Илм-фан ва таълимнинг ривожланиш истиқболлари тўртинчи конференцияси тўплами 27 июль 2020 йил



Download 7,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana12.07.2022
Hajmi7,68 Mb.
#778856
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
1-Qism Aniq, Tabiiy, Texnika, Ijtimoiy, Filologiya, Iqtisod (1)

Paydalanılǵan ádebiyat
1. Dáwletova G.Qız taxtım.Qosıqlar. Tashkent, 2009.
2. Dáwletova G.Seniń dártiń menen jasayman, hayal! Nókis, 2001.
3. www.ziyonet.com 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
110


“KO‘RAGON” ATAMASI XUSUSIDA
Kurbanova Bashorat Asrorqulovna
Jizzax shahar 3-maktab
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada
 
“Ko‘ragon” atamasi
 
haqida Amir Temurga oid
G’arb va Sharq adabiyotlari mualliflarining fikrlari o’rganilgan. 
Kalit so‘zlar:
Amir Temur, “ko‘ragon”, “to‘rt iqlim podshohi”, “bug‘roxon”,
“yildirim”, “xon”, “soniy”.
Amir Temur shaxsini idrok etish-tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni
anglash-o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash-tarix qa’riga
chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk
kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir. 

1

Islom Karimov
Qadimgi tarixdan bizga ma’lumki, podshohlar ismiga turli unvonlar qo‘shib
aytilgan. Masalan, qadimgi Old Osiyo mamlakatlarida “To‘rt iqlim podshohi”, o‘rta
asrlarda qoraxoniylar davlatida “Bug‘roxon”, temuriylar davrida “Ko‘ragon”,
turklarda “Yildirim”, xorazmshohlar davrida “Soniy” hamda o‘zbek xonliklari
davrida “Xon” kabi unvonlar hukmdorlar nomiga qo‘shib aytilgan. Ushbu unvonlar
hukmdorlarning qaysidir bir hislatlarini hisobga olinga holda berilgan. 
Xususan, Amir Temur 1370 yilda Saroy Mulk xonimga uylanib “ko‘ragon”
ya’ni xon kuyovi unvoniga ega bo‘lgan. Lekin ayrim tarixiy manbalarda uning
mo‘g‘ul malikasiga uylanmasdan oldin ushbu unvonga ega bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Xo‘sh, unda “ko‘ragon” atamasini qanday ma’noni anglatadi.
Amir Temurga “ko‘ragon” unvonini berilishi va uning tub ma’nosi olimlar
o‘rtasida munozarali mavzulardan biridir. Bir guruh olimlar “ko‘ragon” Amir
Temurga berilgan unvon deb hisoblashsa, unga qarshi bir guruh olimlar unvon emas,
balki urug‘ nomi ekanligini ta’kidlashadi, yana bir guruh olimlar “ko‘ragon” xonning
kuyovi deb hisoblashsa, bir guruh olimlar esa “ko‘ragon” xonning kuyovi emas, balki
“bahodir”- degan ma’noni bildiradi, deb ta’kidlashadi. 
Yevropalik sayyoh Xerman Vamberi “ko‘ragon” atamasiga turlicha
yondoshgan. Jumladan, bir ta’rifida uni urug‘ning bir tarmog‘i sifatida, yana bir
ta’rifida esa “ko‘rkli va ko‘rkam” deb e’tirof etgan. Biroq ikkala fikrda ham urug‘ga
ishora qilgan. Shu nuqtai-nazardan, u Temurning urug‘i barlos bo‘lsada, lekin
“ko‘ragon” urug‘ning bir tarmog‘i, ya’ni Barlos urug‘ining ko‘ragon (ko‘rkli,
ko‘rkam) tarmog‘idan deb hisoblagan. 

2, 30-b.

“Temurnoma”
asarida ham “ko‘ragon” atamasiga to‘xtalib o‘tilgan va barlos
urug‘ini tarkibida ko‘ragon tarmog‘i borligiga ishora qilingan. Xususan, unda
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
111


“Kuragon asli Turkon budaast. Dar urf “kuragon” mego‘yand” ya’ni ko‘ragon asli
turklar edilar. Urfga ko‘ra ularni ko‘ragon deyishadi – deb, yozilgan.

3, 40-b.

Shuningdek, Bayonqulixonning Amir Tarag‘ayga yo‘llagan maktubida barlos va
ko‘ragonni alohida farqlovchi jihatini ko‘rishimiz mumkin. 
Xususan, unda Qoshg‘arni bosib olgan mo‘g‘ullarni daf qilish uchun barlos va
ko‘ragon aholisidan lashkar olish aytib o‘tiladi. 

3, 41-b.

“Temurnoma”, Fosih Ahmad Havofiyning “Mujmali fosixiy”, Nizomiddin
Shomiyning “Zafarnoma
,
Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” kabi
asarlarida ham Amir Temur ko‘ragon deb yuritiladi. Ushbu asarlardagi voqealarni
o‘rganar ekanmiz, “ko‘ragon” xonning kuyovi ma’nosini bermaydi.
Tadqiqotchilarning bir guruhi “ko‘ragon” atamasini xonning kuyovi ma’nosida
ishlatganlar. Xususan, Ibn Arabshoh “Temur Xitoy xonlari qiziga uylanganligi
sababli “Ko‘ragon” unvonini olgan va bu atama mo‘g‘ulchasiga “xatan” xon kuyovi
degan ma’noni anglatadi”- deb yozadi. Bunga Chingizxonning otasi Yasugay bahodir
o‘g‘liga sovchi bo‘lib, Daychechenning huzuriga borganida u “Mayli qizimni beray,
sen esa o‘g‘lingni “Kuyov” (gurgen, kurgen) qilib tashlab ketaver”-degan va
Chingizxon va uning avlodlari qizlariga uylanganlar va “ko‘ragon” – xonning kuyovi
unvonini olganlar. Bundan ko‘rinadiki, Ibn Arabshoh mo‘g‘ullardagi mavjud urf
odatni va Amir Temurni Chig‘atoy ulusiga mansub bo‘lgan mo‘g‘ul xonlaridan
Qozonxonining qizi Saroy Mulkxonim (Bibixonim)ga uylanganligini asos qilib
olgan. 
Bundan tashqari, Lyusen Keren ham Amir Temurni Chingizxon avlodidan
bo‘lmish bir malikaga uylanganligini asos qilib, xonning kuyovi sifatida talqin etadi.
T.Fayziev o‘zining “Temuriylar shajarasi” asarida “ko‘ragon” atamasiga
to‘xtalib, uni xonning kuyovi ma’nosini anglatishini va shu nuqtai-nazardan Amir
Temurning Saroy Mulkxonimga uylanishi natijasida “ko‘ragon” ya’ni xonning
kuyovi unvoniga ega bo‘lganini yozadi.

4, 54-b.

Shular qatorida P.Qodirov ham o‘zining “Amir Temur siymosi” kitobida
“Temurbek Qozonxonning qizi Saroymulkxonimni nikohiga olgandan so‘ng uning
nomiga “Ko‘ragon”, ya’ni “xon kuyovi” degan unvon ham qo‘shib aytiladigan
bo‘ldi”

5, 94-b.

-deb yozadi.
Tadqiqotchilarning bir guruhi “ko‘ragon” atamasini xonning kuyovi emas, balki
“bahodir” sifatida talqin etishgan. “Ko‘ragon” mo‘g‘ulchada xonning kuyovi
ma’nosini anglatsa, turkchada “Kur”

6, 550-b.

, “Kuragon (Gurgon)”

7, 42-b.

atamalari “bahodir” ma’nosini anglatadi. Amir Temur zarb ettirgan tangalarda arab
alifbosida “Kurgon”, Amir Temurning qabr toshida esa “Gurgon” tarzida yozilgan. 
O‘.Alimovning yozishicha, XIX asrda to‘qilgan bir gilamda Amir Temurning
o‘z a’yonlari, qo‘riqchilari davrasida o‘tirganligi tasvirlangan. Amir Temurning tepa
qismida hoshiya ichida “Amir Temur Gurgoni” degan yozuv bitilgan. Bu tarixiy
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
112


shaxslar ismiga Samarqandiy, Toshkandiy, Buxoriy kabi qo‘shib yozilib, ularni shu
yurtdan ekanligini bildirgan. Shu nuqtai-nazardan, “Gurgoni” Amir Temurning
bahodirlar yurtidan ekanligiga ishora sifatida talqin etgan. 
“Ko‘ragon” atamasini “bahodir” sifatida talqin qiluvchilar, Amir Temurning
birinchi o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzoni 1374 yili 18 yoshida Oltin O‘rda
xonining nabirasi Xonzoda (Sevinchbeka) begimga uylanganligi va 20 yoshida vafot
etib, lekin tarixda “ko‘ragon” degan unvonni olmaganligi, uning vafotidan so‘ng beva
qolgan Xonzoda begimga 1383 yili Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Minronshoh
uylanib “ko‘ragon” unvonini olganligni ham asos sifatida ko‘rsatadilar.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Amir Temur va temuriylar ismidagi
“ko‘ragon” atamasi borasidagi qarashlar tarixchi olimlar o‘rtasida ko‘proq “xon
kuyovi” degan to‘xtamga kelingan. Va bu umumta’lim maktabning tarix darsliklarida
ham o‘z aksini topgan. 
Lekin yuqoridagi keltirilgan manbalarni to‘liq o‘rganish hamda tahlil etish
tarixchi olimlarimiz uchun yana bir katta ilmiy tadqiqot ishi hisoblanadi. Zero,
tariximizda hali o‘rganilmagan juda ko‘p qimmatli manbalar va ma’naviy meroslar
bor.

Download 7,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish