Viruslarning yaratilish tarixi. Ko'pgina fantastik filmlar orqali sizga tanish bo'lgan g'oya — robotlarning tirilishi, ko'payib ketishi va zararkunandaga aylanishi o'z-o'zidan paydo bo'lmagan, ular viruslarning yaratilish tarixi bilan juda o'xshash. XX asr 50-yillarining oxirida aynan shunday fantastik filmlar ko'paygan bir davrda, kompyuter ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilar, kompyuter yig'ish bosqichini bosib o'tib, dasturlar yaratishga ahamiyat bera boshlagan edi.
Ma'lumki, insondagi DNK unga hayot va individuallik baxsh etuvchi o'ziga xos kod sanaladi. O'sha paytda olimlar xuddi shu singari mashinaga ham kod o'ylab topib, unga hayot berish imkoni mavjudmi? — degan savollar ustida izlana boshlagan. Bu savolga javobni birinchi bo'lib kompyuterchilar otasi — Djon fon Nyumann izlay boshlagan. Olim bu haqida o'ylar ekan, o'z-o'zini ko'paytirishga qodir, o'zi uchun yangi amallar bajarish imkoniyatlarini yarata oladigan mexanizmlar haqida fikrlay boshladi va g'oyalarini 1949-yildan boshlab qog'ozga tushiradi. O'sha vaqtda bularning barchasi faqat qoralama sifatida qolib ketgan bo'lsada, 10 yildan so'rtg tadqiqodchining g'oyalari hayotga tatbiq etila boshladi. Shu davrda AQSHning ilmiy tekshirish markazlaridagi ulkan kom-pyuterlarda noodatiy dasturlar paydo bo'ldi. Ular inson tomonidan berilgan buyruqlarga qat'iy bo'ysunuvchi dasturlardan farq qilib, istalgan vaqtda, istalgan joyda paydo bo'lishi va o'z-o'zini boshqarishi mumkin edi. Mazkur dasturlar zarar keltirish uchun emas, shunchaki mukam-malroq dastur sifatida yaratilgan edi.
Ular hatto bir-biri bilan kurashishga kirisha oladigan kuchga ega edi. Kompyuter dunyosining vakillari orasida bu kurashuvchi dasturlar «Care Wars», deb atalardi. Shunday o'yinlardan biri «Darwin», deb nom oldi.
«Darwin» dasturlari o'zaro urush ochib, bir-birini yo'q qilishga qodir edi. Bir qarashda zararsizday tuyulgan bu dasturlarga ixtirochilar «viruslar» deb nom berishdi. Keyinchalik ular murakkablashib, o'z-o'zidan ko'payadigan va hatto shaxsiy ismlarga ega yangi dasturlarga aylandi.
Shundaylardan biri 1969-yilda endigina paydo bo'lgan ARPANet tarmog'iga o'rnashib, o'zidan ko'paya oladigan «The Greeper» nomli dastur bo'ldi. U kompyuterga kirib olib, «I'm The Greeper... Catch Me If You Can» («Men Griperman... Qo'lingdan kelsa, meni tutib ol») xabarini yuborar edi. Uni yo'qotish uchun boshqa virus yaratishga to'g'ri keldi. Bu ish «Reaper» virusi yordamida amalga oshirildi. «Reaper» tarmoqqa kiritilib, yo'lida uchragan Greeperning nusxalarini yo'qotib borardi. Tarixda bu ixtirolar «just for fun» (faqat hazil uchun) yaratilgan. Ammo keyinchalik bu ish «hazil» chegarasidan chiqib, shu qadar jiddiylik kasb etadiki, buning oqibatida bir qancha jiddiy veb-manbalar zararlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |