Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Pul bozori statistikasi ko’rsatkichlarining



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

3.5. Pul bozori statistikasi ko’rsatkichlarining  
hisoblash va tahlil qilish metodlari 
 
 
Pul  muomalasini  odilona  tashkil  qilinganligini  va  eng  asosiysi,  samarali 
ishlayotganligini  baholashda  statistik  ko’rsatkichlar  tizimidan    foydalaniladi. 
Ko’rsatkichlarni  uchta  blokka  bo’lishadi:  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar,  likvidli  (pul 
turlari) aktivlarni va pul massasini xarakterlovchi ko’rsatkichlar. 
 
Makroiqtisodiy  blok  ko’rsatkichlari  pul  va  pul  muomalasini  iqtisodiyotning  real 
sektori  bilan  bog’liqligini  ifodalaydi  va  quyidagi  ko’rsatkichlarni  o’z  ichiga  oladi: 
nominal pul massasi; pul oboroti; pul aylanish tezligi; real pul massasi; nominal, real pul 
massasi va pul aylanish tezligi indekslari; iqtisodiyotni monetarizatsiya darajasi; pulning 
xarid qobiliyati. 
Pul  turlari  yoki  likvidli  aktivlar  blokiga:  oborotdagi    naqd  pullar;  bank  tizimidan 
tashqaridagi  naqd  pullar;  banklar  kassasidagi  naqd  pullar;  naqd  bo’lmagan  pul  massasi; 
pul multiplikatori; pul bazasi; pul oborotidagi qimmatli qog’ozlar; jahon pullari (xalqaro 
likvidli aktivlar). 
Pul  massasi  pul  agregatlari  bilan  ifodalanadi.  Nominal  pul  massasi  deganda 
muomaladagi  pulning  statistik  miqdori  yoki  likvidli  shakldagi  aktivlar  zaxirasi 
tushuniladi.  Demak,  pul  moliyaviy  aktivlarni  bir  shakli.  Pul  bilan  boylikni 
almashtirmaslik kerak. Puli bor odam boy odam emas, likvidli aktivlarga (barcha turiga) 
ega bo’lgan kishi boy odam hisoblanadi. 
Pul doimo xarakatda bo’lishi kerak. Agar pul xarakat qilmasa (aylanmasa) u o’lik 
tovarga aylanadi va o’zining maxsus xususiyatlarini yo’qotadi, yanada kengroq ma’noda 


 
70 
aytsak  pulning  xarakati  bilan  yaratilgan  maxsulot  va  hizmatlar  harakati  chambarchas 
bog’liq. Keyingi g’oyani quyidagi tenglama orqali ham ifodalash mumkin: 


 V = p 

 q 
Pul  aylanish  bir  qancha  belgilar  bo’yicha  klassifikatsiya  qilinadi:  pulli 
munosabatlarning  turi  bo’yicha:  a)  tovar-moddiy  ne’matlarni  ayirboshlash  jarayonidagi 
pul  aylanishi;  b)  tovar  xarakteriga  ega  bo’lmagan  pulli hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 
jarayonida sodir bo’ladigan pul aylanishi; to’lov usullari bo’yicha: a) naqd pulli; b) naqd 
pulsiz;  mintaqa  doirasi  bo’yicha:  a)  mintaqa  ichidagi;  b)  mintaqalararo  pul  aylanishi; 
to’lov jarayonida bevosita ishtiroki bo’yicha: a) aktiv; b) passiv pul aylanishi. 
Ma’lumki,  pul  aylanishi  bankdan  boshlanadi.  Naqd  pul  aylanishi  ustida 
gapiradigan  bo’lsak,  pulning  bir  marta  aylanishi  deganda,  bankdan  chiqib  yana  bankka 
qaytib  kirishi  tushuniladi.  Albatta,  bu  yuz  foiz  bo’lmaydi.  Naqd  pul  aylanishi  quyidagi 
sub’ektlar  o’rtasida  bo’ladigan  hisob-kitoblarda  namoyon  bo’ladi:  ish  beruvchi  bilan 
ishga yollanuvchi o’rtasida (ish haqi); tovar va xizmatlarni sotuvchi va oluvchi o’rtasida; 
davlat  va  aholi  o’rtasida  (pensiya,  nafaqa,  stipendiya,  yutuqlar  pulini  to’lash,  byudjet 
to’lovlari, soliqlar va majburiy to’lovlar va h.k.lar); kredit tashkilotlari va aholi o’rtasida. 
Muomaladagi  naqd  pul  massasi  ish  yurutuvchi  sub’ektlar  hamda  jamoat 
tashkilotlarining  kassa  qoldiqlari  (bu  ko’rsatkich  limit  bilan  qat’iy  chegaralangan. 
Limitdan  ortiqcha  pul  bankka  topshiriladi,  banklar  esa  ortiqcha  pulni  zaxira  fondiga 
o’tkazishadi);  barcha  banklarning  oborot  kassalaridagi  naqd  pul  qoldiqlari;  aholi 
qo’lidagi  naqd  pullardan  tashkil  topadi.  Naqd  pul  aylanishining  (ko’pgina  rivojlangan 
mamlakatlar tajribasi shuni yaqqol isbotlamoqda) kelajagi porloq emas. 
Pul  oboroti  bu  davriy  ko’rsatkich  bo’lib,  vaqt  oralig’idagi  pul  operatsiyalari 
to’plamini  ifodalaydi.  Pulning  miqdorini  hisoblayotganda  ikki  ko’rsatkichni  farqlash 
zarur: pullar zaxira sifatida va pullar potok sifatida. Pul potogi – bu, pul oborotidir. 
Almashuv  tenglamasi  (VM  =  P·Q)  xalqaro  taqqoslashtirishlarda  qo’llaniladi. 
Ularga  milliy  pul  birligini  harid  qobiliyati  va  iqtisodiyotini  monetarizatsiya  darajasi 
kiradi:  
1. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish