Kommunikativ kompetensiya:
muloqotga kirishishda muomala madaniyatiga rioya qilish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
san’at asarlarini tahlil qilish.
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, amaliy.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism. 1. Salomlashish.
2. Davomatni aniqlash.
3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqish ,izohlah va baholash.
III. Yangi mavzu bayoni.
D
Doira shaklida ishlangan naqsh namunasi.
oira ichida chizilgan naqshlar sxematik tuzilishi va elementlarining joylashishi jihatidan kvadrat naqshlarga o‘xshab ketadi. Tasvirlanayotgan asosiy naqsh aylana markazida joylashib, chetlari bo‘sh qolishi, aksincha, doira chetlarida yo‘lsimon naqshlar bo‘lib, markaz bo‘sh qolishi yoki uning markazida ham, chetlarida ham naqshlar bo‘lishi mumkin
«Doira shaklida naqsh» kompozitsiyasini ishlashda kvadrat shaklda naqsh chizishda egallagan malakangizga tayaning.
Naqsh chizishni daftar yuzasiga diametri 9 cm bo‘lgan aylana chizishdan boshlaysiz. Aylananing o‘q chiziqlari uni to‘rtta teng bo‘lakka bo‘ladi. Siz tuzadigan naqsh kompozitsiyasi to‘rt marta ritmik tarzda qaytariladi. Naqsh chizishga qiziquvchi iqtidorli bolalar aylanani olti yoki sakkiz bo‘lakka bo‘lib, nisbatan murakkabroq naqsh kompozitsiyasini chizishlari mumkin.
Nizomiddin Tursunaliyev. Doira shaklida naqsh ishlash bosqichlari
Hosil bo‘lgan sxematik shaklga naqsh elementlarini (barg, bofta, paxta, gajak) navbatma-navbat chizib, ishni qalamda tugallaysiz. Dastlab kompozitsiyaning to‘rtdan bir qismini hosil qilib bo‘lgach, uni kalka qog‘oziga tushirib, aylananing qolgan qismlariga ko‘chirib chiqasiz. Naqsh kompozitsiyasi hosil qilib olingandan so‘ng uni rangda ishlashga o‘tasiz. Naqsh bosqichma-bosqich bo‘yab tugatiladi. Rang berishda kvadrat naqsh ishlashda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilinadi. Ish jarayonida 58-rasmda ko‘rsatilgan bosqichlarga amal qiling. Naqshni bo‘yash jarayonida ranglarning mutanosibligiga, issiq yoki sovuq ranglar munosabatiga e’tibor qarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |