8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlaydi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyalarning (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berilish tartibini belgilaydi;
maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 9-modda. Davlat inspeksiyasining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari Davlat inspeksiyasi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni sifati ustidan nazoratni va monitoringni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga malaka toifalari berilishini tashkil etadi;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida litsenziyalar beradi.
Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)