O’zgaruvchan stavka - moxiyati vaqt davomida o’zgarib turuvchi belgilangan
stavka.
O’z mablag’larini aylanish koeffitsienti - sotilgan mahsulotdan tushgan
mablag’ni o’z mablag’lari summasiga nisbati.
O’z mablag’lari rentabelligi koeffitsienti - balansdagi yoki sof foydani
emitentning o’z mablag’lari summasiga nisbati.
O’rtacha muddatli obligatsiya - 3 yildan 7 yilgacha muddatga chiqarilgan
obligatsiya.
O’sgan qiymat - boshlang’ich investitsiya qilingan kapital va foizlar summasi
yig’indisi.
O’tkazma veksel (tratta) - veksel beruvchining qarzdor-to’lovchiga ma’lum
miqdordagi pul summasini ma’lum muddatda va ma’lum joyda to’lash haqidagi shartsiz
buyrug’i ifodalangan yozma xujjat. Bu xujjatda qarzni boshqa shaxsga to’lash haqidagi
buyruq ham aks etishi mumkin.
Qayta moliyalashtirish - davlatning eski qarzini qoplash uchun yangi qimmatli
qog’ozlarni chiqarib, ularni joylashtirishdan kelgan mablag’larni eski qarzni qoplashga
sarflash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy operatsiya.