I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqish ,izohlah va baholash.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bahor mavzusini nafaqat yangi o‘sib chiqqan maysalar, adirlarni alvon gilamdek qoplagan lolaqizg‘aldoqlar, pushti, oq va binafsharang bo‘lib gullagan bodom, o‘rik, shaftoli va olmalarning manzarachi rassom tomonidan tasvirlangan asarlarida emas, balki
O bidjon Bakirov O‘zbekiston xalq rassomi, 1941- yil 19-martda Andijon shahrida tug‘ilgan. Respublika rassomlik kolleji hamda Toshkent teatr va rassomlik instituti (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti)ni akademik Rahim Ahmedov ustaxonasida tamomlagan. 0 ‘zbekiston tasviriy san’ati tarixida buyuk shaxslar va zamondoshlar portretlari, lirik manzaralar hamda natyurmort janridagi asarlari bilan munosib o‘rin egallagan. Sharqning buyuk allomasi Beruniy, xalq artisti Abbos Bakirov portretlari, «Shohimardonda kuz», ««Navro‘z» mavzusidagi manzara janridagi, «Kuzgi natyurmort» nomli natyurmort janridagi asarlari shular jumlasidandir.
bahor o‘simliklarining tasviri sifatidagi natyurmort asarlaridaham ko‘rish mumkin. Rahim Ahmedovning ≪Gulg kirgan shaftoli≫ (81-rasm), Ogyust Renuarning ≪Bahorgi guldasta≫ (82-rasm), Obidjon Bakirovning ≪Lolaqizg‘ aldoqlar≫ (84-rasm), Ziyodilla Bobomurodovning ≪Bahor guli nastarin≫ (85-rasm) nomli natyurmortlarini diqqat bilan kuzatsangiz, bunga ishonch hosil qilasiz.Bahorgi gullar mavzusida natyurmort janridagi
asarlarni Umidjon Alimov, Yuriy Taldikin kabi rassomlar ham yaratganlar. Demak, bahor gullari mavzusida kompozitsiya ishlashning turli variantlari bo‘lishi mumkin ekan. Unda siz natyurmort janrini asosiy janr sifatida olib, bahor tarovatini to‘laroq aks ettirish uchun qo‘shimcha elementlardan foydalanishingiz mumkin. Siz ishlaydigan kompozitsiyaning
asosiy elementi sifatida mashhur rassomlar tomonidan tasvirlangan lolaqizg‘aldoqlar, bahor gullari, o‘rikning gullagan shoxi, qo‘shimcha element sifatida derazadan ko‘rinib turgan tabiat manzarasi bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tilganlarga qo‘shimcha tarzda yana qaysi elementlardan foydalanish mumkin? Bu jarayonda rassomlarning bahor mavzusidagi natyurmortlari
va boshqa kompozitsiyalaridan ijodiy foydalanishingiz ham mumkin (86-88-rasmlar).
Ishlaydigan kompozitsiyangizning mavzusi va mazmunini yaxshilab o‘ylab olgandan so‘ng qalamtasvirda kompozitsiyaning bir necha xomaki variantlarini eskiz tarzida chizib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |