Ilk qadam davlat dasturi asosida bolalarni savodga o'rgatish.
Mavzu rejasi: 1.O'quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibi. 2. O'quv-tarbiyaviy faoliyat talim va ijtimoiy ehtiyojlar, o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish. 3. 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi.
Tayanch tushunchalar: talim-tarbiya, aqliy tarbiya, manaviyat, tugma layoqat, ruhiy tarbiya, rivojlanish, qiziqish, ehtiyoj, minimal talablar, Men konsepsiyasi, omil, nutq, oqish, savod, tayyorgarlik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga talim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va manaviy jihatdan shakllantirish, ularning tugma layoqati, ruhiy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam talim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qoyilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan davlat talablari” orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining asosiy yonalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qoyiladigan minimal talablar belgilab berilgan bolib, u davlat hujjati sifatida etirof etiladi. Davlat talablari korsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan soglomligi, qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, yani bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining ayrim xususiyatlarini rivojlantirishda bu faoliyatning mazmuni va uning qay darajada uyushtirilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki togri tashkil etilgan faoliyat davomida, atrofdagi kishilar bilan kundalik munosabatda bolaning aqliy, jismoniy va axloqiy rivojlanishi takomillashib boradi. Shuning uchun ham bolalar faolligini bilish, bolada foydali odatlarni shakllantirish, ijobiy xarakter belgilarini rivojlantirish ota-onalar va tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash konikmasi, kattalar va tengdosh ortoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi.
Shuning uchun, bola maktabga qadam qoyayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi konikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga orgatishgina emas, unda oz kuchiga ishonchni orttirish, oz goyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda Men konpsiyasini shakllantirish ham muhimdir. Ozbekiston Respublikasida Davlat maktabgacha talim tashkiloti togrisida Nizomga muvofiq bola maktabgacha talimni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda talim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat korsatadigan maktabgacha talim tashkilotlarida, shuningdek, tashkilotga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha talim mtashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan.
E'tiboringiz uchun rahmat
E'tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |