Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda qanday husussiyatlar ko’zga tashlanadi?


Bolaning jinsiy identifikatsiyasida o’yinchoq tanlashda jinsiy tarbiyasida kattalarning o’rni



Download 64,14 Kb.
bet13/15
Sana07.12.2020
Hajmi64,14 Kb.
#53059
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ibrohimova Madina

Bolaning jinsiy identifikatsiyasida o’yinchoq tanlashda jinsiy tarbiyasida kattalarning o’rni.

Maktabgacha yoshda o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zaro munosabatlarida farq paydo bo‘ladi va rivojlana boshlaydi va o‘z jinsiga mansub bolalarga nisbatan go‘yo samimiy adolatsizlik aniqlanadi: o‘g‘il bola o‘g‘il bolalarni tanlaydi, qiz bola qizlarni. O‘zligini anglash rivojlanadi va uning asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘zini o‘g‘il bola — erkak yoki qiz bola — ayol sifatida his qilish paydo bo‘ladi. «Oila» o‘yinini o‘ynashda ham bolalar o‘z jinslaridan kelib chiqqan holda rol tanlaydilar. O‘yin paytida bolaning emotsionalligi namoyon bo‘ladi va ayol yoki erkakka mos keluvchi yurish-turish tarzi o‘rganiladi. Qiz bolalar yuzaga kelgan vaziyat- ga tezroq ko‘nikadilar, yangi sharoitga xotirjamroq, tezroq va osonroq kirishadilar. O‘g‘il bolalar ko‘p shovqin ko‘tarishadi. Rolli o‘yinlarda o‘g‘il bolalar kattalarga taqlid qilib, haydovchi, kosmonavt, harbiy askarlar rolini tanlaydilar, qizlar bo‘lsa ona, shifokor, tarbiyachi rolini o‘zlariga oladilar. Tanlangan rollar har xil jinsdagi bolalarning ijtimoiy intilishlarini aks ettiradi. O‘g‘il bolalar qiziqishlari texnikaga, g‘alabaga, yutuqqa va peshqadamlikka yo‘naltirilgan musobaqa o‘yinlariga qaratilgan. Kuchli, jasur va tashabbuskorlarni o‘g‘il bolalar lider deb qabul qiladilar. Oila muhiti o‘yinlari ko‘pincha qiz bolalar o‘yinida aks etadi. Qiz bolalarning qiziqishlari ko‘proq shaxslararo munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, quvnoq va ko‘ngilchan tengdosh qizlarni yoq- tirishadi. Jinsga mansublik va o‘yinchoq tanlash. O‘yinchoqlar o‘yinning tayanch materiali bo‘lib xizmat qiladi, o‘yin sujetining rivojlanishiga yordam beradi va ularni tanlash bolalarning qaysi jinsga mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi. 52 Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi o‘yinchoqlardan ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi. To‘rt patnisda quyidagi o‘yinchoqlar turi taklif qilindi: mashina, turli idish-tovoqlar, kubiklar, qo‘g‘irchoqlar. Boladan barcha o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq yoqtirgan o‘yinchoqlar joylashgan ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni o‘ynash so‘raldi. Ularning barcha harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va qiz bolalarda to‘rt yoshdan boshlab, o‘yinchoq tanlashda farq yuzaga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il bolalar tomonidan, qo‘g‘irchoq va turli idishlar qizlar tomonidan tanlanishi ma’lum bo‘ldi. Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy ekanligini tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantiradi. Bu vaqtda bolalarda boshqa jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos munosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar har bir bolada o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni yoki kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, xursand bo‘lishi, munosabatga intilishi mumkin. Kattalar bolaning his- tuyg‘ulariga hurmat bilan qarashlari lozim. Bunday instinktlar kichik yoshdayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni sochidan tortish, o‘ziga yoqqan qizni himoya qilish, avaylash, mehr ko‘rsatish kabilar tabiiy ravishda shakllanib boradi. Kattalarning «Guruhingda eng chiroyli qiz kim?» kabi savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Lekin bolaning qiziquvchanligini kuchay- tirib yuborish ham to‘g‘ri emas, aksincha, uning e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb qila oladigan narsaga qaratish lozim. Yosh bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini kattalarning sevgi, uylanish va bolalik bo‘lish haqidagi tushuncha- laridan ajrata olish lozim.


  1. Download 64,14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish