Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘G‘risida


-modda. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar



Download 38,8 Kb.
bet10/16
Sana25.04.2022
Hajmi38,8 Kb.
#581527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
ilm-fan va ilmiy faoliyat togrisidagi qonun

24-modda. Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD), fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalarini, professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chet davlatlarda olingan ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarning O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
25-modda. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash
Ilmiy daraja olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasi qoshida tegishli ixtisoslik bo‘yicha tuzilgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda himoya qilinadi.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi shart.
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi va dissertatsiyaning tanlangan ixtisoslikka mosligi, ekspertizaning sifati va xolisligi, qabul qilingan qarorning asoslantirilganligi uchun mas’ul hisoblanadi.
26-modda. Ilmiy ekspertiza
Ilmiy ekspertiza ilmiy loyiha bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyatdir.
Ilmiy ekspertiza:
qatnashchilarining mustaqilligi va huquqiy himoyalanganligi;
ilmiy loyiha ilmiy yondashuvda, xolis, to‘liq va har tomonlama o‘rganilishi;
ekspertiza natijalarining asoslantirilganligi;
ekspertlarning chuqur bilimga egaligi va yuksak darajada o‘z ishining ustasiligi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq davlat, xizmat va tijorat sirlariga rioya qilgan holda ekspertiza natijalarining ochiqligi;
(26-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamoat, texnika, ekologiya xavfsizligi, milliy va xalqaro standartlarga rioya qilish tamoyillariga tayangan holda amalga oshiriladi.
Ilmiy ekspertizani amalga oshirish jarayonida uning natijalaridan shaxsan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ilmiy ekspertiza jarayonida qatnashgan va qabul qilingan xulosa bilan kelishmagan ekspert o‘zining asoslantirilgan fikrini mazkur xulosaga qo‘shib qo‘yishi mumkin.
Ilmiy ekspertizani o‘tkazishga chet el mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Davlat buyurtmasi asosida bajariladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar davlat ilmiy ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
Ilmiy ekspertiza ushbu masala bo‘yicha vakolati bor davlat tashkilotining qaroriga ko‘ra o‘tkaziladi.

Download 38,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish