Toshkent viloyati Chirchiq Shahar Pedagogika instituti maktabgacha va boshlangich talim fakulteti maktabgacha talim 18/2 guruh talabasi Rashidova Gulbahor Baxodir qizining 22.02.2021 dan 30.04.2021 yilgacha mudatdagi pedagogik amaliyot
HISOBOTI
Men Rashidova Gulbahor Toshkent viloyati Chirchiq shahar 35 -DMTT da "Atirgul" nomli 4- kichik guruhida amaliyot o'tadim. Tarbiyachi Avilgaziyeva Ziyoda Komiljonovna va tarbiyachi yordamchisi Xaytboyeva Farida Saidjanovna. DMTT direktori Ashrafxo'jayeva Mukarram Abdulhamidovna birinchi kuni kutib olib "Atirgul" guruhiga olib kirdilar. Tarbiyachilar iliq kutib oldi. Guruhda bolalar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Guruhda 30 ta tarbiyalanuvchilar bor. Shulardan 20ta o'g'il bolalar 10ta qizlarni tashkil qiladi.Õrta hisobda 25ta bolani tashkil etadi .Guruhda faoliyatlar ilk qadam õquv dasturi asosida olib boriladi.
Ilk qadam õquv dasturi asosida fevral oyining mavzusi "Ğaroyib dunyo".
Fevral oyining 4-hafta mavzusi "Kitob bilan dõstlashamiz"bu hafta davomida guruh bolalarining faoliyati,kun tartibi bilan tanishdim bevosita ishtirok etdm,markazlarda faoliyatda yordamlashdim pedogogik texnikalarni õrgandim.Sayrda bolalar bilan qiziqarli õyinlar õynadik.
Mart oyining mavzusi "Gõzal bahor"
Mart oyining 1-hafta mavzusi "Onamning kuni".Bu hafta davomida "Jannat onalar oyogi ostida"mavzusida tadbir õtkazdik.Markazlarda hamda frontal faoliyatlarni olib bordik.
Mart oyining 2-haftasi "Mavsumiy õzgarishlar".Bu hafta davomida :
Til va nutq markazida:Tabiat hodisalari
Syujetli rolli õyinlarda:Jonli va jonsiz tabiat
Qurish yasash markazida:Legolar yordamida Rangli piramidalar yasadik
San'at markazida: Daraxt rasmini chizdik.Quyosh applikatsiyasini yasadik plastilindam qoziqorin yasadik.
Mart oyining 3-haftasi "Navrõz bayrami"
Bu hafta davomida bolalar ongiga milliy urf-odatlarimiz milliy an'analarimizni singdirish ularga mehr muhabbat uyğotish bosh maqsad qilib oldik.
Mart oyining 4-haftasi.Xasharotlar
Bu haftada bolalar nutqiga alohida e'tibor berildi desak mubolağa bolmaydi.Chunki hasharotlar haqida she'r ashular yod oldik.Jumladan kapalak,chumoli,xonqizi,tillaqõnğiz she'rlari bularga misol bõladi.
Aprel oyining mavzusi : "Yer sayyorasi umumiy uyimiz"
1-haftasi: "Gullab yashnayotgan bahor"
2-haftasi:Koinot sirlari
3-haftasi:Yer sayyorasi kuni
4-haftasi:Õyinchoqlarga ğamxorlik qilish
Bu oy davomida juda qiziqarli faoliyatlar olib borildi.Faoliyatda varrak yasadik.Sayrda esa varrak uchurdik.Jonli bõlishi uchun qushchani kuzatdik.Bolalar bilan "Bu qachon bõladi?"õyinini oynadik.
XULOSA QILIB AYTGANDA
Amaliyot davomida hujjatlar tartibi uni yuritish,kun tartibi,bolalar bilan muloqatga kirishish,pedagoglar hamda ota onalar bilan hamkorlikda ishlashni,frontal hamda markazdagi faoliyatni rejalashtirishni õrgandim.Bolalarni sevish kerak faqat sevish unga e'tibor berish rağbatlantirish,faoliayning qiziqarli õyinlar bilan õtish,har bir gapirvotkan qilayotgan ishlarimizga e'tibor berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |