“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
53
www.academiascience.uz
bilib oladilar. 4-sinfda gapning uyushiq bo'laklarini o'rganish bilan gap bo'laklari
haqidagi bilim kengaytiriladi. Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi
tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan,
boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi
darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali
bo'laklar turlarga ajratilmaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
4.
A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi",
1992.
5.
J. G ‗. Yo'ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. — Т.:
„O'qituvchi", 2004.
6.
www.ziyouz.com
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
54
www.academiascience.uz
KIMYO DARSIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH METODIKASI
Avezova Madina G`ulomjonovna,
Xalibekova Almagul Kenjebayevna
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan
ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda
mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini
isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or
pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini
oshirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. ―Ta`lim to`g`risida‖gi Qonun va
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi
orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Zamonaviy ta`limning dolzarb muammolaridan biri o`quvchlarni mustaqil
hayotiga tayyorlash, ularning manfaatlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning
hayotiy rejalarini ro`yobga chiqarishdir. O`qishni individuallashtirish, bilimlarni
faollashtirish, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari, ularning
muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining shartlaridan biri sifatida juda katta ahamiyatga
ega. Hоzirgi davrda jamiyat eng sharafli kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar oldiga
o‘quvchilarga faqatgina bilim berish emas, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini
rivojlantirishdek dolzarb masalani qo‘ymoqda. Ta‘lim jarayonida asosiy maqsad
o‘quvchilarga bilim va tarbiya berishgina emas, balki ularning shaxsini shakllantirish
usuli sifatida o‘rin tutadi. Bu borada zamonaviy axborot kompyuter texnologiyalari
keng doiradagi sermazmun imkoniyatlarga ega.
Ta‘limning oddiy texnik vositalaridan farqli ravishda, AKT o‘quvchilarga ko‘p
sonli tayyor, qat‘iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim
etish bilan bir qatorda, o‘quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi
bilimlarni mustaqil egallash, turli axborot manbalari bilan ishlash malakalarini
rivojlantirishga imkon beradi. Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik
masalalarni hal etishga yordam beradi:
• fan bo‘yicha tayanch bilimlarni o‘zlashtirish;
• o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish;
• juda chalkash savollarga javob berishga o‘rgatish;
• AKTdan foydalanib, o‘quv materiali bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish;
• o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA
YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 2
4
-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |