―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
143
www.academiascience.uz
Barglari o‗rtacha kattalikda, 3-5 bo‗lmali bo‗lib, o‗rtacha tuklangan. Gullari o‗rtacha
kattalikda, gultojbarglari och sariq rangda changchilari sariq. Ko‗saklari o‗rtacha
kattalikda, tuxumsimon shaklda, 4-5 chanoqli. Bir ko‗sakdagi paxta vazni 5,5-6,0
gramm. Chigit tukli, kulrang, 1000 dona chigit vazni 110-115 grammni tashkil etdi.
Navning tola xususiyatlari O‗z DSt 604-2001 standartiga asosan taxlil
qilinganda: oq rangli, uzunligi 34,6-35,0 millimetr, tola chiqishi 36-37 %, pishiqligi
4,7 gramm/kuch, nisbiy uzulish uzunligi 27,6 gk/teks, metrik raqami 5830,
mikroneyri 4,5sanoat tipiga mansub ekanligi aniqlandi.
G‗o‗za navi tupi baquvvat va barg plastinkalari qalinligi bilan vertitsillyoz vilt
va so‗ruvchi zararkunandalarga bardoshli. Vilt bilan zararlanish darajasi 3,1% ni
tashkil qiladi.
2019 yil tajribalarimiz natijasida umumiy xosildorlik gektariga 44,6 sentnerni
tashkil etdi.
Davlat nav sinovi o‗tkazilish jarayonlarida bizga ma‘lum bo‗lishicha,
taxlillarimiz shuni ko‗rsatdiki, g‗o‗zaning yangi «AQXI-1» navini tuprog‗i unumdor
maydonlarga joylashtirish maqsadga muvofiq xisoblanadi uni muayyan tuproq
sharoitiga, yerning nishabligiga, relefiga mos xolda 60 va 90 smqator oralariga ekish
mumkin. Chigitni qo‗sh qatorlab ekishga, plyonka usulini qo‗llab ekishga mos. Chigit
ekish chuqurligi, bir uyaga tashlanadigan urug‗ soni boshqa navlardan farq qilmaydi.
Chigitlar tekkis unib chiqqan maydonlarda o‗simlik o‗rtacha 1-2 dona chinbarg
chiqarganda yagana o‗tkaziladi. Mazkur nav uchun muayyan dalaning tuproq
sharoitiga qarab ko‗chat qalinligi qoldiriladi. Xususan, tuproq unumdorligi yuqori
maydonlarda gektar xisobiga 80-90 ming tup, o‗rtacha unumdor tuproqlarda 90-100
ming, tuproq unumdorligi past toshloq, adirli dalalar sharoitida 110-120 ming tup
ko‗chat qalinligini saqlash tavsiya etiladi. Qo‗sh qator qilib ekilganda gektariga 150-
180 ming tup qoldirish navning xosildorligini oshiradi va navning xo‗jalik
belgitlariga salbiy ta‘sir qilmaydi.
«AQXI-1» navini vegetatsiya davrida birinchi marta sugorish tuproq sharoiti
xamda o‗simlik xolatiga qarab sizot suvi chuqur joylashgan maydonlarda bir tup
o‗simlik o‗rtacha 6-7 chinbarg chiqarganda yoki shonalash davri boshlanganda, sizot
suvi yuza zaxkash tuproqlarda esa g‗o‗za yoppasiga shonalash yoki gul
ko‗rinaboshlagan davrida o‗tkaziladi. Keyingi sug‗orishlar o‗simlik xolati tuproq
namligiga qarab o‗tkaziladi. Ushbu navni ma‘dan o‗g‗itlar bilan oziqlantirishning
yillik me‘yori: azot-250 kg/ga, fosfor-175 kg/ga, kaliy-125kg/ga dan 1:07:05 nisbatda
bo‗lishi lozim. Navni ma‘dan o‗g‗itlar bilan oziklantirish kechi bilan oddiy ochiq
usulda qo‗llangan maydonlarda 20 iyulda, plyonka usuli qo‗llangan maydonlarda 10
iyulda tugatilishi kerak. Bu nav parvarishlanayotgan dalalarda g‗o‗za qator oralariga
ishlov berish chuqurligi, kengligi, soni amaldagi, ya‘ni, odatiy usuldagi tavsiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |