Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari va davlat dasturida jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi
Huquqiy me’yoriy asos
O’zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to’g’risidagi’’ Qonuni
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-Yil 29-Dekabrdagi PQ-2707-son <<2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida>>gi Qarori
2017-yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son <>gi Qarori
Davlat ta’lablarini yaratishda xamkorlik
YUNISEF ning O’zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik ko’magi
Janubiy kareaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari
Korea , Rossiya, Estoniya,Belarus, buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari o’rganildi.
Davlat ta’lablari bu
Bola rivoji va ta’limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma’lumot beruvchi xujjat.
Asosiy kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial imkoniyatlarini ochishga yo’naltirilgan
Mulkchilik shaklidan qatiy nazar MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimi uchun talimiiy dastur,o’quv metodik materiallar,o’yin va o’yinchoqlar yaratishda bajarilishi shart.
Davlat talablari tuzilmasi
Umumiy qoidalar
Maqsad,vazifa va asosiy tamoillar
Asosiy tushunchalar yakuniy qoidalar
Rivojlanish sohalari
Davlat ta’lablarining tarkibi
Kelishilgan tashkilotlar
1-Ilova
Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
2-Ilova
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari
Davlat talablari Boblari
1-Bob Umumiy qoidalar
Ozbekiston Respublikasi xududida barcha turdagi ta’lim muassasalari DMTT,NMTT maktabgacha yoshdagi guruhlari bo’lgan Mehribonlik uylari
Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi ko’llej va oliy ta’lim muassasalari ,malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari,maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar mazkur davlat talablariga rioya qilishi lozim.
2-Bob Maqsad ,vazifa va asosiy tamoyillar.
Asosiy tushunchlar maqsad vazifalar keng yoritib o’tilgan
3-Bob Davlat talablarining tarkibi
Bolaning 5 ta asosiy rivojlanish sohalari,kelishilgan tashkilot yoritiladi.
4-Bob Yakuniy qoidalar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari
Tug’ilgandan 3 yoshgacha
3 yoshdan 4 yoshgacha
4 yoshdan 5 yoshgacha
5 yoshdan 6 yoshgacha
6 yoshdan 7 yoshgacha
Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir.
. Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi;
bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |