SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA ROVIY OBRAZINING
O’ZIGA XOSLIGI
Gulsanam Mashrapova
Farg’ona viloyati, Quva tumani, 62-IDUMI
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Shukur Xolmirzayevning badiiy mahorati,
bayon uslubining o’ziga xosligi, yozuvchi ijodida hikoyachi – roviyningning o’rni va
turlari haqida uning hikoyalari misolida mulohaza yuritiladi.
Kalit so’zlar:
hikoya, bayon usuli, hikoyachi nutqi, hikoyachi-roviy, tiglovchi-
roviy, suhbatdosh munosabati
O’zbek hikoyachiligi rivojida Shukur Holmirzayevning beqiyos o’rni bor. Agar
ustoz Abdulla Qahhor hikoyalarini qisqalik, aniqlik, “so’zga xasislik” mashhur qilgan
bo’lsa,
Shukur Xolmirzayevni, buning aksi o’laroq, batafsillik, har bir detalni
erinmay tasvirlash, o’z
qahramoni aytganidek, “shundoq ko’z oldingga keltirib
qo’yadigan”, kitobxonni qarshisiga o’tirgizib olib xuddi o’tgan - ketgandan gurung
berayotgandek bayon usuli xalq orasida mashhur qildi va sevimli yozuvchiga
aylantirdi. “Shukur Xolmirzayev hikoyanavis sifatida nimani qanday va qay tarzda
tasvirlash mumkin hamda zarurliginini juda yaxshi biladi va mas’uliyatni chuqur his
qiladi. U hikoyada inson hayotiga oid biron-bir voqeani shunchaki aytib berishni
emas, balki turli rakurslar orqali ko’rsatishni, badiiy tasvirlashni niyyat qildi va bu
maqsadiga to’la erishdi. Xuddi mana shu fazilati bilan Shukur Xolmirzayev o’zbek
hikoyachiligida chinakam inqilob yasadi
1
.
Uning asarlari o’ziga xos tasvir uslubiga ega. Adibning hikoyalaridagi roviy
kitobxonni o’ziga juda yaqin tutadi , “birodar”, “do’stim”, “azizim”, “og’ajon”, “aka”
kabi so’zlar bilan “siylab turadi”, “sezyapsizmi”, “ko’rdingizmi”, “bunga nima
deysiz”, “ishonasizmi- yo’qmi” kabi murojaatlar bilan hushyor torttiradi, mulohazaga
chorlaydi. Shukur Xolmirzayevning aksar hikoyalari hikoyachi- “men” tilidan hikoya
qilinadi. Lekin ularning har birida u yoki bu darajada roviy munosabati anglashilib
turadi. Agar “Quyosh-ku falakda kezib yuribdi”, “Xorazm,jonginam”, “Haykal” kabi
hikoyalarda “hikoyachi-roviy – men” birlashgan holda namoyon bo’lsa, “Ustoz”,
“Uh”, Hukumat” “Qumrilar”, “O’zbek xarakteri” kabi hikoyalarda roviy bir vaqtning
o’zida
ham tinglovchi, ham “men”ning hikoyasini “boshqalar” ga yetkazuvchi
“ko’prik” vazifasini o’taydi.
“Ustoz” hikoyasi “
meni bilasan…”
jumlasi bilan boshlanadi. Ho’sh, u bu
jumlalarni kimga aytyapti, uning suhbatdoshi kim ekan, ularning suhbati-chi, nima
haqida? Dastlab bayon 1-shaxs tilidan olib borilayotgandek tasavvur uyg’otadi, uni
1
Solijonov Y. Haqiqatning sinchkov ko’zlari.T, 2009-y,70-71-b.
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
78
bizga yetkazuvchi roviy esa “ko’rinmaydi”, u - “shunchaki suhbatdosh”. O’zini juda
sahovatpesha, shogirdidan jonini ayamaydigan, fidoyi, adolatparvar, “vijdonli odam”
deb biladigan, aslida razil, qo’rqoq,
bir insonni halokatiga, kelajagi bor yorqin
iste’dodni so’nishiga sabab bo’lgan imonsiz kimsaning kirdikorlari uning o’z nutqi
orqali ochib ketma-ket fosh qilina boradi. Jimgina kuzatuvchi rolini bajarayotgan
roviy hikoya so’nggida o’zini namoyon qiladi:
Men mashinani to’xtatdim.
-Tushing, domla!
-E, nimaga?
-Men o’lishni istamayman.
Xuddi shu jumlalargacha hikoyachi qahramon haqidagi taassurotni, xulosa
chiqarishni o’quvchining o’z ixtiyoriga beradi. So’nggida esa o’z “qarorini aytadi”.
”Suhbatdoshlik” “Uh” hikoyasida ham davom etadi. Endi roviy – yozuvchi, boshidan
o’tganlarini “siz
yozuvchilar tushunmasangiz, boshqa birov tushunmaydi” deya
dardini aytgani kelgan ayolning tinglovchisi. Xuddi “Ustoz” hikoyasida bo’lganidek,
ushbu hikoyda ham roviy munosabati aniq namoyon bo’ladi. Ayolning hikoyasini
tinglagach, “o’z bahosini beradi” , kitobxondan bir qadam ilgari bosib o’z xulosasini
aytishga shoshiladi.
- Gap shu, - dedi juvon, - Men endi nima qilay? Undan ajralishim mushkul.
-
Shunaqa qilib yuravering,-dedim.
-
Qiziqmisiz?
-
Nima deyin bo’lmasa?
-
Siz yozuvchi-ku?
-
Xo’sh?
-
Yozuvchi sifatida bizga qanday baho berasiz?
-
Yozuvchi baho bermaydi.
-
Xo’p, odam sifatida baho bera olarsiz?
-
Ha, - dedim. – Siz haqingizda gapirmayman.- Biroq U – g’irt ablah ekan.
-
Nima-a?
-
Shayton ekan.
Juvon o’rnidan sapchip turdi.
- O’zingiz ablah, o’zingiz shayton, - dedi-da, eshikdan chiqib ketdi.
Ushbu o’rinda roviy (asardagi yozuvchi) hikoya qahramonlari - qalb tuyg’usi
bilan nafs istagini farqiga bormaydigan, ayollardan o’z manfaati yo’lida
foydalanadigan, ularni qattiq ishontira oladigan, “adresimga yaxshi gap bo’lmaydi”
deb bir pasda chetga chiqarib qo’yadigan odam va shirin hayotini, ”qobil, mo’min”
erini, uyini tashlab chiqqan, eng achinarlisi- ana shu
badbaxt inson haqida hech
qanday yomon xayolga bormaydigan adashgan ayol haqida fikrlashimiz, xulosa
qilishimizda ”yordamga kelayotgandek” taassurot qoldiradi. Haqiqatan ham,
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
27 July 2020
www.openscience.uz
79
”prozada muallif nuqtai nazari bilan kitobxon nuqtai nazari bir-biriga to’la muvofiq
kelmaydi. Rivoyada ana shu farqdan ham foydalaniladi.uallif
oldinroqqa yurib
kitobxonni kutilmagan yangiliklardan xabardor qilib boradi. Kitobxon ham
hikoyachidan ortiqcha orqada qolib ketishi mumkin emas. Kitobxon muallif ketidan
qolmasdan, uning izidan qadam- baadam borishi zarur. Muallif bilan kitobxon ikkisi
bir xil zamon va makonda, yagona tarixiy muxitda istiqomat qiladi. Kitobxon aniq bir
hikoyachining qarashlarini qabul qiladi. Hikoya qaysi personaj tilidan olib
borilayotgan bo’lsa, o’shaning orqasida joylashadi. Aks holda badiiy tasvir samarasiz
bo’ladi.
2
Agar yuqoridagi ikki hikoyada insonning shaxsiy qusurlari, o’zigagina
bog’liq kamchiliklari tanqid ostiga olingan bo’lsa, “Hukumat” hikoyasida butun bir
avlodning umumlashma obrazi bir paytlar ”hukumat opoy” bo’lgan, ”hukumatning
o’zi ko’madi deb o’limlik ham yig’magan”, hozir esa o’sha hukumatning yordamiga
muhtoj, o’zi bino qilgan va hozir yer bilan yakson bo’lgan tuzumdagi o’zgarishlar
oldida lol-u hayron “veteran” kampir qiyofasida aks ettiriladi. Ushbu hikoyada ham
roviy “suhbatdoshlik” rolini o’ynaydi.
Chunki mazkur hikoya, garchi 1-shaxs -
kampir nutqidan berilsa-da, zimdan hikoyachi roviy ekani ma’lum bo’ladi. U “sho’ro
raisi” bo’lgan kampir, “kolxoz raisi” bo’lgan chol, eski mashinasini yangi
qilolmayotgan, ”maktabga boradigan bo’p qolgan” o’g’lini qo’lini hallollab
ololmayotgan Kenjaboy, hatto Afg’onistonga bir oyog’ini tashlab kelgan bo’lsa-da
kichik bir ishi bitmayotgan yoshgina yigit bilan hamroh, dardiga sherik.
Har qanday sharoitda ham insoniyligini yo’qotmaydigan, rahbar bo’la turib
qo’lidan hech narsa kelmagach, o’z uyidagi “shipr”ni muhtoj kampirni uyiga eltib
bergan Qodirjon kabi kishilardan minnatdor.
Xulosa qilib aytganda, Shukur Xolmirzayev hikoyalarida hikoyachi-roviy obrazi
turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. So’zlovchining kitobxon bilan muloqot usuli,
suhbatdoshlik, o’quvchini o’ziga yaqin olishlik adib hikoyalarida roviyning o’ziga
xos ko’rinishini namoyon qildi.
Aytish mumkinki, yozuvchi uslubi o’laroq xalq
orasida mashhur bo’lishida va adabiyotimiz hazinasidan mangu joy olishida muhim
omillardan biri bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: