Ilk qadam davlat o quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni sezish qobilyatlarini rivojlantirishni tashkil qilish


maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim; mazmunli –



Download 57,16 Kb.
bet7/16
Sana13.07.2022
Hajmi57,16 Kb.
#789216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Ilk qadam davlat o\'quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha

maqsadli– bu tushuntirish xati hamda dastur o‘zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o‘z ichiga oladigan bo‘lim;

  • mazmunli – bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalovchi va bolalar shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlovchi bo‘lim;

  • tashkiliy – bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, ta’lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o‘z ichiga oluvchi bo‘lim.



    II BOB Maktabgacha taʼlimda bolani erta rivojlanishi va maktabgacha taʼlimga tayyorlash dasturi
    2.1 Maktabgacha taʼlimda bolani rivojlanishi va maktabgacha taʼlimga tayyorlash
    Oʻzbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni yaxshi sifatdagi maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadlarida mamlakatda maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha besh yillik Davlat dasturini va Yoʻl xaritasini ishlab chiqdi.
    1. Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
    2. Maktabgacha taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga maktabgacha taʼlimni rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlariga texnik yordam koʻrsatadigan YUNISEFning asosiy ustuvor vazifalaridan biri boʻlib sanaladi. Maktabgacha taʼlim vazirligi va YUNISEFning 2018-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi yillik rejasi bir nechta chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu rejaning yutuqlaridan biri boʻlib maktabgacha taʼlim uchun kompetentli-yoʻnaltirilgan “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qoʻyiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi. Davlatning bu ikki hujjati maktabgacha taʼlim sohasidagi boshqaruvchilar, maktabgacha taʼlim tizimidagi pedagoglar turli xildagi MTT larda taʼlim oluvchi har bir bolaning yuqori sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadlarida yoʻriqnoma sifatida foydalanadigan asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi.
    Davlat dasturi sifatida ,,Ilk qadam’’ dasturining alohida muhimligi shundan iboratki, bunda u oʻz ichiga oʻqitishning pedagogik maqsadlarini oladi, kun davomida bolaning taʼlim olishi tuzilmasini taʼminlaydi, shuningdek, pedagoglar bola rivojlanishining qaysi eng muhim jihatlariga oʻz diqqatlarini jamlashlari lozimligi tushunilishini taʼminlaydi. Davlat dasturi boʻlish bilan birga ,,Ilk qadam’’ dasturi butun maktabgacha taʼlim tizimini toʻliq qamrab oladigan va uni tartibga soladigan “yomgʻirpoʻsh” sifatidagi taraqqiyparvar hujjat boʻlib sanaladi. Mana shu bilan ,,Ilk qadam’’ dasturi turli xil bolalar guruhlariga har xil provayderlar tomonidan taqdim etiladigan maktabgacha taʼlimning bir xil sifatini taʼminlashga moʻljallangandir. Dastur pedagoglarga bolalar uchun ragʻbatlantiruvchi oʻqitish muhitini qanday qilib yaratish va bunga ota-onalarni ham qay yoʻl bilan jalb qilishni tushunish va bilib olishga yordam beradi.
    Maktabgacha taʼlim tashkiloti (MTT)ning davlat oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablariga mos holda ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjat boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasining maqsadlari va vazifalari, oʻquv-tarbiyaviy ishlarning asosiy gʻoyalari aks etgan, shu jumladan, taʼlimning keyingi bosqichiga oʻtishda bolaning asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. Davlat taʼlim dasturi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalarida qoʻllash uchun majburiydir:
    davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
    maktabgacha taʼlim sohasida xizmatlarni koʻrsatadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari:
    maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega boʻlgan “Mehribonlik” bolalar uylari;
    maktabgacha va boshlangʻich taʼlimni tartibga soluvchi boshqaruv organlari.

    Maktabgacha ta’lim vazirligida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlar samarasi to‘rt yil ichida” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi.


    Ta’kidlanishicha, mamlakatimiz aholisining 2,8 millionini 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi – aholining yillik o‘sishi 800 ming bolaga to‘g‘ri keladi.
    Birgina 2020 yilda maktabgacha yoshdagi aholining 64,9 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. Yurtimizda 2018 yilda 7 ming 104 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil uchinchi chorak yakuniga ko‘ra, 24 ming 922 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
    Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan-yilga bog‘cha yoshidagi o‘g‘il-qizlarni maktabgacha ta’lim bilan qamrovi kengayib bormoqda. Soha rivoji yo‘lida ajratilayotgan davlat byudjeti mablag‘lari ham yildan-yilga o‘sib bormoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib maktabgacha ta’limga bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.
    Bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, maktabga tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, tizimda kichik hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat talablariga muvofiq va xalqaro standartlar asosida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi ishlab chiqildi. Ma’lumki, ta’lim jarayonining asosini o‘yin faoliyati tashkil qiladi. Bundan tashqari, bolaga bilim berish bilan birga o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish, kommunikativ, ijtimoiy kompetensiyalar orqali uning shaxsiy fazilatlari rivojlantirib boriladi.
    Eng asosiysi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi doirasida har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 ta rivojlanish markazlari tashkil etilgan bo‘lib, pedagog-tarbiyachilar bolajonlarga qurilish va matematika, san’at, ilmiy va tabiat, til va nutq, syujetli-rolli o‘yinlar kabi yo‘nalishlarda tahsil berishmoqda.
    Vazirlar Mahkamasining “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida” qarori bilan respublikaning barcha hududlarida ISUZU qayta jihozlangan avtobuslari negizida “Aqlvoy” nomli mobil maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Dastlab 16 ta avtobus tashkil etilib, ular O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oldi. Bundan tashqari, xavfsizlikni ta’minlash va mobil guruhlar tarbiyalanuvchilari o‘ynashi uchun sharoit yaratish maqsadida barcha zarur o‘yin jihozlari va didaktik materiallar bilan jihozlangan 44 ta o‘yin maydonchalari qurildi.
    Umuman olganda, tajriba loyihasi doirasida avval maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan va asosan respublikaning borish qiyin va chekka hududlarida yashovchi 1 ming 556 bola qamrab olindi. O‘z navbatida, maktabgacha ta’limning bunday turdagi muqobil innovatsion shakli taqdim etilayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlarining sifati va jalb etuvchanligini oshiradi. Maktabgacha ta’limning bunday muqobil shakllari joriy etilishi ayni bir xil mablag‘ sarflagan holda ko‘proq bolalarni qamrab olish imkonini beradi.
    2021 yilda “Aqlvoy” mobil maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati samaradorligini o‘rganish natijalariga ko‘ra, respublikaning chekka hududlarida qayta jihozlangan ISUZU avtobuslari negizida mobil maktabgacha ta’lim tashkilotlarini joriy etishni davom ettirish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi. Jumladan, 2021 yilda respublikaning chekka hududlarida 49 ta ISUZU rusumidagi avtobuslar foydalanishga topshirildi, 98 ta yangi maydonlar qurildi. Natijada respublikada 2020-2021 o‘quv yilida 4 ming 704 nafar bolalar qamrab olinadi.
    Maktabgacha ta’lim vazirligi tegishli sohada Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Yaponiya, Singapur, Turkiya, Polsha va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shu kunga qadar Maktabgacha ta’lim vazirligi va xorijiy hamkorlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 66 ta memorandum va kelishuvlar imzolangan.
    2019-2020 yillarda Maktabgacha ta’lim vazirligi JSST mutaxassislari bilan birgalikda bolalarni ovqatlantirish standartlari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati hamda ovqat tayyorlash texnologiyasini ko‘rib chiqdi. Bu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomlar retsepti kitobi ishlab chiqildi.
    Mazkur kitob ovqatlanishda odatga aylangan qoidalarni inkor etadi, masalan kompot yoki ichimliklar quruq mevalardan tayyorlansa, shakarsiz bo‘lsa ham mazali va hatto foydali bo‘lishi mumkin. Qovoq pyuresi bo‘tqaga shirin ta’m berishi yoki desert sifatida berilishi mumkin, salatga tuz solmasdan limon sharbati bilan ajoyib ta’m hosil qilish, lavlagi sharbati, ko‘katlar yoki ismaloq kabi tabiiy bo‘yoqlardan foydalanib rang kiritsa bo‘ladi. Taqdim etilgan taomlar sog‘lom, to‘yimli, o‘ziga tortadigan va hattoki qiziqarlidir.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirishni tashkil etishning va ular uchun tayyorlanadigan taomlarning retseptlari turlari o‘rganib chiqildi va me’yorlar, bolalarning oziq moddalar va zarur energiya manbalari, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalarga ehtiyojlari, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, ularning sifat xarakteristikalari, sifatsiz holda bo‘lishidagi belgilari, ularni tashishga, qabul qilishga, saqlashga, xavfsizligiga, xom mahsulotlarga ularning tarkibiga, markirovkasiga taomnoma tuzishga qo‘yiladigan barcha talablar ishlab chiqildi va ushbu tamoyillarning barchasini amaliyotga tatbiq etish va bolalarni sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Bog‘chalar uchun taomlar retsepti”, “Aqlvoy oshpaz” kitobi yaratildi.

    Download 57,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish