Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


 Bank normativlari, barqarorligi



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

 
5.4. Bank normativlari, barqarorligi  
va reytingi ko’rsatkichlari 
 
O’zbekiston  respublikasining  Markaziy  banki  to’g’risidagi  qununiga  (52-modda) 
muvofiq  Respublika  markaziy  banki  qolgan  banklar  uchun  normativlar  o’rnatish 
huquqiga ega.  
Nopmativlapning  qo’llanilishi  respublika  banklarini  barqarorligini  ta’minlash  va 
ularni  oldi  olinishi  mumkin  bo’lgan  yoki  asossiz  risklardan  saqlab  qolishdir.  Asosiy 
risklardan biri kredit riskidir. Normativ bo’yicha yirik kreditlar summasi bank kapitalidan 
8  barobardan  ko’p  bo’lmasligi  kerak,    kapitalni  etarliligi  koeffitsienti    (bank  kapitalini 
risk  aktivlariga  nisbati)  10  foizdan  oshmasligi  ko’zda  tutilgan,  bir  zumda  likvidlik 
koeffitsenti  minimal  razmeri  0,25;  joriy  likvidlik-0,3;  qisqa  muddatli  likvidlilik 
ko’rsatkichni maksimal darajasi – 1,0 va boshqalar; bitta qarzdorga yoki o’zaro bog’liq 
guruhiga  risk  darajasining  maksimal  darajasi  birinchi  darajali  bank  kapitali  darajasidan 
25  foizdan  yuqori  bo’lmasligi  kerak,  bank  kreditlarini  maksimal  riski  razmeri  bank 
kapitalidan  5  foizdan  yuqori  bo’lmasligi  kerak;  umumiy  bank  kapitalini  etarlilik 
koeffitsient  (riskga  asoslangan  kapitalni  umumiy  summasini  bank  aktivlari  umumiy 
summasiga  nisbati  0,1(10%)  teng);  birinchi  darajadagi  kapitalni  etarlilik  koeffitsenti 
(oddiy  aktsiyalar;  kommulyatsiyativ  -  imtiyozli  aktsiyalar,  qo’shilgan    kapital,  
taqsimlanmagan  foyda  qiymatini  umumiy aktivlariga nisbati). Bu erda minimal qiymat 
0,05  (5 foiz).  Umumiy  kapitalda birinchi darajali kapital  razmeri  50  foizdan oshmasligi 
kerak.  
Leveraja  koeffitsenti.  Bu  ko’rsatkich  birinchi  darajali  kapitalning  aktivlarning 
umumiy summasiga nisbati bilan hisoblanadi. Lekin bu ishni bajarishdan oldin umumiy 
aktivlar  summasidan  nomoddiy  aktivlar  va  Gudvill  summasi  chiqariladi.  Gudvill 
summasi bankni sotib olishda uni sof aktivlari qiymatidan ortiqcha to’langan summa.  
Statistikaning  vazifasi  ana  shu  normativlarni  bajarilish  darajasiga  baho  berishdir. 


 
131 
Normativlarni hisoblashda bir qancha ko’rsatkichlar qo’llaniladi. Ularga:            
1. Banklarning xususiy kapitali. U o’z ichga to’langan ustav fondi, bank zaxiralari 
va taqsimlangan foydani oladi. 
2.  Normativlarni    hisoblashda    qo’llaniladigan    xususiy    kapital  summasini 
olishdan  oldin,  u  summadan  tugallanmagan  kapital,  qurilishga  qo’yilgan  mablag’lar  va 
qoplash muddati 30 kundan ortiqga kechikadigan kreditlar chiqariladi. 
3.  Likvid  aktivlar.  Ular  tijorat  banklarning  Markaziy  bankda  saqlanadigan 
zaxiralari;  sotib  olingan  davlat  obligatsiyalari  qiymati;  boshqa  banklar  schetidagi 
mablag’lar; qoplash vaqti xali to’lmagan berilgan kredit summalar (1yilgacha muddatda). 
4.  Banklar  iqtisodiy  opratsiyalarni  bajarish  uchun  ma’lum  bir  riskga  boradilar. 
Shuning  uchun  ham  bank  kapitali  riskni  hisobga  olgan  holda  aniqlaniladi.  U  bank 
aktivlari  bilan  mumkin  bo’lgan  darajada  qo’ldan  chiqarilgan  mablag’  o’rtasidagi  farqqa 
teng 
Endi moliyaviy barqarorlikni baholovchi bank normativlarini ko’rib chiqaylik. 
1.  Koeffitsent  Kuka  (H
1
)  yoki  kapitalni  etarliligining  normativi-bank  xususiy 
kapitalini risk bilan bog’langan aktivlar summasiga nisbati. Norma-5 foizdan yuqori. 
2.  Joriy      likvidlilik  normativi  (N
2
)  likvidli  aktiavlarning  hisob  bo’yicha  talab 
qilinadigan bank majburiyatlariga nisbati. Norma – 30 % ortiq.  
3. Bir zumda likvidlilik (N
3
)-yuqori likvidli aktivlarni bank majburiyatlariga (talab 
qilinadigan) nisbati. Norma-20 foizdan ortiq. 
4.  Uzoq  muddatli  kreditlarning  risk  normativi  (N
4
)-uzoq  muddatli  kreditlarning 
xususiy kapital va uzoq muddatli depozitlarga nisbati. Norma- 120 % past. 
5. Likvid aktivlar va netto-aktivlari nisbati (N
5
). Norma-10 % ortiq.  
6.  Bir  qarzdorga  bo’lgan  risk  normativi  (N
6
)-qarzdorga  berilgan  kredit  va 
kafolatning bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma-25 % oshmasligi kerak. 
7.  Yirik  kreditlar  xatari  normativi  (N
7
)-yirik  kredit  va  hamma  kafolatlarni  50  % 
summasini bank xususiy   kapitaliga nisbati. Norma-8 martadan yuqori bulmasligi kerak. 
8.  Bankning  bir  kreditori  risk  normativi  (N
8
)-bir  kreditor  qo’yilmasining  bank 
xususiy kapitaliga nisbati. Norma 60 % dan past. 
9.  Bank  aktsionerlariga  kredit  normativi  (N
9
)-bir  aktsionerga  berilgan  kredit 
summasini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma 60 % dan ortiq emas. 
10.  Insayderlarning  (bankni  boshqarish  bilan  bog’liq  bo’lgan  jismoniy  shaxslar) 
qarzdorlik  normativi  (N
10
)  -  bitta  insayderga  berilgan  kredit,  kafolat  va  kafillik 
summasini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma 10 foizdan past. 
11.  Aholi  qo’yilmalari  normativi  (N
11
)  -  qo’yilmalarni  xususiy  kapitalga  nisbati. 
Norma-100 foizdan oshmasligi kerak. 
12. Bank qatnashuvi normativi (N
12
) - bir yuridik shaxsning sotib olgan aktsiyalari 
qiymatini bank xususiy kapitaliga nisbati. Norma - 45 foizdan oshmasligi kerak. 
Qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  operatsiyalar  normativlari:  qimmatli  qog’ozlarga 
investitsiyani  bir  emitentga  maksimal  miqdori  –  0,15;  ustav  kapitaliga  va  barcha 
emitentlarni boshqa qimmatli qog’ozlarga investitsiyani maksimal miqdori – 0,50; sotish-
sotib olish uchun qimmatli qog’ozlarga investitsiyani maksimal miqdori – 0,25. 
Insayderlar  (shaxslar  bilan  bog’liq  operatsiyalar)  ko’rsatkichlari:  bir  insayderga 
yoki bog’liq shaxslar guruhiga berilgan kredit summasi (ta’minlangan kredit/lizing) – bir 
insayderga  eng  yirik  kredit  (ta’minlangan)ni  birinchi  darajali  kapitaliga  nisbati  –  0,25; 


 
132 
ta’minlanmagan  kredit/lizing  –  0,05;  bankdan  barcha  insayderlarga  berilgan  kredit 
summasi  –  barcha  insayderlarga  berilgan  kredit  summasini  birinchi  darajali  kapitalga 
nisbati – 1,00. 
Bu  keltirilgan  normativlarning  ko’pchiligi  Respublika  ma’muriy  idoralari 
tomonidan tasdiqlanmagan. Lekin jahon moliya bozorida ko’pchilik amaliyotchi-olimlar 
tomonidan qo’llab-quvvatlanadagan va ishlatib kelinayotgan ko’rsatkichlardir. 
Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  bu  ko’rsatkichlarni  hisoblash  va  ularga  bo’ysinish 
banklarning  shaxsiy  ishi.  Statistika  esa  bu  normativlar  bo’yicha  faqatgina  ularni 
bajarilishi  va  bajarilmasligini  nazorat  qilmasdan,  umumiy  o’rtacha  ko’rsatkichlarni 
hisoblaydi  va  ular  asosida  normativlardan  chetlanish  muammolari  bilan  shug’ullanadi, 
ya’ni variatsiya kengligi, chiziqli chetlanish, kvadrat chetlanish va variatsiya koeffitsienti 
va boshqalarni aniqlaydi. 
Yuqorida  keltirilgan  va  boshqa  ko’rsatkichlar  hisoblanilib  va  tahlil  qilingandan 
keyin,  olingan  natijalar  asosida  bankni  banklar  o’rtasida  tutgan  o’rni  (reytingi) 
aniqlaniladi. Reyting deganda ma’lum bir yoki bir necha natija bo’yicha o’rganilayotgan 
ob’ektlarni  taqqoslashga  aytiladi.  Bu  ishni  Respublika  Markaziy  banki  yoki  boshqa 
tashkilotlar  bajarishi  mumkin.  Agarda  bu  ish  bank  nazorati  tashkilotlari  tomonidan 
bajarilsa  (nazorat  tashkilotlari bu  ishni  faqat  rasmiy  hisobot  ma’lumotlari  asosida emas, 
balki  sinetik  va  analitik  uchet,  joylardagi  tekshirish  va  tanishish  ma’lumotlari  asosida 
professional darajada bajaradi) natijalar matbuotda e’lon qilinmaydi, agarda bu ish ozod 
agentliklar  (markazlar,  agentliklar,  jurnallar  va h.k. ) tomonidan bajarilsa  (ular: 1)  faqat 
chop  qilingan  ma’lumotlar  asosida  bu  ishni  bajaradi;  2)  ular  bank  ishini  haqiqiy 
mutaxasislari  emas)  ochiq  matbuotda  e’lon  qilinadi.  Bank  reytingini  aniqlash  bo’yicha 
chet elda boy tajriba to’plangan, shu tajriba bilan qisman tanishaylik. 
Xalqaro amaliyotda reytingni aniqlash ikki tipdagi ko’rsatkichlar bo’yicha amalga 
oshiriladi: miqdoriy (hajmiy) va sifat ko’rsatkichlari. Miqdoriy ko’rsatkichlarga: aktivlar 
hajmi,  depozitlar,  kreditlar,  xususiy  kapital  va  foyda  hajmi  kiradi.  Bular  ichida  eng 
muhimi bank aktivlaridir. 
Reytingning  ikkinchi  tipi  bankning  ishonchlilik  darajasini  aniqlash.  Ishonch 
darajasi  likvidlilik,    foydalilik,    kapitalni  etarliligi,  aktivlarni  risk  darajasi,  menejment 
darajasi va boshqa ko’rsatkichlarni har tomonlama tahlil qilish natijasida aniqlanadi. 
Chet  elda  tijorat  banklarining  ishonchlilik  darajasini  aniqlash  davlat      nazorati   
darajasiga   ko’tarilgan.   Tijorat banklarining ishonchliligini ta’minlash bo’yicha ularga 
qo’yiladigan  talablar,  banklar  barqarorligini  ta’minlashga  hizmat  qiluvchi  nazorat 
organlari  qonun  bilan  tasdiqlangan.  Bu  organlar  o’z  ma’lumotlarini  juda  keng  reklama 
qilmaydi. 
Tijorat    banklarining    reytingini    aniqlash      AQShda    ancha  rivojlangan.  Bu  erda 
banklar  faoliyatini  baholashning  reyting  tizmi  –  SAMELga  chuqurroq  to’xtalamiz.  Bu 
tizim  bo’yicha  banklar  faoliyati  5  balli  tizim  bilan  baholanadi.  Eng  ishonchli  banklar  1 
ball oladi, bankrotga yaqinlari - 5. Tijorat bankining ishonchliligini mezonlari: kapitalni 
etarliligi,  aktivlar  sifati,  menejment,  boshqaruvni  sifat  ko’rsatkichi  hisoblanuvchi 
daromadlilik, likvidlilik. Bu yo’nalishlarni har biri 5 balli tizim bilan baholanadi. 
Bu  ko’rsatkichlar  har  tomonlama  o’rganilib  va  baholanib  bo’lingandan  so’ng, 
tijorat bankining umumiy ishonchliligi 5 balli tizim bo’yicha baholanadi. 
Agarda, umumiy reyting 1 ga teng bo’lsa, demak bank har tomonlama sog’, tashqi 


 
133 
moliyaviy  o’zgarishlarga  bardosh  bera  oladi,  u  boshqarish  tizimini  almashtirmasligi 
mumkin, bank ishiga nazorat organlarining aralashuviga xojat yo’q. 
2  ball.  Bank  sog’lom.  Ayrim  kamchiliklar  uning  barqarorligiga  ta’sir  qilmaydi. 
Boshqarish  tizimi  o’zgarmasligi  mumkin.  Nazorat  organlari,  faqat  aniqlangan 
kamchiliklarni tuzatishda ishtirok etishlari mumkin. 
3  ball.  Bankda  moliyaviy  muammolar  mavjud  va  o’z  vaqtida  tegishli  choralar 
ko’rilmasa  turli  moliyaviy  vaziyatlarda  bank  hamma  narsadan  ajralishi  mumkin.  Bank 
ishiga, ayniqsa kamchiliklarni tuzatishga nazorat tashkilotlarini aralashuvi zarur. 
4  ball.  Bankda  jiddiy  moliyaviy  muammolar  mavjud,  bankni  xonavayron  bo’lish 
ehtimoli  yuqori,  nazorat  organlari  aralashuvi  shart  va  kamchilmiklarni  tuzatishning 
muhim rejasini ishlab chiqish zarur. 
5  ball.  Hamma  narsa  aniq.  Bankning  o’zi  bu  ahvoldan  chiqa  olmaydi.  Chetdan 
(aktsionerlardan  yoki  boshqa  manbalardan)  yordam  kerak.  Agarda  tubdan  choralar 
ko’rilmasa bank yopiladi yoki boshqa bankga qo’shiladi. 
Reytingni hisoblash bo’yicha Rossiyada ham ancha tajriba to’plangan. Bu ish bilan 
asosan  reyting  agentliklari  shug’ullanadi.  Ularga:  ABI  (agentstva  bankovskoy 
informatsii),  «Kommersant-Daily»,  Orgbank,  firma  «PAKK»,  «Reyting»  axborot 
markazi, ATsFI va boshqalar kiradi. 
Bu agentliklarda ham chet eldagiga o’xshab ko’rsatkichlar ikki guruhga bo’linadi. 
Miqdoriy  ko’rsatkichlar  bo’yicha  reytingni  aniqlash  bilan  ABI  shug’ullanadi.  Miqdoriy 
ko’rsatkichlardan  eng  xal  qiluvchi  ko’rsatkich  sifatida  ABI:  real  aktivlar  hajmi  (balans 
summasi-netto); kapital va mutloq foyda miqdori ko’rsatkichlarini qabul qilgan. 
Qolgan  agentliklar  reytingini  bankning  sifat  darajasi  orqali  aniqlashadi.  Bu 
ko’rsatkich  bittasi  uchun  «ishonchlilik»  bo’lsa,  ikkinchisi  uchun  «kredit  qobiliyati», 
uchinchisi uchun «barqarorlik» bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarni tushunish va qabul 
qilishga  qarab,  banklarni  baholash  uchun  tegishli  ko’rsatkichlar  tizimi  qo’llanadi. 
Masalan,  «Kommersant’-Daily»  metodikasi  bo’yicha  («‘»  reytingi  nomini  olgan  guruh) 
ishonchlilik ko’rsatkichlari sifatida quyidagi koeffitsientlar qabul qilingan: 
1.  Ishonchlilikning  general  koeffitsienti  -  likvid  aktivlarning,  ular  bo’yicha 
aktivlarga nisbati; 
2.  Bir  zumda  likvidlik  koeffitsienti  -  likvid  aktivlarning,  ular  bo’yicha 
majburiyatlarga nisbati; 
3.    Kross  -  koeffitsient  -  bankning  barcha  majburiyatlarini  berilgan  kreditlarga 
nisbati;  
4.  Likvidlikning general koeffitsienti - likvid aktivlar va ximoyalangan kapitalning 
bankning umumiy majburiyatlariga nisbati; 
5.  Himoyalangan  kapital  yoki  shuxrat  koeffitsienti  -  himoyalangan  kapitalning 
umumiy kapitalga nisbati.  
6.   Foydani kapitalizatsiya  qilish koeffitsienti  -  xususiy  kapitalning  ustav  fondiga 
nisbati. 
Moliyaviy axborotni analitik markazi bank barqarorligini reytingini baholashda 10 
ta  ko’rsatkichdan  foydalanadi  (instrumentar  koeffitsient,  moliyaviy  koeffitsient, 
balansning  ishonchliligi  darajasi,  audit  koeffitsienti,  dinamik  koeffitsient,  samaradorlik  
koefitsienti,      servis    koeffitsienti,  texnologik  koeffitsient,  ekspert  koeffitsienti,  shuhrat 
koeffitsient). «Reyting» axborot markazi esa banklarning kreditlash qobiliyatini baholash 


 
134 
uchun 7 guruh ko’rsatkichlardan foydalanadi. 
Yuqorida  keltirilgan  ko’rsatkichlar  yoki  guruh  ko’rsatkichlari  hisoblangandan 
keyin  umumiy  baholash  vazifasi  paydo  bo’ladi.  Bu  vazifa  turli  metodlar  bilan  echiladi 
(aniq  retsept  yo’q).  Lekin  ko’pchilik  bu  ishni  koeffitsientlar  metodini  qo’llab  bajaradi. 
Masalan,  «‘»  reyting  metodikasi  bo’yicha,  yuqorida  keltirilgan  ko’rsatkichlar  (6  ta) 
salmog’i quyidagicha taqsimlangan: K
1
-45 %; K
2
-20 %; K
3
-10 %; K
4
-15 %; K
5
-5 %; K
6
-
5 %. 
Har bir ko’rsatkichning qiymati va vaznlari aniqlangandan so’ng, umumiy yig’indi 
ko’rsatkich  hisoblanadi.  Ishonchlilikni  (yoki  barqarorlikni)  umumiy  yig’indi 
ko’rsatkichni aniqlash uchun hisoblangan    ko’rsatkichlar    qiymatlarini ularga tegishli 
vaznlarga ko’paytirib, olingan natijalar qo’shiladi. 
Bu ishning oxirgi pog’onasi bankning banklar ichida tutgan o’rnini aniqlashdir. Bu 
ishni  reyting  jadvallarini  tuzish  bilan  bajarish  mumkin.  Bu  jadvalda  umumiy  (general) 
ko’rsatkich, odatda o’sib yoki pasayib borish tipida joylashtiriladi. 
Banklar  faoliyatini  reyting  bilan  baholash  va  bu  baholarni  matbuotda  e’lon  qilish 
bilan  biz  qisman  bo’lsa  ham  aholini  va  mutaxassislarni  banklar  faoliyati  to’g’risidagi 
informatsiyaga  bo’lgan  talabini  qondiramiz  va  ularga  bu  informatsiya  katta  moliya 
bozorida  yo’l-yo’riq  ko’rsatishi  mumkin.  Lekin,  shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki, 
birinchidan, bu baholar sub’ektiv baholardir, ikkinchidan, ko’p agentliklar ma’lumotlarni 
etarli  darajada  to’play  olmaydilar  va  aynan  shu  sababli  olingan  natijalar  real  hayotdan 
uzoqroq bo’lishi mumkin. 
 

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish