalari va boshqa so’zlar ishlatiladi.
Bular bir xil narsami yoki turli ma’noga egami? Ushbu savolga javob berish uchun ularni
ma’naviy taxlil qilish zarur. Foizli pullar yoki qisqacha foizlar deganda pulni (ssuda,
tovarni kreditga sotish, pulni depozit schyotiga joylashtirish, kimmatli qog’ozlarni ayrim
turlarini sotish, olish va boshqa shakllar) qarzga berib va undan olingan daromadni
summasiga tushuniladi. Tushunarli, demak foizlar qaysi shakl va paydo bo’lish turiga ega
bo’lmasin, ular doimo ssuda foizi iqtisodiy kategoriyasini aniq namoyon bo’lishidir .Foiz
olish bu yangilik emas. Masalan, Qadimgi Gretsiyada qarz summasida 10% dan 36%
gacha foiz olingan.
Moliyaviy bitim va kredit kelishuvini tuzishda tomonlar foiz stavkasi xaqida
kelishib olishadi. Foiz stavkasi deganda
–
qayd qilingan vaqt oralig’idagi nisbiy daromad
razmeriga tushuniladi va u foiz daromadini qarz summasiga bo’lish bilan aniqlanadi. Foiz
stavkasi tijorat, kredit va investitsion kontraktlarini eng muhim qismlaridan biri bo’lib,
o’nli yoki oddiy kasrlarda o’lchanadi. Oddiy kasrlarda o’lchansa aniqlik 1/16 yoki 1/32
qayd qilinadi.
Xisob-kitoblarni amalga oshirishda foiz stavkalari odatda o’nli kasrda o’lchanadi.
Foiz stavkasi davri bir yil deb qabul qilingan.
Kelishuvga binoan foizlar ustama shaklda xar yili to’lanishi yoki boshlang’ich
summaga ko’shib borilishi mumkin. Boshlang’ich summaga foizlarni qo’shilib borishi
bilan boshlang’ich summani ortib borish jarayoni moliya bozorida foizni kapitalizatsiya
qilish deyiladi.
Foiz stavkasi razmeri bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv omillarga bog’liq (pul-
kredit bozori holati, bitim turlari, qarz va kredit muddati va razmeri, qarz oluvchini
xususiyatlari va boshqalar) va u qarz summa bo’yicha oshgan qiymat summasi
26
hisoblashda faqat instrument hisoblanmasdan, xohlagan moliyaviy, kredit, investitsion
yoki tijorat operatsiyasi, bitimi yoki faoliyatini daromadliligi darajasini o’lchagichi
sifatida ham qo’llaniladi. O’tgan asr adabiyotlarida foiz stavkasi joylashtirish stavkasi
deb aytilgan. Bu noto’g’ri fikr emas. Xozirgi kunda xam millionlab kommersantlar o’z
kapitalini omadli joylashtirish ustida bosh qotirishadi. Zamonaviy moliya bozorida
foizlarni xilma-xil turlari va ularni kapitalizatsiya qilishni turli usullari uchraydi.
Foizlarni farqlanuvchi qator belgilarini ajratish mumkin .
Ustama yozishda qabul qilingan baza (boshlang’ich summa) o’zgarmaydi va
paydar-pay o’zgarib boradi. Birinchi xolatda sodda foiz stavkalari, ikkinchisida
murakkab foiz stavkalari qo’llaniladi. Murakkab foizda daromad birinchi davr uchun
boshlangich
(P)
summadan hisoblansa, ikkinchi davr uchun daromad summasi
boshlang’ich summa (birinchi yil) va birinchi yil bo’yicha olingan foiz pullar (daromad)
yig’indisi summasidan xisoblanadi va x.k. Boshqacha aytganda, murakkab foizli usulda
ham asosiy qarz, ham undan olingan daromadlar (foizlar) daromad keltiradi.
Foiz pullarini hisoblash tamoyillari ham turlicha. Ular bo’lishi mumkin: xozirdan
kelgusiga va teskarisi, kelgusidan xozirga. Masalan, Sizni 10 mln.so’m pulingiz bor. Uni
3 yilga 10 % bilan qarzga berdingiz va 3 yildan so’ng qancha pul qaytarib olasiz. Bunday
foiz stavkasi moliyaviy adabiyotda dekursiv stavka deyiladi. Agarda qarz berilayotganda
foiz pullari olib qolinsa, bu stavka antisipativ stavka deyiladi
Ayrim adabiyotlarda 100dan 100ga va 100 ichida foizlari xam ishlatiladi. Ushbu
foizlarni quyidagi misollar yordamida ko’rib chiqamiz.
1. Sizni korxonaga
S
dan
d%
- tashqil etuvchi summani ko’chirishdi. Noma’lum
(X) summani aniqlasak. X = Sd/100 = Sd
1
. d
1
= d : 100. X – foizlar 100 dan olingan
foizlar deyiladi. Endi, aniqrok yozsak. Korxonaga ko’chirilgan summa 300000 so’mni
50% tashkil etadi. Bu erdan R = 300000 ∙ 0,5 = 150000 so’m.
2. Korxona o’z tovarini K so’mga sotib, A foizli foyda oldi. Foydani aniklang.
Tannarxni G desak, K = G + AG / 100; K
1
= AG/ 100. A= 20% va K= 180000
so’mga teng desak, unda K
1
= 180000 ∙ 0,2/ 1,2 = 30000 so’m. Tannarx ( G) = K – K
1
=
180000 – 30000 = 150000 so’m.
3. Korxona tavarni K summa sotib, B foizli zarar ko’rdi. Zararni aniqlasak.
Tannarx G bilan belgilasak, unda K = G – B ∙ G : 100. Bu erda G = K / 1 - P / 100.
Demak zarar teng. K
1
= GB / 100. Agrda B = 20% va K = 90000 unda K
1
= 90 ∙ 0,2 /
0,8 = 22,5 ming so’m. Tannarx (G) = 90 + 22.5 = 112.5 ming so’m.
Foiz stavkalari doimiy (kayd qilingan) va suzuvchi stavkalarga bo’linadi.
Suzuvchi stavkada foiz stavka ko’rsatilmaydi, vakt bo’yicha o’zgaruvchi baza (bazali
stavka ) va unga qo’shiladigan ustama razmeri – marja ko’rsatiladi. Bazali stavkaga
London banklararo stavkasi – LIBOR (LIBOR) yorqin misol bo’lishi mumkin.
Foiz stavkalari tizimida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi muhim o’rin egallaydi. Bu stavka bilan MB tijorat banklariga
kredit beradi.
Qarzni paydar-pay qoplab borishda foizlar yozishni ikki qo’llanishi mumkin: 1)
foiz stavkasi (oddiy va murakkab) qarzni xaqiqiy summasiga qo’llaniladi; 2) Oddiy
foizlar qarzni paydr-pay qoplanilishi hisobga olmagan holda, birdaniga boshlang’ich
summaga yoziladi
.
Masalan, iste’mol kreditida ushbu shakl qo’llaniladi.
27
Amaliy xisob-kitoblarda diskret foizlar (foiz qayd qilingan intervallarda yoziladi)
qo’llaniladi. Ayrim hollarda (uzluksiz deb hisoblanadigan jarayonlarda) uzluksiz foiz
stavkalari xam qo’llaniladi.
Foiz stavkalarning boshqa turlari xam mavjud. Ularni ko’rib chiqish darslikni
tegishli bo’limlarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |