Illiy g'oya O'zbekiston jamiyati ribojlanishining g'oyaviy asosi



Download 49,5 Kb.
bet2/2
Sana20.04.2020
Hajmi49,5 Kb.
#45988
1   2
Bog'liq
Mustaqil O‘zbek-WPS Office

kuch ekanini ko‘rsatib turibdi.

Bu sohadagi asosiy g‘oyalarga ko‘ra, insoniyat istiqboli komil insonni shakllantirish orqali yuzaga keladi, iymon-e'tiqod, axloq-odob esa inson tafakkurining ajralmas tarkibiy qismidir. Mazkur yo‘nalishdagi g‘oyalar talqinida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Xoja Ahmad Yassaviy ta'limotida insonning o‘z gunohlarini, jumladan, shaxsiyatparastlik, ta'magirlik, boriga qanoat qilmaslik kabi illatlari ayovsiz ochib tashlanib, ulardan uzoqlashishga da'vat qilinadi. Vatanparvarlik jasoratini ibrat tariqasida ko‘rsatgan Najmiddin Kubro o‘z tariqatining mohiyatini o‘nta usulda mujassamlagan. Bular - Tangriga o‘z xohishi bilan yuzlashish, zuxd fi dunyo - har qanday lazzatdan o‘zini tiyish, tavakkul - Allohga e'tiqodi pokligi uchun barcha narsalardan voz kechish, qanoat, uzlat - xilvatni ixtiyor qilish, mulozamat az-zikr - uzluksiz zikr, tavajjuh - Haqqa muhabbat qo‘yish, sabr - nafs balosidan ozod bo‘lish, muroqaba - tafakkurga g'arq bo‘lish, rizo - Tangri xushnudligini qozonishdan iborat. Tasavvuf ta'limotiga ko‘ra, ezgu g‘oyalarni insonlar qalbida shakllantirish bilan birga, farovon hayot kechirishning asosiy manbai mehnat orqali kun kechirish ekanini targ'ib etishdir.

Bahouddin Naqshband ta'limotining mohiyati “Dil ba yoru dast ba kor” g‘oyasida yakqol ifodasini topgan. Inson Alloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Allohda, qo‘li esa mehnatda bo‘lmog'i kerak. Uning ta'kidlashicha, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, bu esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy kuvvatdan bahramand qiladi. Abu Nasr Forobiy inson aql vositasida ilm-fanni yaratadi, deydi. Fan tufayli hodisalar mohiyati ochib beriladi, har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Mutafakkir o‘z asarlarida komil inson, fozil fuqaro, odil hukmdor, baxt-saodat, unga erishish yo‘llari, davlatning xususiyatlari, axloqiy va aqliy tarbiya, ijtimoiy istiqbol to‘g'risidagi ilg'or g‘oyalarni ilgari surgan. Buyuk qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy g‘oyalari asosida shakllandi. Beruniy “Oddiy javharlar paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishni bilmaydi”, degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda abadiylik birinchi sababbilan bog'liq, chunki u yaratuvchi umrini anglatadi. Yana bir alloma Abu Ali ibn Sino o‘z asarlarida ilm va axloq-odob uyg'unligi, inson kamoloti, baxt-saodat, ijtimoiy adolat, kishilarning o‘zaro hamkorligi, hukmdorning burchi to‘g'risida qiziqarli g‘oyalarni ilgari surgan. Uningcha, barchani bir xil ijtimoiy mavqega erishtirib bo‘lmaydi. Aslida ular uchun muayyan sharoit yaratib bermoq lozim.Insoniyat tarixida shunday g‘oyalar borki, ular buyuk ishlarga tayyor millatlarni o‘zining yo‘lboshchilari etakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritishmumkin bo‘lgan natijalarga erishishga undaydi. Aynan bunday goyalarning amaliy ifodasi insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga ulkan hissa bo‘lib qo‘shiladi.Har bir xalqning tarixi shu xalqdan etishib chiqqan buyuk siymolar, mard qahramonlar va fidoyi insonlar hayoti hamda faoliyati asosida bitiladi. Xalqimizning Shiroq va To‘maris, Spetamen, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy va Bobur Mirzo kabi atoqli farzandlari bunyodkor g‘oyalar sohiblaridir. Amir Temur va temuriylar davridagi ana shunday yuksak g‘oyalar xalqimizning milliy dahosini eng yuksak cho‘qqiga ko‘tardi.

Amir Temurning “Kuch - adolatda” g‘oyasi mamlakatdaga salbiy illatlarni yo‘qotishda, turli janjal va nizolarni bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o‘rnatishda, insonparvarlik g‘oyalarini tarqatishda asosiy o‘rin egalladi.Shu davrning mevasi - Alisher Navoiy ijodiy merosida in-sonparvarlik va komil inson g‘oyalari muhim o‘rin egallaydi. Shoir o‘z asarlari orqali ushbu g‘oyalarni yoydi, turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlikni ulug'ladi. Xalqni farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan xoli bo‘lgan davlat tuzumini orzu qildi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik kabi umuminsoniy g‘oyalari, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g'risidagi qimmatli fikrlari respublikamiz istiqlolga erishganidan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz o‘tmishida temuriylardan keyingi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar rivoji alohida o‘ringa ega. Ma'lumki, temuriylar davlati asta-sekin inqirozga yuz tutib, mayda davlat-larga bo‘linib ketdi, mahalliy nizolar kuchayishiga olib keldi. Bu iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at ravnaqiga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy bilimda tanazzul ro‘y berdi. Shunga qaramasdan, davr mohiyatini aks ettiradigan teran fikr va g‘oyalar vujudga keldi. Masalan, Boborahim Mashrab insof, adolat, diyonat, saxovat, aql-zakovat, ruhiy komillik, halol-lik, mehr-oqibat, kamtarlik kabi ma'naviy-axlokiy fazilatlarni tahlil qilib, salbiy illatlarni qoraladi. Uningcha, inson o‘z millati boyligi bilan emas, balki odamiyligi, insonparvarligi. vijdoni bilan boshqalardan afzal bo‘la oladi. Shoir o‘z ijodida Allohga muhabbat g‘oyasini tasvirlaydi. U tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to‘g'rilikka chaqiradi. Inson hirsu ochko‘zlik, hayvoniy sifatlar, manmanlik, xudbinlik kabi xislatlardan poklanish uchun o‘z asli - ilohiy ishqqa yuz tutishi lozim. Aks holda, u insoniyligini yo‘qotib, tubanlashib ketishi muqarrar.

Ogahiy o‘z ijtimoiy qarashlarida insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi, odamlarni yaxshilik va ezgulikka, xayrli ishlarga va ma'rifatparvarlikka da'vat etdi. Ahmad Donish esa o‘z asarlarida mamlakatni odilona boshqarish uchun islohot zarurligini uqtirdi. Uningcha, hukmdor bilimdon, aqlli bo‘lib, xalqning manfaatini himoya qilishi, o‘z atrofidagilar bilan kengashib, davlatni idora qilishi lozim.A.Donishning g‘oyalari hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.XX asr boshida vujudga kelgan jadidchilik harakatining taraqqiyparvar namoyondalari -Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Munavvar qori, Abdulla Avloniylar ijodi va faoliyatida ma'rifatparvarlik g‘oyalari yanada kuchaydi. Ular yangi maktablar qurish, yosh avlodni ilmli kilishga, ma'rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardir. Ularning asarlarida millat va Vatan taqdiri, axloq va ta'lim-tarbiya kabi masalalar, xalqlarni birlashtirish, butun o‘lkaning ma'rifiy taraqqiyoti uchun kurash g‘oyalari ilgari surilgan.Shuningdek, xalqni asriy qoloqlikdan qutqarish yo‘llari, iqtisod, tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatni xom ashyo qaram-ligidan xalos etish, ma'rifat va ma'naviyatni yuksaltirish masalalari yoritilib, jaxon fani hamda texnikasi yutukdarini o‘rganish kabi g‘oyalar ham jadidlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biri edi. Ularning millatparvarlik va vatanparvarlikruxi bilan sug'o-rilgan g‘oyalari hozir ham ma'naviyat hamda ma'rifatni ravnaq toptirishda, xalqning o‘zligini anglashida muhim ahamiyatga ega
Download 49,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish