T.Maltusning iqtisodiy ta‟limoti. «Nufus qonuni».
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug‗ilgan.
Uning asosiy asarlari « Aholi nufusi qonuni to‗g‗risidagi tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o‗sishi to‗g‗risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820) hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti – ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo‗li bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko‗paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan birga, birinchi marta iqtisodiy o‗sish muammosini aholining o‗sishi bilan bog‗lashga harakat qilingan.
«Aholi nufusi qonuni»
Muallifning xulosa qilishicha, aholi o‗sishi, agar u ongli suratda cheklanmasa, unda kambag‗allik, urushlar, kasalliklar va boshqa halokatli sabablar bilan to‗xtatib turiladi. T.Maltus aholining tez o‗sish sur‘atini pasaytirish maqsadida kambag‗allarning nikohdan o‗zlarini tiyishlarini, kech turmush qurishlarini taklif qiladi. Lekin uning o‗zi ham o‗z tavsiyalarining to‗g‗riligiga unchalik ishonmagan.
T.Maltus o‗z nazairyasini asoslab berishda tuproq unumdorligining pasayishi konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer uchastkasining o‗ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday nisbatda hosildorlikning o‗sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham bog‗liq bo‗ladi. U berishi mumkin bo‗lgan narsadan ortiqchasini undan olib bo‗lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat qancha harakat qilmasin, qishloq xo‗jaligidan u oladigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o‗sishi, aholining soni esa geometrik progressiyada o‗sishi mumkin. T.R.Maltus «Nufus qonuni»ning matematik ifodasi
Aholining o‗sishi
Geometrik progressiya
1,2,4,8,16,32,64,128… (2 barobar kup bo‘ladi)
Tirikchilik vositalarining o‗sishi
Arifmetik progressiya
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,…(absolyut miqdorga oshib boradi)
200 yildan so‗ng
Aholining o‗sishi 256 marta
Tirikchilik vositalari 9 marta
300 yildan so‗ng
Aholining o‗sishi 9096 marta
Tirikchilik vositalari 13 marta
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta‘limotlar ichida eng qayg‗uli, eng ma‘yuslisi hisoblanadi. Maltus «doktrinasi» avvalo, uslubiy jihatdan xato edi, chunki insonlar o‗simlik va hayvonot dunyosidan farqli o‗laroq faqat iste‘mol qilmaydilar, balki o‗zlari ishlab chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko‗paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Qolaversa, ingliz olimi o‗lim darajasiga e‘tibor bermagan (o‗lim darajasi bilan aholining ko‗payish darajasi nisbatan bir xil) va jamiyat farovonligining o‗sishi tug‗ilishning kamayishiga olib kelishini ham hisobga olmagan. Chunki tug‗ilishning kamayishiga ta‘sir etuvchi sabab urbanizatsiya – ya‘ni jamiyatning rivojlanishida shaharning ahamiyati oshib borishi hisoblanadi. Shahar hayot tarzi ko‗p bolali oilalarning ko‗payishini keltirib chiqarmaydi. Agar qishloqda bola yoshligidan yordamchi hisoblansa, shaharda esa o‗z tarbiyasi uchun katta mablag‗ va vaqt sarflashni talab qiluvchi iste‘molchi hisoblanadi.
Biroq, Maltus g‗oyalarida bir qancha ijobiy fikrlar ham mavjud. 21 asr boshida planetamizda 6 mlrd.dan ortiq aholi istiqomat qilmoqda (1945 yilda aholi soni 2,5 mlrd. edi) va bu ko‗rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o‗sish tez bo‗lib, aholining 75% shu davlatlarga to‗g‗ri keladi. BMT ma‘lumotiga ko‗ra hozir dunyoda 1 mlrd. 400 ming kishi kambag‗al. Kam rivojlangan mamlakatlar turmush darajasini «jahon andozasi»ga «ko‗tarish» uchun resurslardan foydalanishni 50 baravar ko‗paytirishga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif qilinmoqda.
J.S.Millning iqtisodiy ta‘limoti.
Ingliz Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‗nggi namoyandalaridan biri deb qaraladi. Tadqiqot predmetida D.Rikardo g‗oyalariga yaqin turadi va birinchi o‗ringa «ishlab chiqarish qonunlari»ni qo‗yadi.
J.S.Mill o‗zining birinchi asari – «Tajriba»ni 23 yoshida (1829) nashr ettirdi.
1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi.
Asosiy asari beshta kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod asoslari» bo‗lib, u 1848 yili Chop etilgan. J.S.Mill bu asarida klassik maktabning juda ko‗p konsepsiyalarini rivojlantirdi va umumlashtirdi.
J.S.Mill siyosiy iqtisodni iqtisodiy qonunlar to‗g‗risidagi Fan sifatida tadqiq etadi. U raqobat qonunini, talab va taklif qonunini, differensial renta qonunini, xalqaro savdo qonunini va boshqa bir qator qonunlarni ajratib ko‗rsatib berdi G‗arbiy Yevropa xayoliy sotsialistlarining iqtisodiy ta‘limoti.
Sotsialistik jamiyat qurish g‗oyasi XVI asrda T.Mor va T. Kompanella tomonidan kapitalning dastlabki jamg‗arilishi davrida vujudga keldi. Ular xususiy mulkni inkor etishgan, 4-6 soatli ish kuni joriy etishni taklif qilgan. Sanoat to‗ntarilishi davrida fransuz olimlari Sen-Simon va Fure hamda ingliz R.Ouenlar bu masalaga qaytdilar.
Anri Klod de Rebrua Sen Simon (1760-1825)Fransiya hayoliy sotsializmining namoyondasi bo‗lib, 1789-1794 yillardagi fransuz revolyutsiyasi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan kelib chiqib quyidagi mashhur asarlarning muallifidir:
« Sanoat sistemasi haqida « , «Inson haqidagi fan ocherklari» , «Sanoat yoki siyosiy, ma‘naviy va falsafiy mulohazalar», «Yangi xristianlik» va boshqalar.
Sen-Simonning bo‗lajak adolatli jamiyati «industrial sistema» deb nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi asosida rivojlanadi, sanoat – alohida reja asosida, boshqaruv esa – yagona industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda,sanoatda hokimyatsizlikka yo‗l qo‗ymaslikka va reja asosidagi markaziy boshqaruvni taklif qiladi.
Shu bilan birga Sen-Simonning yangi industrial sistemasida xususiy mulkchilik, kapital jamg‗arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi..
Sen-Simon asarlarining asosida kapitalizmni tanqid qilish yotadi. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, xalq ommasi qashshoqlashuvi va ishchilarning ayanchli ahvoldaligini kapitalizm illati deb hisoblaydi.
Fransuz hayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyondosi Fransua Mari Sharl Furedir (1772-1837). Sh.Fure o‗zining «To‗g‗ri harakat va mushtarak taqdirlar nazariyasi», «Umumiy birlik nazariyasi», «Savdo qallobligi haqida», «Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo» nomli asarlari va qator maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi.Uning tasvirlashicha, inson o‗zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o‗rnatish kerakki, bu tuzum inson kamol topishiga, ehtiroslarini to‗liq namoyon qilishga, ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. Birgalashib ovqatlanish, bolalarni tarbiyalashda jamiyatning roli beqiyos deb hisoblaydi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishn Robert Ouen (1771-1858) hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‗liqdir. U Shimoliy Uelsda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabni tugatgach, o‗zi mustaqil shug‗ullangan, yoshlik yillaridayoq mehnatkashligi, tadbirkorligi bilan ajralib turgan. R.Ouen 1800 yildan boshlab, yigiruv korxonasida boshqaruvchi bo‗lgan. U o‗sha yillarda insoniyatni qutqarishni maqsad qilgan, va islohotchilik g‗oyalari shakllangan. Ammo keyinroq (1820 yildan boshlab) hayoliy sotsializmga xos bo‗lgan fikrlar va tashviqotga asosiy e‘tiborni qaratdi. R.Ouenning «Jamiyatga yangicha qarash yoki harakterni shakllantirish haqida tajribalar», «Yangi ahloqiy dunyo kitobi», «Adolatni almashuv bozori», «Ulug‗ milliy hunar ittifoqi» asarlarida uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |