Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, - 869, Termiz) - Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega boʻlgani uchun "Al-Hakim"(dono) degan tahallusni olgan. Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy faoliyati uning boshqa mamlakatlar va shaharlarga sayohati bilan chambarchas bogʻliq. U Balxda, Nishopurda boʻlgan, fan va madaniyat yuksak rivojlangan Bagʻdodga borgan. Bu shaharlarda u mashxur olimlar bilan uchrashgan, ilmiy munozaralarda qatnashgan. Shunday boʻlsa-da, Hakim at-Termiziyning ilmiy-ijodiy hayotida uning ona shahri — Termiz juda muhim rol oʻynagan, oʻzining asosiy asarlarini alloma shu yerda yaratgan. Uning mavʼizayu xutbalari, shuningdek ayrim asarlari va, eng avvalo mu-sulmonlik marosimlari, Allohga oshiqlik, sufiylarning ayrim toifalari, "xotamul anbiyo" bilan bir qatorda boʻlgan "xatmul avliyo" toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan "Xatmul-avliyo", "Ilal ash-shari`a" faqihlar va arboblarning maʼlum qismida norozilik uygʻotgan. Hakim at-Termiziy badxohlar taʼqibidan qutulish uchun Balxga, soʻng Nishopurga ketishga majbur boʻlgan. U yerlarda allomani kuvonch bilan kutib olishgan. Keyinchalik u yerlarda tarafdorlari va izdoshlari koʻpaygan.
Mirzo Ulug’bek.
- Mirzo Ulug’bek Shohruh Mirzoning oilasida 1394 yil 22 martda dunyoga keldi.U yoshligidan o’tkir zehinli, kuchli xotirali, teran fikrli, qat’iyatli bo’lib yetishdi. Astronomiya ilmining bilimdoni Salohiddin Muso ibn Mahmud Qozizoda Rumiy rahnomaligida fan asoslarini ayniqsa astranomiya ilmini puxta o’rgandi, Samardandda R asdxona qurdirdi, sayyoralar sirini tadqid etib, “Ziji ko’ragoniy” nomida jadval tuzdi. Natijada astranomiya maktabi tashkil topdi, bu maktab o’sha davrda “Dorul ilm” akademiyasi sifatida shuhrat topdi.
- Mirzo Ulug’bek dunyoviy ilmlar bilan bir qatorda turkey, forsiy va arab tillarini ham o’rgandi, o’z faolyatini me’morchilikning rivojlantirishga ham ahmyat berdi.
- Mirzo Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda 56 yoshida yovuzlarcha o’ldirildi.
- Ulug’bekning ma’rifiy, pedagogik g’oyalari.
- Ulug’bekning ma’rifiy, pedagogik qarashlarida dunyoviy ilmlarni egallash, ma’rifiy, ta’lim tarbiya barkamol insonni yetishtirishga asosiy omil ekanligi haqidagi g’oyalar muhim., markaziy o’rinda turadi.U bunyod etgan madrasalarda dunyoviy fan mutaxasislari ham tayyorlashga alohida etibor berildi, falakkiyot, riyoziyot, kabi aniq fanlar o’qitildi.madrasa Ulug’bekning o’zi va G’iyosiddin Koshiy, Alovuddin Ali ibn Qushchi kabi yetuk olimlar dars berishdi.
- Ulug’bek talabalarni darslilar bilan ta’minlashga, darsliklarga ilm asoslarining ifodalanishiga etibor berdi.mualliflardan ilmiy- amaliy jihatdan mukammal darsliklar yaratish talab qildi. U madrasada dasr beruvchi ustozlarni chuqur bilim va ma’rifat sohibi sifatida talabalarga o’rnak o’rnak bo’lishga da’vat etdi.Ulug’bekning o’zi shunday fazilatni o’z shax-siyatida namoyon qildi.
- Ulug’bek ta’limda asosiy e’tiborini talabalarda mustaqil mutolaa, mustakdl ijodiy fikrlash, qobiliyat, ko’nikmalarni shakllantirish va rivoj toptirishga qaratdi. Bu sohada Ulugbek qullagan usul tala-balar orasidan diniy va aniq fanlar bo’yicha taniqli ilm ahdlarining etishib chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.
- Ulug’bek Buxorodagi madrasa darvozasining yuqorisiga "Talab ul ilma farizatun alo kulli muslimin va muslima", ya’ni "Ilmga talab har musulmon erkak va ayol uchun farzdir", deb yozdirib quygan so’zlari uning naqadar buyuk ilm axli tolibiligi, ma’rifatparvar-ligi va insonparvar bo’lganligiga dalolatdir.
- Umuman, Mirzo Ulug’bekning ilm-fan, ma’rifat, ta’lim-tarbiya xususida bildirgan pedagogik fikrlari hozirgi davrda qimmatli va ular pedagogik fikr rivojiga qo’shilgan salmoqpi hissadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |