18)Dang (hindcha)1)og`irlik yoki pul birligi G`iyosiddin Jamshid Al-KOshiy ozining ‘Arifmetika kaliti’asarida kelyirgan.Bunda dinor 1ga teng deb olinsa dang 1\6 gateng deyilgan . 2)Rus tilidagi (denga) so`zidan olingan dastlab pul birligi bo`lib ,1\2 yoki 1\16 oltinni bildirgan .
19)Darik – qadimgi eron tangasi .Darikning paydo bo`lishi ahamoniylar podshosi DoroI nomi bilan bog`liq . 1Darik (og`irligi 8.4 gr) 5.6gr og`irlikdagi 20ta kumush tanga qiymatiga teng bo`lgan.
20)Devon puli – Xiva xonligida soliqlarni yig`uvchi devonlarning o`z xizmatlari uchun soliq to`lovchilaedan oladaigan puli . uning miqdori xonlik tomonidan belgilangan.
21)Dinor(lotincha 10 dan iborat) qadimda musulmon mamlakatlarining oltin tangasi. Sharqda VII asrda birinchi bor zarb qilina boshlangan va 2/4 gramm oltindan iborat bo`lgan.
22)Diram(forscha)-Buxoro xonligi, Iroq, Eronda pul birligi. O`rtacha vazni 3.235 grammga teng bo`lgan.
23)Dirham(yunon.droshme) 1)VII asrdan XIV asrgacha Osiyoning musulmon mamlakatlarida muomalada bo`lgan pul birligi-kumush tanga.2)dirham shariatda ham o`z manosiga ega bo`lib najosat o`lchovida alohida (4.8 gramm) ,zakot belgilashda alohida (3.365) og`irlik manosini ifodalaydi.
24)Dong(hindcha)-1)dinor yoki dirhamning 1/6 ga teng og`irlik o`lchovi va shu vazndagi aqcha 2)yuza o`lchov birligi.
25)Drahma(yunon)-yunon og`irlik va pul birligi; mil.avv VIasrdan boshlab kumush tanga shaklida zarb qilingan, dastlabki vazni 4.25 gramm keyinchalik 4032 gramm bo`lgan.
26)yombi(xitoy-boylik to`plashning boshlanishi)-quyma oltin va quyma kumush bo`lagi. BUning qiymati juda past bo`lgan,bir misqol (3.7 gramm) kumushga 1000 yoki 2000 dona mis pul bilan almashtirilgan.Yombining vazni 5grammdan 2000 grammgacha bo`lgan.
27)Zarbxona-tangalar zarb qilish orden,medallar, ko`krak nishonlari,zarhallash ,zargarlik va metaldan o`yma va bosma mahsulotlar tayyorlanadigan davlat korxonasi.Eng qadimgilari Yunoniston va Rimda tashkil etilgan. Dastlabki tangalar metallning eng oddiy bo`lagidan iborat bo`lgan. Keyinchalik rasmli va yozuvli tangalar zarb qilingan.O`rta Osiyoda davlat pullari zarb etadigan zarbxonalar VIII-X asrlarda paydo bo`lgan.
28)Kepaki –chig`atoylarda Kepakxon (1318-1327)chiqargan kumush tanga. 1 dinor kepaki 2 misqol kumushga yoki 6 dirhamga teng bo`lgan . dastlab Buxoro , Balx shaharlarida zarb etilgan.
29)Kumush pul- XVII asrda sharqda muomalada bo`lgan pul. Kumush pullarning 1 misqolligi abbosiy ,yarim misqolligi shoxiy deb atalgan. Rupiyaning og`irligi 4-6 misqol bo`lgan.
30)Kuna(ruscha) qadimgi rus pul birligi.1\25 grivnaga va 1\50 grivna –kunaga teng. XIV o`rtalari XV asrda muomalada bo`lgan .
31)Ko`prik puli o`rta osiyo xonliklari xududida mahalliy va hukumatga qarashli bo`lgan ko`priklardan mol olib o`tuvchilardan olinadigan o`tish haqi,boj.
32) Letta (yunoncha)-qadaimgi yunonistonda 1\7 xalkunt,1\2 kotrant yoki 1\56 obolga teng bo`lgan mis tanga.
33)Mis tangalar –misdan zarb qilingan qadimiy tanga pullar. Shahrqda misdan turli narsalar yasash mil.avv IV ming yillikdan mavjud.Mill.avv. VIII-VII asrda qadimgi Liviya davlatida paydo bo`lgan .o`rta osiyoda mil. av. IV asrda muomalaga kirgan. Afrosiyobda Salavkiylar podshosi Antiox I nomi yozilgan,Buxoro vohasida kamonchi tasviri tushirilgan mayda tangalar topilgan. VII asr o`rtalarida Sug`diyonada 1kg misdan o`rtacha 425 tanga VIII asrda 1kg misdan o`rtacha 963ta tanga zarb qilingan.
34) Numizmatika(lot- tanga) tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yozuvlari, og`irligi, qanday metaldan yasalganligi,pul muomalajasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini o`rganadi.XIX asrda fan sifatida shakllandi. Numizmatika rivojiga I.I Ekker,I.Mader,G.Grotelar kata hissa qo`shgan.
35)Osiyo puli(fors tegirmon) Buxoro amirligida XIX asrda suv tegirmonlaridan olinadigan soliq turi.Buxoro anirligida har bir suv tegirmonlaridan yiliga 20tangadan 100 tangacha olingan.
36)Revers(lot-orqaga qaytaraman) medal yoki tanganing ters tomoni.Numizmatika uchun tanganing revers tomoni eng qiziqarli hisoblanadi.Chunki unda tanga chiqarishga sabab bo`lgan voqea yoki qahramonlar aks etadi.
37)Sarrof(arab pul almashtiruvchi) shahar ko`chalarida o`tirib, kishilarning yirik pullarini maydalab,qimmatbaho buyumlarni pulga almashtirib foyda ko`ruvchi shaxs. Sarroflar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib bergan.Sarroflar sudxo`rlik bilan ham shug`ullangan. Xizmat evaziga malum bir haq olgan.
38)So`m-qadimgi atamalardan biri.Firdavsiyning “Shohnoma “ asarida so`m pul solingan qopcha manosida qo`llangan.XIV asrdan Oltin O`r da xonligida og`irlik o`lchovi bo`lgan, muayyan og`irlikdan kumush quymasini ifodalagan.
39)Talant(yunon-og`irlik ) Qadimgi Yunoniston, Misr, Bobil, Fors, Kichik Osiyoning bir qancha hududlarida eng yirk og`irlik va pul-hisob birligi bo`lgan.
40)Tangalar(turkcha tamg`a)-metal(oltin,kumush,mis; misning turli qotishmalari) dan yasalgan pul birligi,muomala va to`lov vositasi. Tuxumsimon yoki dumaloq shakli foydalanish uchun qulay.Tangalar aversi (yuzi), reverse(orqa tomoni0 va gurti(cheti) orqali bir-biridan farqlanadi.Tangalar mil.avv VIII-VII asrlarda Lidiya davlatida va Egina orolida paydo bo`lgan.Tanga tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan yuzaga kelgan.
41)Tanob puli-Buxoro amirligida har bir tanob uchun yiliga 40 tanga miqdorida undirilgan soliq.
42)Fuls(arab) –oltin va kumushdan boshqa madanlaridan zarb qilingan tanga.
43)Xazinachi-hukmdorning pullari va boshqa narsalarini saqlovchi shaxs. Somoniylar davrida Buxoro registoni atrofida 10 ta devon bo`lib, shundan ikkinchi devon xazina devoni bo`lgan.XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo davlatlarida xazina uchun mas’ul bo`lgan shaxslar “xozin”,”xazinador” deb atalgan.
44)Shabaka(arab) metal buyumlarda panjarasimon bezak barish usuli. Zargarlik kandakorlikda keng tarqalgan.
45)Epikrafika(yunoncha bitik)qattiq jismlar,tosh,metal,tangalardagi qadimgi va o`rta asrlardagi yozuvlarni to`plash nashr etish bilan shug`ullanuvchi fan.
46)Yanbu(turkcha) pul birligi,kumush aqcha og`irligi 1.8 gr bo`lgan.
47)O`lpon-yerdan foydalanganligi uchun olinadigan soliq turi.Yiliga bir marta undirilib, muqdori ekin maydoni va olingan hosilga qarab belgilangan.
48)O`rta asrlar(lotincha ) tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oralig`idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama.O`rta asr tushunchasi XV-XVI asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan. Ilk bor italyan gumanisti Flaviyo Bondo (1453)tomonidan qo`llanilgan.
49)Qo`shpuli(turkcha ) buxoro amirligida XIX asr boshlarida harbir juft hayvon hisobidan olinadigan soliq turi.
50)Qalaqchi-aholidan yig`ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |