Xolding kompaniyasi -
boshqa kompaniyalar faoliyatini boshqarish va nazorat
etish maqsadida ularning aktsiyalari kontrol paketlariga ega bo’lgan kompaniya.
Xususiy veksel -
korporatsiya, tijorat banki, moliyaviy guruhning qarz
majburiyatlari.
Tsedent -
tsessiyani rasmiylashtirishda depozit sertifikati bo’yicha talab etish
huquqini boshqa shaxsga bergan shaxs.
Tsessionariy -
tsessiyani rasmiylashtirishda depozit sertifikat bo’yicha talab
etish huquqini qo’lga kiritgan shaxs.
Tsessiya -
depozit sertifikatning orqa tomonidagi ikkiyoqlama shartnoma, bunda
talab etish huquqini birinchi shaxsdan ikkinchisiga berish xujjat bo’yicha
rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |