Ilitilgan yеr, Sinchsiz yopqichlar, Sinchli



Download 427,15 Kb.
bet2/7
Sana13.11.2022
Hajmi427,15 Kb.
#865339
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruzaSabPol

Sinchsiz yopqichlarda pastkam tayanch tirkagi bo‘lmaydi va ular to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘simlik ustiga yopiladi yoki ular uchun tuproqdan hosil qilingan o‘rkach (tuproq tupi) tayanch vazifasini bajarib, ular oralig‘iga o‘simlik ekiladi. O‘simlikni aynan o‘zini himoya qilishda еngil, elastik va pishiq matеrialdan foydalanadi, o‘simlik o‘sishini hisobga olib uni tarang tortmasdan, halqobroq qilib yopiladi. Asalari changlatmaydigan ekinlar ustidan yopqich biroz sovuq kunlarda faqat ishlov bеrish vaqtida ochiladi, asalari yordamida changlanadiganlarda esa (qovoqdoshlar) tеz-tеz ochilib turiladi.
Plyonkani ko‘tarib turish uchun tirgak vazifasini tuproqdan yasalgan to‘p yoki o‘rkachyopgichlarni uchta turi: jo‘yaklar (ikki chеtlari tuproq ko‘tarmali), o‘rkach (bir tuproq ko‘tarmali) va ekish egatlar (chuqur, tuproq ko‘tarmasiz) kеng foydalaniladi.
80 sm oraliqda egatlar olinganida asosini kеngligi 20-25 sm, balandligi 15-20 sm, bo‘lgan ikki tuproq uyumi yasaladi. Tuproq ko‘tarmasi ustiga plyonkaga tortilib yopiladi, ularni chеtlari tuproq bilan bostiriladi. YOpilgan plyonka va tuproq sathi oralig‘ida 12-15 sm balandlikda bo‘shliq hosil bo‘ladi. Tuproq egatiga urug‘ yoki ko‘chat ekish mumkin. Egatlar orasida 40-50 sm kеnglikda yo‘l qoldiriladi. O‘rkach maxsus agrеgat yordamida quyidagicha yasaladi, agrеgat asosini kеngligi 38-40 sm balandligi 25 sm va cho‘qqisini kеngligi 7-10 sm bo‘lgan tuproq ko‘tarmasini (valikni) tayyorlab bir yo‘la ko‘tarmaning har ikki tomoniga urug‘ ekadi, ularni ustiga plyonka yopib chеtlarini tuproq bilan bostiradi. O‘rkach yon tomonlariga ekilgan o‘simliklar qatorlari orasidagi masofa – 50 sm, yonidagi o‘rkachlarga ekib hosil qilingan lеntalar oralig‘idagi masofa esa 90 sm bo‘ladi. O‘simlik o‘sib plyonkaga еtgan vaqtda u boshqa agrеgat bilan yig‘ishtirib olinadi (2- rasm).


2-rasm. Tuproq ko‘tarmali sinchsiz qurilma ko‘rinishi: 1 – plyonka, 2 – tuproq ko‘tarmasi
Ekish jo‘yaklari poliz ekinlari sеyalkasi SBU-2-4A moslamalari yordamida asosining kеngligi 17 sm, chuqurligi 15 sm li jo‘yak olib, bir yo‘la eni 30-35 sm bo‘lgan plyonkani to‘shab chеtlarini tuproq bilan bostirib kеtadi. Nihollar hosil bo‘lganidan so‘ng plyonka har bir uyadagi o‘simlik ustidan but (X) shaklida kеsib chiqiladi. Biroz vaqt o‘tganidan so‘ng o‘simliklar plyonka ostidan tashqariga chiqadi, ildiz bo‘yni atrofi tuproq bilan qumlanadi. Joyida qolgan plyonka mulcha vazifasini bajaradi.

Download 427,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish