Ilk klassik maktabning vujudga kelish davridagi ta’limotlar
Reja:
1. Muqobil iqtisodiy g`oyalarning tarixiy paydo bo`lishining shart sharoitlari.
2.T.Maltusning «Nufus nazariyasi».
3.19- asr boshlarida hayoliy sotsializm vujudga kelishining shart sharoitlari va uning xarakteristikasi.
4. Marksizm vujudga kelishining shart-sharoitlari mulk tadqiqoti
5.Prezidentimiz Shavkat . Mirziyoyevning ta’lim soxasida aytgan so’zlari
Muqobil iqtisodiy g‟oyalarning tarixiy paydo bo‟lishining shart sharoitlari.
18-chi asrning ikkinchi yarmida klassik iqtisodiy maktab britaniyalik olimlar A.Smit va D.Rikardo asarlarida eng yuksak cho‗qqiga ko‗tarildi. Bu hol tasodifiy emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, sotsial va siyosiy o‗zgarishlar ro‗y berayotgan edi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo‗jaligi va tez o‗sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo‗lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari – lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg‗arilishi natijasida hosil bo‗lgan pul kapitali (manbalari: past ish haqi, mustamlaka siyosati, noekvivalent savdo, qul savdosi, yerlarning dehqonlardan tortib olinishi va h.) tobora ko‗p miqdorda sanoat va qishloq xo‗jaligiga qo‗yila boshladi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko‗paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og‗ir bo‗lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlkatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi proteksionizm siyosati, qonunlar davr talabiga javob bermay qo‗ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to‗sqinlik kilar edi.
A.Smit va uning «Odamlar boyligi…» asari.
Adam Smit (1723-1790) klassik siyosiy iqtisodning atoqli namoyandasidir. Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolangan 1776yili Angliyada zamonamizning eng muhim kitoblaridanbiri Shotlandiyalik buyuk iqtisodchi Adam Smitning «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot» asari nashr etildi. Bu asar zamonaviy iqtisodiy fanning boshlanishi hisoblanadi. Shu kitob uning muallifi
Adam Smitni «iqtisodiyot otasi» unvoniga sazovar etdi. Smitning nuqtai nazaridan millatning boyligi faqat qishloq xo‗jaligi jarayonida emas, umuman ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltiriladi. Ishlab chiqarilgan ne‘matlar miqdori inson mehnatining boshqa ishlab chiqarish omillari bilan birlashuvidan tashkil topadi. A.Smit o‗z davridagi iqtisodiy bilim va konsepsiyalarni umumlashtirdi va sistemaga tushurdi. Buning natijasida xo‗jalik hayotining asosiy sohalarini tavsiflab beruvchi bir butun nazariya yaratdi. A.Smitning bu asari 5 kitobdan iborat bo‗lib,
1-da – qiymat va qo‗shimcha daromad muammolari tadqiq etildi;
2-da – kapital jamg‗arilishi va uning shakllari;
3-da –kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari; 4-da – merkantilizm va fiziokratlarning ta‘limotiga munosabati; 5-da – davlat moliya tizimi tadqiq etilgan.
A.Smitni tadqiqotining predmetini – jamiyatni iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmush darajasini oshirish muammolari tashkil etadi.
Boylikni ko‗paytirish omillari
Boylikning manbai mehnat va undagi mehnat taqsimoti hisoblanadi. Muallif bu tezisni to‗g‗nog‗ich ishlab chiqarish ustaxonasi misoli yordamida asoslab beradi. Ustaxonada 10 kishi ishlaydi. Ular o‗rtasida mehnat shunday taqsimlangan: 1- simni tortadi, 2 – uni to‗g‗rilaydi, 3 – kesadi, 4 – uchini o‗tkirlaydi, va h. Bir kunda bu 10 kishi 48.000 to‗g‗nog‗ich, ya‘ni har bir kishi 4.800 donadan mahsulot ishlab chiqaradi. Agar ular bir-birlariga bog‗liq bo‗lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi 1 kunda 20dan ko‗p to‗g‗nog‗ich tayyorlay olmagan bo‗lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko‗proq oshgan (4800/20).
A.Smitning fikriga ko‗ra mehnat taqsimoti- milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o‗rtasidagi hamkorlik shaklidir. Shu borada olim qo‗yidagi fikrlarni ilgari surdi:
Ixtisoslashuv tufayli kishilarning chaqqonligi ortadi;
Ular vaqtni tejaydilar, chunki bir ish turidan boshqasiga o‗tishga hojat bo‗lmaydi;
Ishchilar o‗z faoliyatlarini takomillashtiradilar;
Ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‗ladilar.
Demak, A.Smit fikriga ko‗ra jamiyatdagi boylikning asosiy manbai barcha mehnat jarayonida qatnashganlarning faoliyati natijasida vujudga keladi va mehnat taqsimoti orqali ortib boradi. Ammo u faqat moddiy narsalarni yaratish va o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga o‗qituvchilarning, yuristlarning, harbiylarning, ma‘muriyatning, yozuvchilarning va shu kabilarning ko‗rsatayotgan xizmatlarini unumsiz deb topgan.
Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo‗jaligi sohasining ustunligi g‗oyasidan qutula olmagan. U hunarmandlar va savdogarlar mehnatini yer egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo‗ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki yer egalariga tabiat «yordam» beradi va «dehqonchilikka qo‗yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko‗p qiymat qo‗shadi». Bunda A.Smitning ta‘kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish tendensiyasiga, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bahosi esa o‗sish tendensiyasiga ega. A.Smit kapitaldan keladigan daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa tadbirkorlik riski (tavakkalchiligi) kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to‗lov sifatida ko‗rsatib beradi. Shuningdek, u boylikni ko‗paytirishda pulning roliga alohida urg‗u berib o‗tadi. Jumladan, u shunday deydi, «jamiyat uchun natural ayirboshlashdan ko‗ra, pulli ayirboshlash foydali bo‗ladi». Odamlarning jamg‗armaga bo‗lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o‗z kapitalini ko‗paytirish imkonini beradi, negaki jamg‗arma investitsiyaning zaruriy sharti hisoblanadi. Kapitalning o‗sishi – millat boyligini ko‗paytirishning uchinchi (mehnat taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omilidir: kapital qancha ko‗p bo‗lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko‗p bo‗ladi. Asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo‗rin sarf-harajatlar tanqid qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya‘ni harajatlarning daromaddan ortiqcha bo‗lishiga qarshi bo‗lgan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi
A.Smit ta‘limotidagi asosiy g‗oya – bu iqtisodiy liberalizm g‗oyasi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirish g‗oyasi, erkin raqobat asosida tashkil topadigan baho yordamida iqtisodiyotning o‗zini o‗zi boshqarish g‗oyasidir. Uning tushunchasi bo‗yicha, jamiyatda qachon shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya‘ni qachonki jamiyat manfaatlari uning a‘zolari manfaatlarining yig‗indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‗proq ta‘sir ko‗rsatadi. Odamlarning o‗z moddiy ahvolini yaxshilashga bo‗lgan tabiiy intilishi – bu shunday kuchli omilki, agar uning amal qilishiga xalaqit berilmasa, deydi u, unda u o‗z-o‗zidan jamiyatni farovonlikka olib kelishga qodir.
A.Smit xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining ikki shartini ko‗rsatib beradi:
Shaxsiy manfaat;
Raqobat.
U monomorliyalarga qarshi chiqqan. Raqobat qancha kuchli bo‗lsa, monopolizm ehtimoli shuncha kam bo‗ladideb hisoblaydi. Davlat erkin raqobatzga aralashmasa, erkin raqobat cheklanmasa u do‗nyoning rivojlanishiga olib keladi.
A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo‗lib iqtisodiyotga ob‘ektiv, odamlarning irodasiga bog‗liq bo‗lmagan tizim sifatida qaraydi. Har bir rivojlangan mamlakatda juda kuchli, inkor etib bo‗lmaydigan iqtisodiy qonunlar amal qiladi. Iqtisodiy qonular amal qilishining muqarrar sharti, A.Smit tushunchasiga ko‗ra, erkin raqobat hisoblanadi. Olim iqtisodiyotda davlat sektori samarasizligini ko‗rsatib o‗tadi. U hukumatga qo‗yidagicha ta‘rif beradi: « Davlat birovlar ishlab topgan pulni sarflaydi, o‗zgalar pulini esa hamisha o‗zingnikidan ko‗ra behuda sarflaysan»
Do'stlaringiz bilan baham: |